O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

bitcoin cash va bitkoin gold ga bo’lgan ishonchga nisbatan ancha katta miqdorda. 
Undan tashqari, bitkoinning boshqa koinlarga nisbatan ishonch zahirasi anchagina 
kattaligini payqash mumkin. Agarda eng ommabop raqamli valyuta – bitkoinga 
al’ternatuva qidirilsa, u xolda bir qancha variantlarni taklif etish mumkin. Masalan, 
bitkoin daromad darajasi bo’yicha bir qancha kriptotokenlardan quyiroqda yuradi. 
Misol uchun, Stratis (STRAT) ning narxi 2016 yil iyulidan buyon ICO tashkil 
qilingandan keyin 600 barobarga o’sgan bo’lsa, xuddi o’sha davrda bitkoin bor-
yo’g’i 30 barobarga o’sgan. SpectroCoin (kriptovalyutalar birjasi) narxi esa 2017 
yil yanvaridan buyon 400 barobarga o’sgan. Rossiyadagi Wirex kriptobankining 
asoschilaridan biri Pavel Matveevning fikriga ko’ra esa, 2017 yil oxiridagi 
tendentsiyalar bitkoin narxi yaqin kelajakda 6000 dollargacha tushadi. 2018 yilda 
bitkoin (BTC) ning narxiga Yaponiya, Xitoy, Belorusiya, Venesuela, Rossiya va 
dunyoning boshqa yetakchi kriptoiqtisodiyotli davlatlarida tegishli qonunlarning 
qabul qilinishi katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sidechain (biror-bir kanalning yoki 
qurilmaning qandaydir ko’rsatgichlarini boshqa bir qurilma yoki signal vositasida 
boshqarish usuli) texnologiyasining ommaviy ravishda tadbiq etilgan xolda 
institutsional investorlar xuddi entuziastlar kabi bitkoinga butkul ishonib qolishlari 
mumkin bo’ladi va natijada ular bitkoinning kursi oshishiga ishqiboz bo’lib 
qoladilar va xuddi shu yo’sinda o’ynaydilar. Bitkoinning kelajagi to’g’risida 
al’ternativ pessimistic bashoratlar ham mavjud. Masalan, amerikalik iqtisodchi 
Djefri Sakks ning Boston Globe da yozishicha, bitkoin o’ziga xos moliyaviy 
puffak bo’lib, uning kursi insonlar ishonchiga va tezda boyib ketishga bo’lgan 


325 
ishtiyoqiga bog’liqdir. Uning fikriga ko’ra, davlat hech qachon pul emissiyasiga 
bo’lgan nazoratni qo’ldan chiqarishga rozi bo’lmaydi va kriptovalyutalar bozorini 
boshqarish bo’yicha faol tadbirlarni amalga oshira boshlaydi. Morgan Stanley 
banki analitigi Djeyms Fasett Business Insider nashriyotiga bergan intervyusida
“… agar kriptovalyutadan to’lov vositasi sifatida foydalanishning imkoni 
bo’lmasa, uning hech kimga keragi bo’lmay qoladi va narxi ham keskin tushib 
ketadi. Davlat organlari ham xuddi shuni amalga oshirish istagidalar” degan fikr 
bildirgan.Xozirgi paytda kriptovalyutalar yordamida mablag’ ishlab olishning bir 
qancha usullari bo’lib, ular ichida ommaviyrog’i – bitkoinlarni naqd pulga 
sotishdir. Rossiyada bir guruh insonlar ushbu operatsiya orqali 500 million rublni 
naqdlashtirganlar. 2017 yilda ba’zi bir Rossiylik fuqarolar bitkoin sotib olish 
uchun kvartiralarini ham sotganlar. Xatto lo’lilar ham bitkoinga o’xshash 
tangalarni naqd pulga sotayotganlari kuzatilgan. Dindorlarning fikrlaricha
kriptovalyuta iqtisodiyotda foyiz mexanizmining amal qilishi tufayli, pul 
massasining real material resurslardan ajralib qolishining yana bir turidir. Ammo 
yahudiylar o’zlarining kriptovalyutalarini chiqarishga ulgurdilar. 2017 yil iyun 
oyida Bitcoen deb nomlangan yahudiy kriptovalyutasi amalga kirdi. Yahudiylar 
jamoasining fikrisha, bu kriptovalyuta spekulyativ operatsiyalar uchun emas, balki 
butun jahon yahudiylarining hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun 
yaratilgan. Ushbu yangi kriptovalyuta faqatgina yahudiy jamoasi tomonidan 
boshqariladi, ammo uni istalgan inson sotib olishi mumkin.
2017 yilda jahonda ilk bitkoin milliarderlari ham paydo bo’lishdi. Ular 
egizak aka-ukalar Tayler va Kameron Uinklvosslardir. Ular 2013 yilda har biri 120 
dollardan bo’lgan bitkoinlardan 11 million dollarlik sotib olishdi va shundan so’ng 
kriptovalyutaning narxi 100 barobarga o’sdi. Natijada aka-ukalar bir yumalab 
milliarderga aylanishdi. 2018 yil boshida bitkoinning kapitalizatsiyasi 306,5 
millard dollarga yetdi.Bunday katta miqdordagi o’sishga bir qancha sabablar 
mavjud. Masalan, CME va CBOE Chikago birjalarida kriptovalyuta bo’yicha 
f’yucherslar va optsionlar ishga tushirilmoqda, boshqa bir qancha mamlakatlarda 
esa kriptovalyutalar tan olinib, ular to’lov vositasi sifatida ishlatilmoqda, boshqa 


326 
bir davlatlarda esa qonuniy baza ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning 
raqamli analogini chiqarayotgan Tether Ltd kompaniyasi yirik kriptovalyuta 
birjasi Bitfinex bilan kelishgan xolda ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari 
bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari 
o’yinchilari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va riteyl-gigant Amazon ham asta-
sekin kriptobozorga kirib kelmoqda. 2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling