O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- CoinMarketCap.com
beAchain blokcheyni uning consensus/tekshiruv ga asoslangan spetsifik protokoli
tufayli 100% masshtablashtiriladigan hisoblanadi. Bitkoin blokcheyni haqida gapirganda esa uning rad etishlarga juda ham chidamliligini, ishonchliligini hamda jahonda keng miqyosda tarqalganini hisobga olishimiz kerak. Agarda bitkoin blokcheyning imkoniyatlarini oshirmoqchi bo’lsak, u xolda buning uchun quyidagi yechimlarni taklif qilish mumkin: Al’tkoinlar (al’ternativ kriptovalyutalar - http://altcoins.com)ga o’tish Tranzaktsiyalarning bloklari o’lchamini kattalashtirish Kollateral yoki “yonlama zanjirlar”ni ishlatish Lightning Network tizimidan foydalanish Blokcheyn ma’lumotlar bazasi yoki “mijozlar ma’lumot bazalari” ni tashkil qilish. Hozirgi davrda jahonda mingdan ortiq turli xil kriptovalyutalar (yoki virtual valyutalar) mavjud bo’lib, ularning har biri o’z blokcheyniga tayanadi va qandaydir funktsiyani bajaradi yoki xizmatlar ko’rsatadi. Quyida bir necha kriptovalyutalarning holati tavsif etilgan (CoinMarketCap): 103 CoinMarketCap.com sayti kriptovalyutalar bozorini kuzatib turishga va ulardagi kapitalizatsiya miqdorini bilishga imkon beradi. Shvetsiyada ham dunyodagi eng qadimiy Markaziy bank (Riksbank) raqamli valyutalarning imkoniyatlarini chamalash va ular hosil qilishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash uchun e-krona deb nomlangan raqamli pullarni chiqarishga yo’naltirilgan loyihani amalga oshirmoqda. Bankning rahbarlaridan biri S.Skinsli Financial Timesga bergan interv’yusida quyidagilarni aytib o’tdi: “Buni men 300 yildan avvalroq vujudga kelgan qog’oz pullar singari inqilobiy o’zgarishlardan biri deb bilaman. Biz ushbu loyiha yordamida raqamli valyutalar mexanizmining pul-kredit siyosatiga va moliyaviy barqarorlikka ta’siri qanday bo’lishini va bu ish amaliyotda qanday amalga oshirilishini o’rganib chiqmoqchimiz”. Dunyodagi ko’pchilik Markaziy banklar raqamli valyutalar, shu jumladan, bitkoinning ham hayotga tadbiq qilinishi qanday potentsial imkoniyatlar 104 yaratishi va qanday muammolar paydo qilishi mumkinligini sinchiklab o’rganmoqdalar. Shvetsiyadagi mutaxassislar e-krona deb atalgan raqamli valyutaning ishga tushirilishi “naqd pullarsiz jamiyat” ning paydo bo’lishiga olib keladi deb hisoblashmoqda. Shuning uchun ham Shvetsiya Markaziy banki mutaxassislari raqamli valyutalarning jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ekologik, huquqiy, makroekonomikta’sirinihartomonlamao’rganishgakirishishgan. Markaziy bankning izlanishlaridan shu ma’lum bo’ldiki, shvedlarning faqatgina 15% qismi naqd pullardan foydalanishadi. Naqd pullar bo’yicha to’lovlar Shvetsiya YaMD sining 2% foizinigina tashkil qiladi. Shvetsiyadagi bir qancha firma va tashkilotlar esa naqd pullarni qabul ham qilmaydilar. Mutaxassislarning bashoratlariga ko’ra, 2030 yilga kelib, Shvetsiya naqd pulsiz jamiyatiga aylanishi, Riksbank esa o’z virtual valyutasini chiqargan dunyodagi birinchi Markaziy bank bo’lib qolishi mumkin. Ma’lumot sifatida hozirgi davrdagi turli xil kriptovalyuta tizimlari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatishimiz mumkin: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling