O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet123/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Axborotlashgan jamiyat shakli –ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chiqarish, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat a’zolariga etkazishga bog‘liq bo‘ladigan jamiyatdir.
Falsafiy va sotsiologik tadqiqotlarda “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi yangi jamiyat sifatida, ya’ni ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy postindustrial jamiyatga o‘tilishida va unda faoliyatning oshishi axborotni uzatish va saqlashga bog‘liq bo‘ladi.
Axborotlashgan jamiyat muammolar bilan shug‘ullangan olimlardan D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, Dj.Gelbreyt, F.Uebster va boshqalarning ishlarini alohida qayd etish kerak. Ular “postindustrial jamiyat” va “axborotlashgan jamiyat” konsepsiyalarini sinonim sifatida tadqiq etishgan.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. YApon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi.
Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni Tokio texnologik universitetining professori YU.Xayash birinchi bo‘lib fanga kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Axborotlashgan jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) nomidagi kitobida insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan so‘nggi) davrlarga bo‘lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai – energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to‘plash texnologiyalari, axborotni qayta ishlash va axborot kommunikatsiyalariga bog‘liq. Bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli falsafiy konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga tegishlidir. Kelajakda shakllanadigan yangi jamiyatning poydevori bo‘lib kompyuter texnologiyasi xizmat qiladi. Bu texnologiyaning asosiy vazifasi inson aqliy mehnatining faolligini kuchaytirish yoki o‘rnini bosishdir.
I.Masuda fikricha, “axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar o‘zgaradi”, bu jamiyat sinflarga bo‘linmaydi va ziddiyatsiz – ya’ni, ahil, tinch–totuv jamiyat bo‘lib, uni chog‘roq hukumat va davlat apparati boshqaradi.
Axborotlashgan jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler “Uchinchi to‘lqin” deb nomlangan kitobida u tamaddun tarixidan uchta to‘lqinni ajratib oladi: birinchi to‘lqin – agrar (XVIIIasrgacha), ikkinchisi – industrial (XXasrning 50–yillarigacha), uchinchisi – industrial davrdan so‘nggi davr (XXasrning 50–yillaridan boshlab).
1980–1990 yillarni Axborotlashgan jamiyat konsepsiyalarining rivojidagi yangi bosqich deb aytish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an’anaviy kapitalizmni engib o‘tishdan iborat. Uning konsepsiyasiga asosan, yuz berayotgan siljishning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan iqtisodiy sistemaga kirib borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon odami uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishi nazarda tutilgan.
M.Kastels o‘z fikr–mulohazalarining tayanch nuqtasi qilib global iqtisodiyotni hamda xalqaro moliyaviy bozorlarni olib, ularni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida qo‘llaydi.
Axborotlashgan jamiyat uning mohiyatini bir–biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar belgilaydi:
– axborot va bilimlar – ijtimoiy–iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy o‘zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylandi;
– ishlab chiqarishning omili bo‘lmish xomashyo, mehnat, mablag‘ resurslarga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi;
– axborotni etkazib berish va undan foydalanishni ta’minlovchi sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda osha boradi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir–biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi:
- mediatizatsiya (lot. mediatus –vositachi) – axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni;

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling