O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- TechCrunch
- ElPetro
- PetroGold
Vontobel banki ham bitkoinlar uchun mini-f’yucherslar chiqara boshladi.
Yaponiyada esa bitkoin rasmiy to’lov instrumenti sifatida tan olindi. Xindistonda ham kriptovalyutalar boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab chiqish jarayoni amalga oshmoqda. AQSH bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va Evropa mamlakatlari ham kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga kiritdilar. Kanada va Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Bularning barchasi bitkoinning jahon miqyosida tan olinayotganligini anglatadi. Bitkoinlarni ishlatish ruhsat etilmagan davlatlar junlasiga Bangladesh, Boliviya, Ekvador, V’etnam va Qirg’izistonni kiritish mumkin. Ammo Saxo Bank ning valyuta strategi Djon Xardining fikricha, Rossiya va Xitoyning ruxsat berilmagan kriptovalyutalarga ta’qiq qo’yishi natijasida 2018-19 yillarda bitkoinning narxi ancha tushib ketishi mumkin. Natijada uning narxi 2019 yillarga kelib 1000 dollar atrofida stabillashadi. Xozirgi davrda nafaqat investorlar, balki boshqa soha mutaxassislari ham kriptovalyutalar bozoriga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Masalan, TechCrunch ning habar berishicha, xakerlar NiceHash kriptobirjasini buzib, undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga erishdilar. Natijada 5 mingdan ortiq bitkoin yo’qolishi kuzatildi. Belorussiya davlati “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan so’ng, milliy darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi. Bu haqda Belorussiya Yuqori texnologiyalar parki saytida habar berilgan. Ushbu texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha loyihalarni hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi. Mamlakat prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information texnologiyalari, kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishga hamda 327 mamlakatga transmilliy IT-kompaniyalar kelishiga qulay imkoniyatlar yaratadi. Uning aytishicha “Yangi dekret ICO larni, kriptovalyutalarni va smart- kontraktlarni (blokcheyn texnologiyasi asosida kontraktlar tuzish va uni bardavom etishga mo’ljallangan komp’yuter dasturi) qonuniylashtiradi”. Dekret tokenlar yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish hamda kriptobirjalar va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday chegaralashlar va mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining bildirishicha “Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mayning faoliyati, tokenlarni sotish, almashtirish hamda joylashtirish tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi va tokenlar deklaratsiya qilinmaydi. Mayning faoliyati, tokenlarni yaratish, sotish va sotib olish esa 2023 yilgacha soliqqa tortilmaydi”. Ammo bu ish Belorussiyada elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr stantsiyalari qurilmoqda va yana yangilarini qurish rejalashtirilmoqda (Buni Rossiyaning “Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda. Natijada 2019-2020 yillarga kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi ishlab chiqarib beradi). Rossiya prezidenti ham 2019 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar aylanmasi va ICO haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq bergan. Chunki Rossiyada ham kriptovalyutalar bozorida ishlovchilar soni borgan sari oshib bormoqda.2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham mamlakatda 100 mln ElPetro kriptovalyutasini chiqarish haqida topshiriq bergan. Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi – ya’ni 1ElPetro 1 barrel neft narxiga teng bo’ladi. Mamlakat rahbarining fikricha, ElPetro Venesuelaning “pul suvereniteti” ni ta’minlab berishi va pul oqimi hamda investitsitsiyalarni ko’paytirishi kerak. Boshqa barcha kriptovalyutalardan farqli o’laroq, bu kriptovalyuta VenesuelaningAyakucho neft konidagi 5 milliard barrel neft bilan ta’minlanadi.Agarda kriptovalyuta loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, har bir kriptovalyuta egasi bir barrel (yoki bir bochqa) neft egasi bo’ladi. Hozirgi narxlarda bu 60 dollar degani. 2018 yil 20 fevralda sotuvga chiqarilgan bu 328 kriptovalyuta birinchi kunningo’zidayoq 735 mlndollarlik sotildi, bir hafta ichida esa bu miqdor 1 milliard dollarga yetdi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan loyihachilar endi PetroGold kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayptilar – bu kriptovalyuta esa oltin bilan ta’minlanadi. Agarda loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Petro ning kapitalizatsiyasi 6 milliard evroga yetishi mumkin. Frankfurt moliya va menejment maktabining professori Philipp Sandnerning fikricha, virtual bozordagi bu kriptovalyuta material boylik bilan ta’minlangan bo’lgani uchun bitkoinga nisbatan ancha stabil bo’lishi mumkin. Karakasdagi mas’ullarning fikrlaricha, ularning o’z mustaqil kriptovalyutalari halqaro valyuta bozorlari bilan yaqindan muloqot qilishga imkon beradi va chet ellardan moliyaviy mablag’larni jalb qila oladi. Har qanday xolatda ham ElPetro kriptovalyutasi chiqarishni virtual dunyodagi bir tajriba sifatida qabul qilsh mumkin. Agar bu yondoshuv o’zining samaradorligini ko’rsatsa, boshqa mamlakatlar ham iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bu tajribadan foydalanishlari mumkin bo’ladi. Evropada ham bunday jarayonlar davom etmoqda, masalan, Buyuk Britaniya o’z kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayapti. Bu kriptovalyuta Britaniya funt-sterlingi bilan bog’liq bo’lib, markaziy bankning fikricha, u banklar o’rnini bosishi mumkin. Bunday Angliya milliy kriptovalyutasi 2020 yilning boshlarida chiqarilishi mumkinligini The Telegraph Markaziy bank mulozimiga ishora qilgan xolda 329 ma’lum qilgan. Hozirda buni qanday qilib amalga oshirish muammolari ilmiy izlanish jarayonida o’rganilayapti. Ushbu kriptovalyuta bitkoinning analogi bo’lib, tranzaktsiya texnologiyalaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Markaziy bankning fikricha, bu kriptovalyuta britaniyaliklarga banklar hizmatidan voz kechib, o’z pullarini raqamli aktivlarda saqlash imkonini beradi. Kriptovalyuta yordamida katta tranzaktsiyalarni amalga oshirish mumkin bo’ladi (masalan, ko’chmas mulk Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling