O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Ijtimoiy tizim strukturasi va funksional institutlari


Download 4.4 Mb.
bet126/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Ijtimoiy tizim strukturasi va funksional institutlari. Jamiyat har qanday murakkab bir butun hodisa va tizim sifatida o‘z tuzilishi, strukturasiga ega. Bu struktura qanday degan savolga faylasuflarning bir emas bir qancha avlodlari javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi sharq faylasuflari fikricha, jamiyat bir butun bo‘lgani bilan bir turdagi ob’ekt emas. Miloddan avval IV asrda yashagan xitoy faylasufi CHjuan-szi ta’kidlashicha, “nimaiki turli-tumanlikdan mahrum bo‘lsa, turli-tumanlik bo‘lgan joyda paydo bo‘ladi”.
Antik davrda jamiyat strukturasi muammosiga ikki xil yondashuv shakllangan edi. Birinchi yondashuvga asosan, jamiyat - tegishli ichki strukturaga ega bo‘lgan tabiiy tuzilmadir. Ikkinchi qarashga asosan, jamiyat yashash va boshqarish oson bo‘lishi uchun sun’iy ravishda tizimga solingan. Birinchi nuqtai nazarni Arastu, Seneka, ikkinchisini - Aflotun, Epikur, Lukretsiy Kar qo‘llab quvvatlaganlar.
O‘rta asr SHarqida Arastuning qarashlari keng tarqalib, jamiyat strukturasining tabiiyligi tan olingan. YAngi davrda “ijtimoiy shartnoma” (bitim) nazariyasiga asoslangan ikkinchi nuqtai nazar keng tarqalgan. Unga ko‘ra odamlar “tabiiy holat”da mutlaq teng, ozod, o‘ziga to‘q bo‘lib, jamiyatning o‘zi esa, hech qanday strukturaga ega emas. Faqat ijtimoiy bitim tuzilgandan keyingina jamiyat strukturaga ega bo‘ladi. Bu holat J.-J. Russo (1712-1779) tomonidan yaqqol ko‘rsatib berilib, uning fikricha oliy hokimiyat - jamiyatning “boshi”, qonun va urf-odatlar – “miyasi”, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi esa - hazm qilish tizimi, moliya esa – “qoni”dir va boshqalar.
Ilmiy sotsiologiyaning asoschilaridan biri ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820-1903) har qanday jamiyatning asosida yotadigan uchta asosiy tizimni ajratgan: a) tartibga soluvchi; b) yashash vositalarini ishlab chiqaruvchi; v) bo‘lib beruvchi. Sotsium qancha rivojlangan bo‘lsa, uning tuzilishi shuncha murakkab bo‘ladi. “Bir xillikdan ko‘p xillikka o‘tish bir butun sivilizatsiya taraqqiyotida ham, har bir qabila taraqqiyotida ham kuzatiladi”.
Turli falsafiy, sotsiologik maktablar va yo‘nalishlar jamiyat strukturasi to‘g‘risida o‘z variantlarini tavsiya etganlar. Ijtimoiy bir butunlikka kiruvchi mustaqil tizim va kichik tizim sifatida madaniyat (I.Gerder, O.SHpengler, K.YAspers), san’at (G.Lessing, I.Ten, J.M.Gyuyo), iqtisodiyot (N.Smelzer, U.Mur, T.Veblen), din (E.Dyurkgeym, M.Veber, T.Lukman), shuningdek, fan, texnika, huquq, til, ekologiya, ommaviy axborot vositalari va boshqalar tavsiya qilingan edi.
Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy struktura konsepsiyalari etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Ulardan L.Altyusserning strukturalizmini, E.Giozdensning strukturatsiya nazariyasini, P.A. Sorokinning stratifikatsiya konsepsiyasini, K.Levi-Strossning genetik antropologiyasini, Goldmanning irsiy strukturalizmini, R.Mertonning tuzilmali funksionalizmini aytib o‘tish mumkin.
Jamiyat bir butun sistema sifatida makoniy (hajmiy) strukturaga ham ega. Bunday strukturani mikroareal, makroareal va megareal tarzida ko‘rish mumkin.
Mikroareal faoliyatda bo‘lgan shaxslar, guruhlar, institut va tashkilotlarni qamrab oladi.
Makroareal - davlatlar va regional munosabatlarni qamrab oladi.
Megaareal - planetar ijtimoiylik – bir butun global jamiyat (sivilizatsiya)ni qamrab oladi.
Ijtimoiy tizim murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun o‘ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi.
Ijtimoiy tizimlar o‘zlarining ijtimoiy vazifalari, funksiyalari bilan o‘zaro farqlanadi. Ular muayyan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar. Har qanday ijtimoiy tizimlarda ikki tipdagi: funksional va rivojlanish qonuniyatlari amal qiladi. Ularning funksional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil-ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Ichki omillarga birinchi navbatda tizim va uning komponentlari, komponentlarining o‘zaro munosabati kiradi. Tashqi omillarga ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi kiradi. Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va yashash sharti hisoblanadi.
Jamiyat kishilarining o‘zaro aloqadorlik birligidan iboratdir. Har qanday ijtimoiy tizim va uning elementlari boshqa tizimlar, ularning elementlari bilan funksional aloqadorlikda bo‘ladi.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy-tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yukori darajadagi tizimi tarkibiga kiradi. O‘zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o‘z tarkibiga oladi. Jamiyat hayotidagi biron bir ijtimoiy tizim alohida ravishda, boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajragan holda yashay olmaydi.
Har bir ijtimoiy tizim o‘zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Har qanday ijtimoiy tizim o‘zining tarkib topib rivojlanish, gullab-yashnash va tanazzuliga ega bo‘ladi. Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo‘lib, tarkibidagi element va mayda tizimlarning o‘zaro aloqadorligi, ziddiyatliligi – ularning rivojlanish mohiyatini belgilaydi. Tashqi o‘zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi. Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ierarxik tuzilishga egadir. O‘zaro ierarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini beradi. Ijtimoiy tizimlar maqsadga yo‘llanganligini, moslashuvchi, ochiq o‘zini qayta tiklash, funksional va rivojlanish kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo‘ladi. Kishilar, ijtimoiy voqelik, jarayonlar va g‘oyalar ijtimoiy muhit elementlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyat o‘z mavjudligini ta’minlashi uchun muayyan funksional institutlarga ega bo‘ladi. Kishilar o‘zlarining kundalik faoliyatlarida “institut” deganda turlicha ijtimoiy birliklarni tushunadi. Bu o‘quv yurti yoki ilmiy muassasa, korxona, har qanday yirik maqsadli tashkilot bo‘lishi mumkin. Bu tushuncha to‘g‘risida turli ijtimoiy fanlar o‘rtasida to‘liq bir kelishuv mavjud emas.
Aslida “institut” va “guruh” tushunchalari o‘rtasida ma’lum ichki farqlanishlar mavjud. Agar guruh – bu o‘zaro xatti-harakat qilayotgan individlar yig‘indisini anglatsa, institut – bu inson faoliyatining ma’lum sohasida, ya’ni amaliyotda o‘zini namoyon qilishda yuz beradigan ijtimoiy aloqalar tizimi va ijtimoiy me’yorlar yig‘indisidir. Jumladan, ijtimoiy institutga quyidagi ta’rifni berish mumkin: ijtimoiy institut – bu jamiyatning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi aloqalar va ijtimoiy me’yorlarning tashkillashgan tizimidir68.
Umuman, “institut” termini lotincha “institutum” so‘zidan paydo bo‘lib, u “o‘rnatish” yoki “tashkilot” degan ma’nolarni bildiradi. “Institut” tushunchasiga birinchi bo‘lib etimologik nuqtai nazardan so‘zma-so‘z talqinni Maks Veber amalga oshirgan edi. Uning fikricha, davlat institutning asl ko‘rinishi, davlat xatti-harakatlari ratsional ko‘rsatmalarga (konstitutsiya me’yorlari, qonunlar va h.k.) asoslanadigan insonlar hamjamiyatini tashkil qiladi. E.Dyurgeymning fikricha esa “institut”lar, bir tomondan, odatlar va e’tiqodlar ko‘rinishidagi ideal tuzilmalarni ifodalaydi, boshqa tomondan esa, bu odatlar va stereotiplar o‘z navbatida turli davrlar va xalqlar ijtimoiy tashkilotlarning amaliy faoliyatida moddiylashadi. Bu bilan E.Dyurgeym yangicha qarashlarda butunlay yangi a’analar boshlanishiga asos soldi. Hattoki, XX asrning 50 — 70 yillarida fransuz “institutsionalizm maktabi” ham bu yangicha talqinlar ta’sirida asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi69.
Jamiyatning rivojlanish jarayoni alohida muhim vazifalarni bajaradigan va aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lgan ijtimoiy va siyosiy tashkilotlar – institutlarning tarmoqlangan tizimi yaratilishi bilan tavsiflanadi. Institutlar jamiyat normal faoliyatining zaruriy omili sanalgan ijtimoiy muhim faoliyatni amalga oshiradi. Bunday institutlar qatoriga davlat va uning institutlari, partiyalar va harakatlar, ommaviy axborot vositalari, diniy muassasalar, ta’lim va madaniyat muassasalari, sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati tizimlari, bozor, banklar va hokazolar kiradi. Ijtimoiy institutlar faoliyati ijtimoiy hayotning barcha jabhalari: oila va ishlab chiqarish, tovarlar va pullar harakati, ishlab chiqarish, iste’mol va hokazolarga nisbatan tatbiq etiladi. Institutlar turli birliklar va guruhlarning manfaatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularning samarali o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, vujudga kelgan ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi va yangilarini yaratadi.
Bular ham tashqi, ham ichki tuzilish strukturasi, vazifasi, mohiyati bilan bir-biridan ajralib turadi va o‘z harakterlari bilan farq qiladi. Tashqi tuzilishi nuqtai nazaridan sotsial institutlar ma’lum yo‘nalishda moddiy ta’minlangan, aniq, konkret sotsial funksiyalar bajaradigan insonlar – shaxslar mohiyatiga muvofiqlashgan muassasalar qiyofasini eslatish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar sohalariga qarab ijtimoiy institutlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. iqtisodiy institutlar;

  2. siyosiy institutlar;

  3. nikoh, oila va qon-qarindoshlik;

  4. tarbiya institutlari;

  5. madaniyat sohasi institutlari.

Jamiyatda ijtimoiy institutlarning muayyan funksiyalari ijtimoiy munosabatlarda aks etadi. Ijtimoiy munosabatlar kishilar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, tashqi tabaqalar va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlar va ularning ichki iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mafkuraviy va madaniy sohalardagi faoliyatini tashkil qiladi. Alohida olingan inson - jamiyatning, ijtimoiy munosabatlarning boshlang‘ich unsuri hisoblanadi. O‘z mohiyat e’tibori bilan ijtimoiy munosabatlar moddiy va ma’naviy mazmunda bo‘ladi. Moddiy ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari kiradi. Ustqurmaviy munosabatlar siyosiy, huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy munosabatlarga ahloqiy, mafkuraviy, diniy va boshqa munosabatlar jamlanadi. Jamiyat rivojlanishi ijtimoiy munosabatlar rivoji bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bir butun tizim sifatidagi jamiyat mohiyatini uning sohalari, tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro funksional aloqadorlik qonunlari ifodalaydi.
Ijtimoiy falsafa ijtimoiy munosabatlardagi ob’ektiv jihatlar bilan bir qatorda, sub’ektiv omillarni o‘rganishga alohida ahamiyat beradi. Sobiq Sovet tuzumi davrida ijtimoiy munosabatlarda sub’ektiv omillarning ahamiyati ob’ektiv qonuniyatlar darajasidan ancha pasaytirilib, uni tadqiq qilishga kam e’tibor berilgan edi. O‘z navbatida sobiq Sovet jamiyatining 70 yildan ortiq rivojlanishi davomida ob’ektiv qonuniyatlaridan ko‘ra ko‘proq sub’ektiv omillarning ta’siri asosiy o‘rin tutgan. Stalinizmning ommaviy repressiya, N.S. Xrushevning sub’ektiv volyuntaristik siyosati, L.I. Brejnev bosh sekretarligi davridagi Afg‘on urushi, M.S. Gorbachevning abstrakt “qayta qurish” siyosati va uning barbod bo‘lganligi fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi.



Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling