O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»
Download 1.74 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ya’ni, murakkab utilitarizm
- 3.4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
3.3. Bozor konstitutsiyasi normalari
Bozor konstitutsiyasi – bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o`zaro shartlangan normalari yig`indisini tashkil etadi. Bozorlardagi barqaror muvozanat bozor normalaridan foydalanishning natijasi hisoblanadi Bozor konstitutsiyasining asosida yotuvchi birinchi norma – murakkab utilitarizm normasi bo`lib, u nafaqat individni o`zining foydaliligini oshirishga yo`naltirishni, balki uning olinadigan foyda bilan o`zining samarali faoliyati o`rtasidagi aloqani anglab yetishini nazarda tutadi. Ya’ni, murakkab utilitarizm – individ tomonidan o`z foydaliligining samarali faoliyat asosida oshirilishidir. Murakkab utilitarizm normasi individning ehtiyojlar darajasi va samarali faoliyati o`rtasidagi nomuvofiqlikni istisno etadi. Ba’zan, bunday nomuvofiqlik yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga va yuqori mehnat samaradorligiga ega bo`lmagan mamlakat aholisi o`rtasida yuqori iste’mol standartlarining tarqalishida yuzaga keladigan «nomuvofiq kutishlar inqiloblari» asosida yotadi. Ushbu vaziyatda asosan ommaviy axborot vositalari orqali yuz beradigan yangi iste’mol standartini qabul qilish jamiyatda hukmronlik qiluvchi samarali faoliyat modeliga taalluqli bo`lmaydi. Bundan tashqari, qulay sharoitlar mavjud bo`lganida oddiy utilitarizm foydalilikni oshirishni rentani qidirishga aylantirishni nazarda tutadi. Mukammal raqobat vaziyatidan har qanday chetga chiqish, almashish (tariflar, kvotalar) uchun cheklovlar o`rnatilishi oddiy utilitarizm sa’y-harakatlarini rentani qidirishga yoki, boshqacha aytganda, foydaga samarasiz yo`naltirilishga aylantiradi. Individning rentani ko`paytirishga intilishini normativ cheklash sifatida murakkab utilitarizm, ya’ni individ tomonidan boshqalar ziyoniga emas, balki faqat o`z faoliyati hisobidan yutuqqa erishish mumkinligining tan olinishi muqobil variant hisoblanadi. Agar utilitarizm normasi individning maqsadli funksiyasini belgilasa, ratsional maqsadli fe’l-atvor (hulq, xatti-harakat) normasi foydalilikni muayyan vazifalarning hal etilishi bilan bog`lagan holda oshirishni muayyanlashtiradi. Ma’lumki, ratsional maqsadli fe’l-atvor individ tomonidan o`zining ratsional qo`yilgan va o`ylangan maqsadiga erishish uchun tashqi olam predmetlari va insonlarning ma’lum fe’l-atvoridan foydalanishini nazarda tutadi. Axborotning to`liqsizligi va uni qayta ishlash bo`yicha kognitiv qobiliyatlarning cheklanganligi sharoitida ratsional maqsadli fe’l-atvor nayrang qilishga aylanadi: agar individ katta hajmdagi axborotga ega bo`lsa, u o`zining kontragenti bilan nayrang qiladi. Individ shu usul bilan atrofidagilarni o`z maqsadiga – foydalilikni oshirishga erishish vositasiga aylantirishga urinadi. 31
Ayrim agentlarning foydalnilgan avtomobillar bozori va «ma’naviy xatar» bilan bog`liq sug`urta bozorida boshqalarni ziyonga uchratishi axborot asimmetriyasidan foydalanishga klassik misol bo`ladi. Bunday ayyorlik, yaqqol yoki nozik shaklda aldash bilan shaxsiy manfaat ko`zlanadigan xatti-harakatga opportunizm nomi berilgan. Ratsional maqsadli fe’l-atvorni opportunizmga aylantirishga qarshi kafolatlar barcha ishtirokchilar faoliyatining quyidagi yo tarkibiy yoki rasmiy-huquqiy jihatlari bilan tavsiflanadi: mukammal kognitiv qobiliyat va almashuvda to`liq axborotga ega bo`lish; shartnoma tuzishda maxsus taomillardan foydalanish. Ikkinchi jihat optimal shartnoma nazariyasini maxsus o`rganish predmeti hisoblanadi, shuning uchun bu yerda bozor konstitutsiyasining ikkinchi unsuri sifatida to`liq ratsionallik mezonlariga javob beruvchi ratsional maqsadli fe’l-atvorni ta’kidlash lozim. Maqsadli ratsional fe’l-atvor shakllanishining asoslardan biri atrof-muhit predmetlari va odamlarning fe’l – atvorini kutilayogan voqelikka nisbatan mos ravishda ayta olishdir. Individ tomonidan qabul qilinadigan qarorlar xatarining kontragent faoliyati asosida aniqlangan vaziyatlari kutilayotgan voqelikka kontragent xarakatlarining mos bo`lishi uchun o`ta ahamiyatlidir. O`zaro bog`liqlar sharoitida individlar o`rtasidagi munosobatlarni tartibga soluvchi norma sifatidagi ishonch bo`lgan taqdirda maqsadli ratsional harakatga erishiladi. Qachonki, individga o`z harakatini boshlashidan oldin atrofdagi harakatlar aniq bo`lib, individ tanloviga ayrim atrofdagi harakatlar bo`yicha kutilishlarning ta’sir qilishi ishonch deyiladi. Bozordagi bitim bilan depersonifikatsiyalangan ishonch o`rtasida aloqadorlik oldindan to`lovlarning amal qilishida namoyon bo`ladi. Bu eng oddiy bozor bitimi hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda
32
3.4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash Individlar uchun mulkchilik huquqlarini o`rnatish hamda bu huquqlarga ularning amal qilish zarurati qonunga ixtiyoriy bo`ysunish normalari bilan o`zaro uzviy bog`langan. Mulkchilik huquqlari individlar o`rtasida yuzaga keladigan o`zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytiruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Mulkchilik xuquqlarini tahlil qilish uchun ikkita fermer o`z podalarini biri past hosildor bo`lgan ikkita yaylovda o`tlatishi misolini ko`rib chiqamiz [47]. Berilgan holatga ko`ra, yem-hashak zahiralari ushbu yaylovlarning har birida bir vaqtning o`zida ikkita podani o`tlatish imkonini bermaydi.
Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling