O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi
Download 5.19 Kb. Pdf ko'rish
|
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Tashkiliy-huquqiy masalalarga oid xulosa va takliflar: 1.
Urug’-aymoqchilik – davlat hokimiyati organlari tizimini shakllantirish
asosi, masalan, muayyan vazirlik tizimida rahbardan tortib davlat xizmatchisigacha qarindoshlik, urug’-aymoqchilik munosabatida bo’lishi tushuniladi. Ushbu ta’riflarni “Manfaatlar to’qnashuvining oldini olish to’g’risida”gi qonun loyihasi 3-moddasi “Asosiy tushunchalar” qismiga kiritish tavsiya etiladi. II. Tashkiliy-huquqiy masalalarga oid xulosa va takliflar: 1. Davlat xizmatchilari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatlari to’g’risida”gi qonunga, korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlarga, manfaatlar to’qnashuvi va korrupsiyaga qarshi qaratilgan boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati o’rnatish amaliyotini yo’lga qo’yish kerak ekanligiga qo’shilaman. Shu maqsadda, “Prokuratura to’g’risida”gi qonun 4-moddasi “Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari” qatoriga – “korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazorati” yo’nalishini kiritish lozim. 2. Komplaens nazorati o’rnatilgan vazirlik va tashkilotlarning rahbarlari tomonidan korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlarni buzib, intizomiy javobgarlikka tortilgan davlat fuqarolik xizmatchilarining statistikasiga oid ma’lumotlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga bu haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi talab qilinganidan boshlab, 10 kun muddat ichida talabni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash lozim. 3. “Ma’muriy tartib taomillar to’g’risida”gi qonun 31-moddasida belgilangan “Rad qilish instituti” ga oid qoidalarni buzib, bila turib, o’z o’zini rad qilmay ma’muriy ishni ko’rishni davom ettirganligi uchun davlat fuqarolik xizmatchilarini ma’muriy tartibda javobgarlikka tortish mexanizmini amaliyotga joriy etish lozim. 4. Mehnat Kodeksining 79-moddasida (Qarindosh-urug‘larning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash) nazarda tutilgan cheklovning 88 ijrosini ta’minlash hamda manfaatlar to’qnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida rotatsiya institutini keng miqyosda qo’llash, majburiy rotatsiya qilinishi lozim bo’lgan mansabdor shaxslarning lavozim ro’yxatini Prezident tomonidan tasdiqlash, rotatsiya qilish asoslarini ichki lokal hujjatlarda ko’rsatib o’tish hamda unga oid qoidalarni buzgan shaxslarni davlat xizmatidan bo’shatish amaliyotini yo’lga qo’yish lozim. 5. “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun loyihasi 12-moddasiga (“Davlat fuqarolik xizmatchilarining majburiyatlari”) quyidagi normani kiritish tavsiya etiladi: Davlat fuqarolik xizmatchisining qimmatli qog'ozlarga, bank omonat jamg’armalariga ega bo'lishi manfaatlar to'qnashuviga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o'z qimmatli qog'ozlarini, bank omonat jamg’armalarini fuqarolik qonunchiligiga muvofiq ishonchli boshqaruvchiga topshirishi lozim. Download 5.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling