O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet34/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Nazorat savollari. 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash nima?
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash nima?
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish usullari.
4. Aholini ma`naviy tayyorlash nimalarga asoslangan.
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari.
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va
psixologik tayyorlashni mazmuni va mohiyati.






6-MAVZU. 
AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISHGA
MA’NAVIY- RUHIY TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLINI
FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISHNING TIBBIY
TA’MINOTINI TASHKIL ETISH. FAVQULODDA VAZIYATLARDA
JAROHATLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH.


REJA: 
1. Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari
2. Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlarni o‘tkazish
3. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
4. Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablar
5. Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari
Tayanch iboralar: zilzila oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolarning
xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish
qoidalari, vayrona uyumlarini ochish.

Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalari tabiiy xususityali favqulodda


vaziyatlar sodir bo‘lgan vaqtda kuch va vositalari favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etish va jabrlanganlarni qutqarish uchu sodir bo‘lgan hududlarga darhol etib
boardilar.
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish bilan
bog‘liq bo‘lgan avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlarni tashkil etishni va ularni bajarish muddatlarini favqulodda vaziyat
sodir bo‘lgan hududda joylashgan shahar (ob’ekt) muhofazasi boshlig‘i
aniqlaydi.
Zilzila keltirgan zararni aniqlash, jabrlanganlarni qutqarish va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar hajmini aniqlash uchun maxsus razvedka
(axborot yig‘ish)guruhlari tashkil etiladi.
Razvedkachilar quyidagilarni aniqlashlari shart:
-bino, inshoot, kommunal – energetika tizimlaridagi falokatlarning
xususiyatlari va darajasini;
-vayronalar ostidagi odamlar qolgan joylarini topish, ularga zarari tegishi
mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf etish;
-vayrona uyumlari tagida qolgan odamlarni chiqarib olishning eng qulay
joylarini topish;



-shikastlangan evakuatsiya qilish uchun yo‘l ochish tartiblarini o‘tkazish;


-suv manbalarining holatini, ularni xo‘jalik ishlarida ishlatish va ichish uchun
yaroqliligini tekshirish;
-sharoitni va sharoitga ko‘ra bajariladigan ishlar ketma-ketligini aniqlash;
-mexanik vositalarni qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash;
-zarur deb topilganda portlatish ishlarini qo‘llash imkoniyatini aniqlash.
Zilzila natijasida vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli
mavjud bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish
ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Buning uchun ob’ektga FVDT tuzilmalari
olib kelinadi.
Vayrona uyumlar tagida qolganlarni qidirib topish uchun qidiruv guruhlarini
yuboradilar. Ular vayrona uyumlarining hududini, buzilgan binolar va inshootlarni
sinchiklab o‘rganib chiqadilar. Vayrona uyumlari tagida odam borligi
aniqlanganda, tezda vayrona uyumi ostida qolgan odam bilan suhbat yoki
taqqillatish orqali aloqa o‘rnatiladi.
Vayrona uyumlarini ochish uchun zvenolar tashkil etiladi. Zvenolar
tarkibidagi qutqaruvchilar soni 5 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Zveno
a’zolarining hammasi yoppasiga yoki birvarakayiga ishlashadi. Ikki kishi vayrona
uyumi tepasida, ikki kishi uyum bo‘laklarini boshqa erga tashlaydi. Zveno
a’zolaridan bittasi kerak bo‘lgan holatlarda metall konstruksiyalarni maxsus asbob
yordamida kesadi.
Vayrona uyumlari og‘ir yoki katta bo‘laklardan tashkil topgan hududlarni
ochish maqsadida mexanizatsiyadan foydalaniladi. Ko‘p qavatli binolarning
yuqorisida yoki buzilgan bino yoki inshootlardan odamlarni qutqarish, ularni
vaqtinchalik evakuatsiya qilish uchun yo‘llarga yog‘ochdan ishlangan trapp yoki
vaqtinchalik zinapoyalar o‘rnatiladi. Harakat xavfsizligi taminlash uchun
yo‘lchaning bir tomondan arqon tortib qo‘yiladi. Qorong‘i vaqtda ishlaganda esa
vaqtinchalik elektr yoritgich “lampalar” o‘rnatiladi. YUqori qavatlardan
odamlarni deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin. Odamlarni qutqarishda eng
qulay yo‘l o‘t o‘chirish avtotransportidan foydalanishdir.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling