O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

sotib olish osonlashadi). 2017 yil dekabr oyi oxirida Izroil davlati ham “Elektron 
shakel” deb nomlanadigan o’z kriptovalyutasini chiqarishini bildirdi. Bu bilan 
Izroil iqtisodchilari ikki muammoni hal qilishmoqchi: iqtisodiyotdagi naqd pul 
miqdorini kamaytirish va qora bozorga qarshi samaradorroq kurashish. Bu 
kriptovalyuta bitkoinning analogi bo’lmadi, balki Izroil milliy valyutasiga 
ekvivalent bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda jahondagi 500 ta eng 
yirik internet-magazinlarda atigi uchtasigina bitkoinni qabul qiladi. Agar jahon 
valyuta bozoridagi bir kunlik valyuta operatsiyalari miqdori 5,4 trillion dollar 
bo’lsa, kriptovalyuta bo’yicha bir kunlik operatsiyaralar hajmi bor-yo’g’i 3 
milliard dollarga yetadi, xolos. Ammo, Jahon Iqtisodiy Kengashi (DAVOS
eksperti Klaus Shvabning ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyotning rivojlanshi 
natijasida amalga oshiriladigan to’rtinchi ishlab chiqarish inqilobi (Industriya 4.0
2025 yilga kelib, insoniyatga quyidagi imkoniyatlarni hadya qilishi mumkin ekan: 
 90% insonlar ma’lumotlarni (yoki reklamalarni) tekinga va istalgan 
muddatga saqlash imkoniyatiga ega bo’ladilar; 
 Internet tarmog’iga 1 trilliondan ortiq datchiklar ulanadi; 
 10% miqdoridagi insonlarning ko’zoynaklari internet tarmoq’iga ulanadi; 
 Barcha uchun hizmat ko’rsatadigan farmatsevt-robotlar paydo bo’ladi; 
 Avtomobillar 3D-printer vositasida pechat qilina boshlaydi
 Aholini ruyhatga olish Big Data va blokcheyn yordamida amalga oshiriladi
 Implant ko’rinishidagi mobil telefonlar paydo bo’ladi; 
 10% insonlar internet tarmog’iga ulangan kiyimlar kiyib yurishdigan 
bo’lishadi; 
 Halq iste’moli tovarlarining 10%i 3D-printerlar yordamida yasalgan bo’ladi. 


330 
 Aholining 90%i smatfonlardan foydalanishadi. 
3D-printer yordamida birinchi marta jigar chop qilinadi va o’rnatiladi. 
 Aholining 90%i internetdan foydalanadi. 
 Korporativ auditorlik tekshiruvlarining 30%ini sun’iy intellektli tizimlar 
o’tkazadi. 
 Soliqlar blokcheyn texnologiyalari yordamida yig’iladi va nazorat qilinadi. 
 Avtomobil sayohatlari birgalikda foydalaniladiagn mashinalarda amalga 
oshiriladi (sharing economy). 
YIM ning 30%i blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda saqlanadi. 
 Korporativ direktorlar kengashida tarixda birinchi marta aqlli robot ishtirok 
etadi. 
O’zbekistonda ham kriptovalyutani muomalaga kiritishdan avval uning 
qanday moliyaviy aktiv ko’rinishida qabul qilish va undan qanday tartibda 
foydalanish masalasini uzil-kesil hal qilish lozim bo’ladi, ya’ni, unga oddiy 
raqamli pul sifatida qarash kerakmi yoki uni yangi turdagi valyuta sifatida ko’rish 
kerakmi. Shundan so’nggina, mamlakatda kriptovalyuta aylanishining xuquqiy 
asoslarini ishlab chiqarish mumkin bo’ladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling