O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet37/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

ishlarni o‘tkazish 
Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan avariyalar, halokatlar
iqtisodiyot ob’ektlariga ko‘plab zarar keltiribgina qolmasdan, insonlar hayotiga
ham zomin bo‘ladi. Ular kutilmaganda sodir bo‘lishi bilan juda xatarlidir.
Ko‘pchilik holalarda ob’ektdagi ishchilar va xodimlarning texnika xavfsizligi
qonun-qoidalariga tushinmasligi, saviyasi pastligi natijasida favqulodda vaziyatlar
kelib chiqadi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda bartaraf etish
usullarini bilmaslik esa o‘z navbatida ob’ektda ikkilamchi favqulodda vaziyatning
olib kelinishiga sabab bo‘ladi. Bu hol juda xatarli oqibatlarga, odamlarning qurbon
bo‘lishiga, ob’ektga juda katta miqdorada moddiy zarar olib kelishiga sabab
bo‘ladi. SHuning uchun ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ob’ekt
ishchilari va xodimlarining fuqaro muhofazasiga oid bilimlarini doimo oshirib
borishlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishning qoidalarini o‘rgatib
borishlari zurur.
Ishchi va xodimlarning bu boradagi saviyasini oshirish fuqaro muhofazasi
bo‘yicha ob’ektda o‘tadigan o‘quv mashqlarini qanday tashkil etishlariga bog‘lik.
Ob’ektlardagi barqarorlikni oshirish, undagi avariyalarni kamaytirish
bo‘yicha tadbirlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ob’ekt fuqaro muhofazasi
tuzilmalarining quyidagi vazifalarini aytib o‘tish joiz:
-ishchilarni, xizmatchilarni, ularning oilalarini muhofaza qilish uchun barcha
imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, tegishli tejalar tuzish;
-ob’ekt shikastlanuvchanligi jadvalini ishlab chiqish, tabiiy ofatlar, falokatlar
ta’sir etganda, ishlab chiqarish fondlarining talofati unga qanchalar bog‘lik
ekanligini tavsiflash. Ishlab chiqarish fondlarining talofati tufayli nisbiy birliklarda
yoki dastlabki qiymatning fondi tarzida aks ettirish;
-ehtimoli bor zarar qancha bo‘lishiga qarab, korxonaning belgilab qo‘yilgan
turdagi mahsulotni chiqarish yuzasidan ishlab chiqarish quvvatlarini kamaytirish
grafigini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-ob’ektning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitda
ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish imkoniyatini aniqlash.
Ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishchi – xizmatchilari va aholini
muhofaza qilish maqsadida bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishlari kerak. Ulardan
asosiylari quyidagicha:
-muhofaza inshootlari (panajoylar, va radiatsiyadan yashirinish joylari)
fondini ko‘paytirish va ularda yashirinuvchilar hayotiy faoliyatiga sharoit yaratish;



-ko‘chirish yo‘li bilan aholini shahardan tashqari xavfsiz joylarga transportda


olib chiqish va joylashtirishni shakl va usullarini takomillashtirish;
-aholini shaxsiy muhofaza vositalari va muhofaza tibbiy vositalari bilan (GP-
7V, R-2, AI-2, IPP-8a, yara bog‘lash vositalari va boshqa muhofaza vositalari)
bilan ta’minlash;
-ob’ekt, tuman, shahar, viloyat xabar berish tizimlarini takomillashtirish va
doimo shay holatda saqlash;
-favqulodda vaziyatlardagi halokatli suv bosish, tabiiy ofat xavfi haqida
aholiga xabar berishning mahalliy (cheklangan) tizimlarini barpo etish;
-aholiga kimyoviy xavfli moddalar va hozirgi zarba vositalaridan muhofaza
qilish usullarini o‘rgatish;
-hududni, inshootlar, transport, xom ashyo va tayyor mahsulotni
zararsizlantirish ishlarini o‘tkazishga tayyorlash;
-erto‘la, kon kovlamalari, meva-sabzovot omborlarini jihozlashni oxiriga
etkazib qo‘yish;
-alohida sexlarni, korxonalarni, moddiy zahira bazalarini va boshqa
iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirish uchun er osti kon kavlamalaridan, er osti
bo‘shliqlaridan muhofaza inshootlari sifatida foydalanishni tashkil etish;
-mavjud muhofaza inshootlari jihozlanishini oxiriga etkazish;
-navbatchi xodimlar uchun muhofaza inshootlarini jihozlash;
-shahardan tashqari zonani (ko‘chirilgan aholini joylash uchun mo‘ljallangan
joyni) o‘zlashtirish va jihozlash;
-aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorlanish tadbirlarini bajarish;
-aholini oziq-ovqat, ichimlik suvni, suv ta’minoti tizimini, em-xashakni, urug‘
fondini kimyoviy xavfli moddalardan zaharlanishdan muhofaza qilish.
YUqorida qayd etilgan tadbirlardan tashqari ob’ekt tuzilmasi kamandasi
sardorining zimmasiga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda yoki favqulodda
vaziyat sodir bo‘lish xavfi tug‘ilganda quyidagilar yuklatiladi:
- ob’ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish
va ta’minlash;
- ishchilar, xizmatchilar va ob’ekt atrofida yashovchi aholi punklarini
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to‘g‘risida
ogohlantirish;
- ob’ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning
oila-a’zolarini himoya etish ishlarini amalga oshirish;
- ob’ektlardagi aholini, ishchilar, xizmatchilar, tuzilmalarni favqulodda
vaziyatlar sodir bo‘lganda himoya usullariga o‘rgatishni tashkil qilish;



- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ob’ektlardagi qutqurish va qayta


tiklash ishlariga tayyorgarlikni ta’minlash;
- ob’ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni
tashkil qilish.
Bu tadbirlarning to‘la-to‘kis bajarilishi favqulodda vaziyatlarning oldini
olishda va sodir bo‘lganda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamda
ob’ektga etkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning sezilarli darajada
kamaytirish tadbirlarining samaradorligini oshiradi.
Ma’lumki respublikamizning katta qismi seysmik faol hududda joylashib,
o‘ziga xos geologik, girogeologik va iqlim xususiyatlariga ega. SHu omillarning
o‘zigina ob’ektlar qurilishining ishonchli va sifatli bajarilishini, aholining
xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob’ektlari barqarorligini ta’minlash maqsadida
foydalanilayotgan bino va inshootlarning texnik holatini me’yoriy darajada saqlash
muhim masalalarni qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari,
qurilish me’yorlari qoidalarida bayon etilgan talablar iqtisodiyot ob’ektlari, aholi
yashash joylarida, muhandislik tizimlari rejalashtirilishi va joylashtirilishida
bajaralishi lozimligi, natijada avriya, halokat va tabiiy ofatlardan iqtisodiyot
ob’ektlari, aholi yashash joylari, muhandislik tizimlari muhofaza qilinishini
ta’minlanishi demakdir.
Fuqaro 
muhofazasi 
muhandislik-texnik 
tadbirlarini 
loyihalashtirish 
me’yorlarining vazifalari va talablari 
Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarining qurilish me’yoriy
qoidalarining hamma talablari:

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling