O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi
Download 5.19 Kb. Pdf ko'rish
|
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)
193
4 -modda. “Rahbar tomonidan korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga oid qonun hujjatlarini buzish 90 Rahbar xodim tomonidan o’z vaqtida berilgan xabarga asosan manfaatlar to’qnashuvini oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o’z vaqtida chora- tadbirlarni ko’rmasligi, tegishli organga korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlarni buzib, intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning statistikasiga oid ma’lumotlarni taqdim etmaganligi, kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh- urug’chilik, tanish-bilishchilik, mahalliychilikka yo’l qo’ygan bo’lsa, qarindosh- urug’larning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash to’g’risidagi qoidalarni chetlab, kadrlarni ishga qabul qilgan bo’lsa - bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Rahbarning qo’l ostida xizmat qiladigan xodimlarni muayyan siyosiy partiyalarga a’zo bo’lishga, o’z vakolatlari va lavozim mavqeidan muayyan siyosiy partiyani qo’llab-quvvatlashda foydalanishga majburlashi, siyosiy faoliyatda faol qatnashishga undashi, xodimlarga faoliyati davomida homiylik qilishi (patonaj), favoritizm, guruhbozlikka yo’l qo’yishi - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 193 5 -modda. “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga oid qonun hujjatlarini buzish Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq vaziyat vujudga kelishiga yo’l qo’yilishi, yuzaga kelgan manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq holat bo’yicha o’z vaqtida rahbarga xabar bermaslik, davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlarni buzish, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug’ullanish, bir vaqtda bir necha lavozimlarda faoliyat yuritish hamda o’rindoshlik asosida ishlash, yashirin tarzda rahbarni xabardor etmagan holda boshqa haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanish (ilmiy, pedagogik, ijodiy faoliyat bundan mustasno), shuningdek, manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ygan bo’lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 91 Zimmasiga mol-mulki va daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etish majburiyati yuklatilgan davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan deklaratsiyani uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda taqdim etmaslik yoki bila turib yolg’on ma’lumotlardan iborat deklaratsiyani taqdim etish, xorijiy mamlakatlarda xizmat safaridan qaytgandan so’ng xarajatlarga oid deklaratsiyani, manfaatlar to’qnashuviga oid deklaratsiyani taqdim etmaslik yoki bila turib yolg’on ma’lumotlardan iborat deklaratsiyani taqdim etish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o’ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. O’zbekiston hududidan tashqarida joylashgan xorijiy banklarda hisob raqamlar (depozitlar) ochish, naqd pul va qimmatbaho narsalarni saqlash, chet el moliyaviy mablag’lariga egalik qilish va (yoki) ulardan foydalanishni taqiqlashga oid qoidani buzgan lavozim ro’yxati tasdiqlangan mansabdor shaxslar - bazaviy hisoblash miqdorining o’ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi. Download 5.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling