O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Jamiyatning etnik va demografik tarkibi
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Jamiyatning etnik va demografik tarkibi. Etnik birliklar ijtimoiy hayot xo‘jalik, hudud, til, odatlar, an’analar, rasm-rusumlar, e’tiqodlarning birligi belgisiga ko‘ra tarkib topadigan va etnik birliklarning har xil turlarini tashkil etadigan kishilarning ayrim muayyan-tarixiy jamoalari doirasida kechadi. Urug‘ mazkur birliklarning ilk shakli. U qon-qarindoshlik belgisiga ko‘ra uyushgan odamlar birlashmasi bo‘lib, ibtidoiy jamoaning asosiy, ishlab chiqaruvchi va etnik bo‘g‘ini hisoblangan. Qabila ikki yoki undan ortiq urug‘ning bir necha yuzdan bir necha minggacha bo‘lgan odamlardan iborat birlashmasidir. Qabila umumiy mulk, umumiy boshqaruv, turish-turmushning umumiy jihatlari va ayrim umumiy xo‘jalik faoliyatiga ega bo‘lgan.
Bir hududda yashaydigan, umumiy xo‘jalik faoliyati, til, ruhiyat tarzining xususiyatlari, turish-turmush, madaniyat va hayot tarzining odatlar va an’analarda mustahkamlangan ba’zi bir jihatlari elat va millatni tavsiflaydi. Ammo ularning o‘rtasida jiddiy farqlar ham mavjud. Qabilalarning uyushmalari, aholi migratsiyasi, tilning yaqinligi elat vujudga kelishining omillari hisoblanadi. Ular qon-qarindoshlik, urug‘doshlik aloqalarini buzuvchi omillardir. Ammo elatni birlashtiruvchi aloqalar ham ancha shartlidir. Elatni tashkil etadigan qabilalar yashaydigan hudud muhim birlashtiruvchi asos hisoblanadi. Quldorlik jamiyati davrida qabiladan yuksakroq bo‘lgan etnik birlik – elat vujudga kelgan. U kishilarning til, hudud va madaniy umumiyligi jihatidan tarkib topgan birligidir. Tarixiy taraqqiyot keyinchalik millatlarni vujudga keltirdi. Millat deb til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar asosida muayyan hududda yashovchi kishilarning etnik birligiga aytiladi. Millatni tushunishda turli-tuman qarashlar mavjud. Masalan, ingliz olimi Ernest Gellnarning fikricha "millatni inson yaratgan, u inson ishi va ongining mahsulidir", rus olimi V.A.Tishkov esa "Millat ilmiy tushuncha emas, bu siyosiy shior va safarbarlik vositasidir", degan fikrni bildirgan. Bir paytlar sovet jamiyatshunosligida millatga ta’rif berishda uning belgilovchi tomoni sinfiy nuqtai nazardan tavsiflanar edi. Millatning talqin qilishda ikkita yondoshish mavjud. Birinchisiga asosan millat ma’lum davlat fuqarolarining siyosiy birligi (siyosiy millat). Ikkinchisiga binoan millat bu ma’lum davlat fuqarolarining yagona til va o‘z–o‘zini anglash asosida tashkil topgan etnik birligi (etno–millat) nazarda tutiladi. Bitta millatga tegishli odamlar umumiy xudud, til va madaniyatga ega bo‘lishadi. Millatning kelib chiqishi to‘g‘risida ham turli yondashuvlar mavjud. Ular ichida eng zamonaviy va jahon faniga katta ta’sir ko‘rsatgan konsepsiyalar mualliflari bu K. Doych, E. Gellner, B. Anderson va E. Smitlardir. K.Doych millatning shakllanishi ijtimoiy mobilizatsiya (safarbarlik) jarayonida bir nechta etnik elementlarning xalqqa aylanishi jarayoni bilan bog‘liq deb hisoblagan. E.Gellnerning fikricha (“Millat va millatchilik”, 1983) millat bu industrial taraqqiyot sababli hozirgi jamiyatning madaniy umumiylikka bo‘lgan ehtiyoji deb tushunish mumkin. Millatning shakllanishi bevosita umumiy ta’lim va ommaviy axborot vositalari tarqalishi bilan bog‘liqdir. Gellnerning fikricha, millat bu aniq bir maqsadda tashkil qilingan jamoadir. Millatning shakllanishida millatchi elita (ziyolilar) katta rol o‘ynaydi. E.Gellner g‘oyasiga B. Andersonning konsepsiyasi yaqin (“Faraz qilinadigan jamiyatlar”, 1991). Unga asosan hozir millatlar sun’iy tashkil qilingan “tasavvur qilinadigan siyosiy jamiyatlardir”. Ularning shakllanishida kitoblarning nashr qilinishini kashf etilishi, milliy tilning paydo bo‘lishi kabi sabablar ahamiyatli rol o‘ynagan. E.Smitning fikricha, millat umumiy hudud, umumiy afsona (mif) va tarixiy xotira, umumiy madaniyat, iqtisod va hamma uchun umumiy huquq va vazifalarga ega bo‘lgan insoniy jamiyat. Uning taxminiga ko‘ra, hozirgi millatlarning kelib chiqishi o‘tmishdagi etnik jamoalar bilan bog‘liq bo‘lgan. Etnos nazariyasi (YU.Bromley, K.SHoniyozov va b.) tarafdorlarining fikricha, millat uzoq davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etno–madaniy jarayonda, aniq hududiy doirada, til va o‘zlikni anglash birligi asosida shakllangan xalq etnik tarixining eng yuksak cho‘qqisi, o‘ziga xos madaniyat, ong va mentalitet asosida tarkib topgan ijtimoiy birlik shaklidir. Millat kishilarning jips tarixiy birligi, umum iqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg‘unligi va mushtarakligi demakdir. Ungacha ijtimoiy taraqqiyotning etnos (xalq) shakli ham mavjud bo‘lib, “xalq” atamasi juda keng va tor ma’noda ishlatiladi. Etnik birlikning elatdan keyingi shakli millat bo‘lib, uning shakllanishi elatning shakllanish jarayoni kabi uzoq davom etadigan ijtimoiy voqelik, millat etnik birlik tarixining, elatning eng yuqori cho‘qqisi, kamolot bosqichiki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati, birinchidan millat nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan uning aniq hududiy chegarasida muomalada bulgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga ko‘tariladi; uchinchidan davlat hududining butunligi va chegarasining daxlsizligi tan olinadi; to‘rtinchidan millat va unga xos mentalitet shakllangan bo‘lib, fuqarolarning o‘zligini anglash darajasi ularning hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi va nihoyat beshinchidan davlat jamiyat tomonidan boshqariladi. Millatni til, hudud va etno–madaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri iqtisodiy negizdir. Millatning asosiy o‘ziga xos xususiyati – muayyan yaxlit tuzilmaga birlashgan va assimilyasiyalashgan elatlarning faol iqtisodiy aloqalari negizida shakllanadigan moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘ziga xosligi. Millatga uni tashkil etadigan elatlar uchun umumiy sanalgan til; ruhiyat tarzining umumiyligi; madaniyatning o‘ziga xos jihatlari; shakllangan barqaror hayot tarzi; an’analar; tarixiy taqdirning birligi va rivojlangan etnik o‘zlikni anglash tuyg‘usi meros bo‘lib o‘tadi. Madaniy rivojlanish, til, umuman milliy o‘ziga xoslik muammolariga millatning ta’sirchanligi ayni shu omillar bilan belgilanadi. Demak, millatni tushunish uchun uning mazmunini tashkil etgan tomonlarga e’tibor berish lozim. Millat insoniyat taraqqiyotining mahsulidir. Uning shakllanishida moddiy omillar, xususan, davlat va iqtisodiyot muhim rol o‘ynagan, ammo ular millatning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Ular kishilarni jipslashtirishda katta rol o‘ynaydi, ammo millatni birlashtiruvchi narsa ma’naviy omillar ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Jumladan, ruhiyat, til, ma’naviyat, urf-odat, an’ana, qadriyatlar bu jarayonda belgilovchilik mavqelaridan birini egallaydi. SHu ma’noda millatning shakllanishida moddiy omillar qanday rol o‘ynasa, uning salohiyati va barqarorligini ta’minlashda ma’naviy-ruhiy omillar ham ana shunday rol o‘ynaydi. Olimlarning fikricha hozir er yuzida 3 mingga yaqin millat mavjud. Ular yashab turgan odamlarning 96 foizini birlashtiradilar. 4 foiz kishilar esa elat va qabilalar ko‘rinishida faoliyat yuritmoqdalar. Har bir millatning soni bir necha 10 mingdan bir necha yuz minggacha boradi. Millatlarni soni bo‘yicha 5 guruhga ajratish mavjud: Buyuk millatlar: xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar - har biri 100 mln. dan ortiq; Katta millatlar: inglizlar, fransuzlar, ispanlar, nemislar, turklar va boshqalar – 50 mln. dan 100 mln. gacha; Yirik millatlar: o‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efiopiyaliklar va boshqalar - har biri 10 mln. dan 50 mln. gacha; O‘rta sonli millatlar: har biri 1 mln. dan 10 mln. gacha; Kichik millatlar: har biri bir necha o‘n mingdan 1 mln. gacha100. Hozirgi paytda eng yirik 27 millat Er yuzi aholisining qariyb 75 foizini tashkil etadi. Etnik birliklarning tarixiy hududdan boshqa joyga turli sabablar bilan borib qolib, o‘sha erda muqim yashab qolgan jamoalari ko‘pincha milliy guruhlarga birlashgan bo‘ladilar. Ular muayyan mamlakat uchun yoki ma’lum davlatning ayrim mintaqasi uchun mahalliy bo‘lmagan millat va elatning kichik bir bo‘lagidir. Milliy guruhlar siyosiy sabablar tufayli ham shakllanishi mumkin. Davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning o‘zgarishi natijasida u yoki bu xalqning ma’lum bir bo‘lagi o‘z o‘zagidan ajralib qolishi mumkin. Masalan, Rossiya bilan Xitoy o‘rtasidagi chegaralar o‘rnatilishi natijasida qozoqlar va qirg‘izlarning bir qismi Xitoy hududida qoib ketgan. Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida o‘rnatilgan chegara ham o‘zbek, tojik, turkmanlarning ma’lum qismini Afg‘onistonda qoldirgan. O‘zbekistonda ham mahalliy millatga mansub bo‘lmagan milliy guruhlar mavjud. Millat hayotida milliy ruhiyat asosiy o‘ringa ega. Milliy ruhiyatni shakllantirishda "milliy g‘urur", "milliy iftixor", "milliy his", "milliy xarakter" kabi tushunchalar muhim o‘rin tutadi. "Milliy g‘urur" - har bir millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida sodir bo‘ladigan ichki ruhiy kayfiyat. "SHaxs g‘ururi" – bu faxrlanishdir. Har bir shaxs yutuqlardan mamnuniyat hissini tuyadi, masalan, ota-ona - qobil fardandlardan, ustoz - iste’dodli shogirdidan, bog‘bon – so‘lim bog‘idan faxrlanadi. "Milliy iftixor" – millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarini o‘z ichiga oladi. Bu millatga tegishli muayyan kishilarning, boshqalarda uchramaydigan xislatlarning o‘rni, mavjudligi, xizmati va shu kabilarning boshqalarga ta’kidlay olishdan hosil bo‘luvchi tuyg‘u. Erishilgan va erishilajak yutuqlar ko‘paygan sari O‘zbekiston bilan faxrlanish tuyg‘usi shunchalik osha boradi. "Milliy his" – bu millat manfaati bilan yashash, o‘zining kimligini tanish. Milliy tuyg‘usi, hissiyoti bo‘lmagan insonda milliy iftixor bo‘lmaydi. "Milliy tuyg‘u – degan edi Prezidentimiz I.Karimov, - inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalaridan meros qilib olingan va balo o‘z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so‘zida ifodalangan. O‘z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini millatlarning butunjahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas." "Milliy xarakter" - har bir xalqning, millatning asrlar davomida shakllangan va asta-sekin ularning qon-qoniga singib ketgan o‘ziga xos xislatlar, xususiyatlar jamlanmasidir. Asrlar davomida tarix shundan dalolat beradiki, davlat tuzilishi, uning faoliyatida jamiyatda bo‘ladigan munosabatlarning tabiiy rivojlanish qonunlariga asoslangan holda o‘z faoliyat yo‘nalishlarini belgilab olishi zarur. Ayniqsa, millatlararo munosabatlarning barqaror rivojlanishi uchun har bir millatning siyosiy manfaatlarini hisobga olish davlat siyosatida ustuvor bo‘lishi amaliy ahamiyatga molikdir. SHuning bilan birga millatlararo munosabatlarga siyosiy tus berish xatarli ekanligini ham esdan chiqarmaslik kerak. YA’ni millatlarning o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan u yoki bu salbiy holatlar davlat hokimiyatini qo‘lga kiritish uchun kurash darajasiga ko‘tarilmasligi kerak. CHunki bunday jarayon davlatni halokatga, millatlar manfaatlarini esa paymol bo‘lishga olib keladi. Siyosiy jarayonlarning rivojlanishi millatlararo munosabatlarning barqaror taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu esa o‘z navbatida butun jamiyatning barqaror taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar XX asrning so‘nggi o‘n yilligida sodir bo‘lgan nizolarni tahlil qilish asosida dunyoda yuz berayotgan beqarorliklarning asosiy sababi bir jamiyatda yonma-yon istiqomat qiladigan turli etnik va madaniy guruhlarning bir-birlari bilan chiqisha olmasligidir. Bunday nizolar Ruanda, Kipr, SHri Lanka, Hindiston, Kipr, Bosniya, Kosovo va qo‘shni Qirg‘iziston kabi ko‘plab mamlakatlarda ro‘y berdi hamda kishilar boshiga ko‘plab kulfatlar olib keldi. Hozirgi paytda ham dunyoda ana shunday nizolar davom etayotgan mamlakatlar anchagina. Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, millatlararo ziddiyatlar nafaqat milliy manfaatlarning to‘qnashuvi natijasida, balki gegemonlikka intilayotgan ba’zi qudratli davlatlarning geosiyosiy “o‘yin”lari sifatida sun’iy avj oldirilishi ham mumkin. SHuni aytish o‘rinliki, hozirda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan etnik nizolarda ba’zi bir davlatlarning ta’siri kuchli bo‘lmoqda. Jamiyat ijtimoiy hayotida etnik qarama-qarshilikning asosiy sababi sifatida millatchilik ham e’tirof etiladi. Millatchilik - milliy mahdudlik va maqtanchoqlikni targ‘ib va tashviq qilishga asoslangan, o‘z millati kuch-qudrati va salohiyatiga chuqur ishonch va o‘zga millatlarga ishonchsizlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan nazariya va amaliyot. Millatchilik ijtimoiy voqelik va unda kechayotgan jarayonlar millat tarixiy taraqqiyotning bosh sub’ekti, milliy munosabatlar esa ijtimoiy munosabatlarning asosiy turi degan nuqtai nazardan kelib chiqib baholana boshlagan joyda va vaqtda shakllanadi. Millatchilik tushunchasiga yuqoridagi kabi mazmun berish keng tarqalgan bo‘lsa-da, uning qamrov doirasini turlicha talqin qilish hollari mavjud. Masalan, sobiq ittifoq davrida ushbu tushunchaning mazmun doirasi ataylab kengaytirib yuborilgan, har qanday milliylikning ko‘rinishi millatchilik sifatida baholangan edi. Hozirgi davrda esa ayrim tadqiqotlarda “millatparastlik”, “millatparvarlik” va “millatchilik” tushunchalarining mazmunini farqlash to‘g‘risidagi fikrlar bildirilmoqda. Xususan, millatparastlik “millatlarning tengligini inkor etish, o‘z millatini boshqa millatlardan ustun qo‘yish, unga imtiyozlar yaratishga intilish, o‘z millatiga sajda qilish, unga xolisona baho berolmaslik, kamchiliklari va nuqsonlarini sezmaslik”, millatparvarlik esa “millatlarning tengligini tan olish, barchasiga barobar hurmatda bo‘lish, o‘z millatiga, uning tili, madaniyatiga befarq bo‘lmaslik” sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuvda millatchilik “kapitalizm davrida mustamlakalar va metropoliyalar, qoloq o‘lkalar va ilg‘or davlatlar, ozod xalqlar va mustabidlik iskanjasidagi xalqlarga bo‘linib ketish sharoitida yuzaga kelgan ziddiyatlarni boshqa millatlar manfaatlaridan o‘z millatining manfaatlarini yuqori qo‘yib hal etishga intiluvchi siyosiy oqim” deya ta’riflanadi. U yoki bu tushunchaga ta’rif berayotganda uning kundalik hayotda va muomalada qanday ma’noda qo‘llanishiga e’tibor berish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, millatchilik tushunchasi o‘zbek tilida ko‘proq salbiy mazmun kasb etishini, jonli tilda, ilmiy muomalada ham “millatparastlik” tushunchasi deyarli ishlatilmasligini e’tiborga olish lozim. Ammo masalani boshqa jihati ham bor. G‘arb ijtimoiy fikrida “millatchilik” tushunchasiga pozitiv mazmun berish keng tarqalgan. Xususan, millatchilikni milliy davlatlarning shakllanishi, paydo bo‘lishi, imperiyalarning barbod bo‘lishi jarayonida shakllangan siyosiy prinsip sifatida talqin qilish bunga misol bo‘la oladi. Bugungi kunda ayrim etnoslarning iqtisodiy, siyosiy va boshqa ko‘rinishlardagi salbiy tashqi ta’sirlarga javobi sifatida chiqadigan harakatlarni ham, shu jumladan, ko‘pgina xalqlarning chuqurlashib borayotgan integratsiya va globallashuv jarayoniga qarshilik ko‘rsatish yo‘lidagi urinishlari ham aksariyat hollarda millatchilik deb baholanadi. Bunday talqin bizning falsafiy adabiyotlarimizda ham o‘z ifodasini topmoqda. Bu jarayonni sho‘ro davrida haddan tashqari keng va salbiy talqin qilingan “millatchilik” tushunchasini “oqlash”ga urinish deb baholash mumkin. Ammo jiddiy tahlil qilinsa, bunday yondashuvdaozodlikka intilayotgan, o‘zligini saqlab qolish uchun kurashayotgan millatlarning harakati millatchilik sifatida baholanayotganini ko‘ramiz. Aslida esa, bunday harakatlar, kurash jarayonida ro‘y beradigan ayrim og‘ishlarni inobatga olmaganda, mohiyatan istibdodni tugatishga, o‘z millatining ozodligini, o‘ziga xosligini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgandir. Demak, G‘arb ilmiy adabiyotlarida “millatchilik” pozitiv mazmunda talqin qilingan o‘rinlarda o‘zbek tilidagi “millatparvarlik” tushunchasining mazmuniga monand keladi. Demak, shakllangan an’anadan kelib chiqqan holda, “millatchilik”ni salbiy mazmunga ega bo‘lgan tushuncha sifatida talqin qilaverish o‘rinlidir. Millatchilik xilma-xil mazmun va shaklda chiqishi mumkin. Xususan, katta yoki kichik millatlarning, boshqa millatlarni assimilyasiya qilishga qaratilgan yoki milliy mahdudlikka yo‘naltirilgan millatchilikni farqlash lozim. Milliy kelishmovchiliklar va nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi tajovuzkor millatchilik bilan bir qatorda undan ham xavfliroq bo‘lgan yashirin, noziklashgan millatchilik ham mavjud. Oriy bo‘lmagan xalqlarni jismonan yo‘q qilib tashlashdek maqsadni ko‘zlagan natsional-sotsializm (fashizm)da o‘zining eng mudhish qiyofasini namoyon etgan holda millatchilik irqchilik bilan qo‘shilib ketganini ko‘ramiz. Tashqi jihatdan ilmiylik niqobiga o‘ralgan, o‘zining millatini boshqalardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlar, boy madaniyat va ma’naviyatga egaligi, o‘zga millatlar xarakteri, madaniyatining ibtidoiyligi haqidagi qarashlarda esa nozik shakldagi millatchilik namoyon bo‘ladi. Bunday ko‘rinishda millatchilik milliy manfaatlarning ifodachisi, milliy o‘z-o‘zini anglashning namoyon bo‘lish shakli sifatida taqdim etiladi. Millatchilikning turli ijtimoiy qatlamlar tortilishi mumkin bo‘lgan va nisbatan keng tarqalgan ko‘rinishi maishiy millatchilikdir. Etnoijtimoiy birlik bo‘lgan millat va ular o‘rtasidagi munosabatlar mavjud bo‘lar ekan, maishiy millatchilik u yoki bu darajada saqlanib qolaveradi, deyish mumkin. Tarixiy tajriba hal etilmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ko‘payib ketishi, ijtimoiy adolatsizlikning ildiz otishi sharoitida uning jiddiy o‘sishidan dalolat beradi. Qanday shaklda chiqmasin millatchilik ortida mohiyat e’tibori bilan o‘zga xalqlar va madaniyatlarni kamsitish, ularga mensimaslik bilan munosabatda bo‘lish yotadi. Bunday qarashlar aksariyat hollarda millatning tarixiy rivojlanishi davomida ro‘y bergan (ba’zan ro‘y bermagan) adolatsizliklarda ham muayyan xalqlarni aybdor qilishga urinishlar bilan omuxta holda chiqadi. Umuman olganda, millatchilik boshqa millatlar bilan turli sohalardagi ayirboshlash jarayonidan mahrum qilib, millatning ma’naviy qashshoqlashuviga hamda o‘zaro dushmanlik, kelishmovchiliklar uchun zamin yaratadi. Millatchilik tuyg‘ulari butun millatni qamrab olgan va davlat tuzilmalari tomonidan bunday kayfiyatlar qo‘llab quvvatlangan paytda esa u millatlararo munosabatlarning jiddiylashuviga, o‘zaro ishonchsizlik tuyg‘ularining ildiz otishiga, mavjud muammolarni hal etishning cho‘zilib ketishiga va doimiy beqarorlik holatining saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Tarixiy taraqqiyot xususiyatlari yoki boshqa sabablar tufayli ko‘pgina mamlakatlar hududida bitta emas, bir nechta millat yoki etnik guruhga oid kishilarning istiqomat qilayotgani davrimizning haqiqatlaridan biridir. Uni inkor etib yoki unga qarshi chiqib bo‘lmaydi. SHunday ekan turli millat va etnik guruhlar istiqomat qiladigan mamlakatlar nisbatan kam sonli ana shunday guruhlarning madaniy, lingvistik va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha huquqlarini himoya qilish, ularning barchasi har tomonlama taraqqiy etishlari, hamjihat yashashlarini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqishlari muhim ahamiyatga ega. Etnik tarkibi turlicha bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi ana shu yo‘nalishda muayyan namuna bo‘lishi mumkin. Birinchidan, turli millat va elat vakillaridan tashkil topgan etnik murakkab mamlakatda har bir etnik guruhning o‘z milliy madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlarini rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar, huquqlar yaratilishi kerak. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda konstitutsiyaviy va boshqa qonuniy normalar ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Ulardan eng ko‘zga ko‘rinarlisi turli millat va etnik guruhlarning madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, milliy madaniyatlar rivojini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan 135 ta milliy madaniy markazlarning tashkil topgani bo‘ldi. Ikkinchidan, etnik jihatdan bunday ko‘p tarkibli mamlakatlarda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari ta’lim tizimi, ularning o‘z ona tillarini o‘qitish va ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etilishi va fuqarolar ongiga singdirilishi lozim. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy-amaliy anjumanlar, doimiy harakatdagi seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, mahalliy va markaziy matbuot, radio va televidenie orqali targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. O‘rta Osiyo mamlakatlarida kelib chiqishi bir ildizga borib taqaladigan, dini, tili, madaniyati bir-biriga yaqin bo‘lgan xalqlar aralashib yashashadi. Masalan, Tojikiston jami aholisining 24,4 foizini, Qirg‘iziston aholisining 13,8 foizini, Turkmaniston aholisining 9 foizini, Qozog‘iston aholisining 2,5 foizini o‘zbeklar tashkil etsa, O‘zbekistondagi jami aholining 4,7 foizini tojiklar, 4 foizini qozoqlar, 0,9 foizini qirg‘izlar, 0,7 foizini turkmanlar tashkil qiladi. Jamiyat ijtimoiy hayotida etnik struktura va undagi munosabatlar bilan birga ijtimoiy demografik (yoshga ko‘ra: yoshlar, o‘rta yoshlar, keksalar; jinsga ko‘ra: ayollar, erkaklar) struktura ham muhim ahamiyatga ega. Jamiyatning bunday strukturasida ham muayyan umumiy manfaatlar hamda ijtimoiy tengsizlik munosabatlari amal qiladi. Demografik struktura jamiyatning eng birinchi tashkil etgan struktura hisoblanadi, boshqacha aytganda hali etnik, sinfiy va professional strukturalar bo‘lmagan vaqtda jamiyatda demografik struktura mavjud bo‘lgan. Insoniyat paydo bo‘libdiki, ayol va erkak jinsi mavjud. Biologik qonuniyat jamiyatni yoshga ko‘ra bir-biridan muayyan darajada farq qiluvchi qatlamlarni yuzaga keltirgan. Ilk ijtimoiy tengsizlik ham aynan jinslar va turli yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lgan. Bir qarashda bu tabiiy qonuniyat mahsuli, ammo buning ijtimoiy ahamiyati katta. Jamiyatda jinslar va yoshlar nisbati ijtimoiy taraqqiyotga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat evolyusiyasida uning etnik, sinfiy va professional tarkibi ham doimo o‘zgarib borgan, ammo demografik tarkib o‘zgarmagan. Jamiyatdagi o‘zgarishlar jinslar va yoshlar nisbatidagi o‘zgarishlarni keltirib chiqargan, ammo ular doimo mavjudligini saqlab qolgan, ya’ni u yoki bu davrda jamiyatda ayollar va erkaklar, turli yoshga mansub aholi miqdori turlicha bo‘lgan holda yangi bir strata yuzaga kelmagan. Bu demografik strukturaning noyob hususiyatidir. Uzoq vaqt davomida jamiyat strukturasi borasidagi tadqiqotlarda sinflar, etnik guruhlar va professional tarkiblarga keng o‘rin berilib, jinslar va yoshlar tasnifi e’tibordan chetda qolib keldi. Jinsiy struktura borasidagi tadqiqotlar faqat XX asrning 60 yillariga kelib, gender atamasi yuzaga kelishi bilan dunyo yuzini ko‘ra boshladi. Bu vaqtgacha jamiyat to‘g‘risida qanday g‘oyalar va nazariyalar ilgari surilgan bo‘lmasin, avvalo ularda erkak jinsi asosiy sub’ekt sifatida gavdalanar edi. Hususan, gender masalasiga doir adabiyotlardan birida asosli tarzda shunday deyiladi: “O‘tmishga faqat turli qabila, etnos, irq, ijtimoiy va sinfiy guruhlar, rang-barang madaniyat vatsivilizatsiyalarning o‘zaro munosabatlari tarixi sifatida emas, balki erkaklarva xotin-qizlarning o‘zaro munosabatlari tarixi sifatida ham qarash kerak”101. Aholining jinsiy tarkibiga kelganda shuni aytish kerakki, umuman er shari bo‘yicha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalarning soni qiz bolalarga nisbatan bir oz ko‘proq bo‘ladi (taxminan 100 ta qiz bola, 105 ta o‘g‘il bola tug‘iladi). Tibbiyot fanlari nomzodi Mirazim Hakimov jurnallardan biriga bergan intervyusida "Erkaklarni asrang" deya bong urdi. Uning fikricha, tug‘ilayotgan har 100 qiz bolaga 105 nafar o‘g‘il to‘g‘ri keladi. Lekin, bolalar o‘limi hodisasi o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi. Bu tashqi muhitga moslashuvchanlikning ularda ancha qiyin kechishidadir. 30 yoshga etganda erkaklar bilan ayollar soni tenglashadi. 40-49 yosh orasida esa erkaklar sonining yana kamayib borishini kuzatish mumkin. Bu davrda har 100 ayolga 85 erkak to‘g‘ri keladi. SHu tariqa raqamlar orasidagi tafovut yosh nisbatiga ko‘ra kattalashib boradi. 60-69 yoshda erkaklar soni ayollarga nisbatan ikki baravar kamayib ketadi. Buning sababi, bir tomondan o‘g‘il bola organizmining tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, inson hayotiga tahdid qiluvchi xatarli vazifalarning ko‘proq erkaklar zimmasida ekanligidir. O‘rtacha umr nisbati erkaklarda ayollarga qaraganda o‘n yil qisqa102. Hozirgi paytda butun dunyo aholisining jinsiy tarkibi deyarli teng (erkaklar-50,3 %). Ammo dunyoning kismlarida, ayrim mamlakatlarda, har-xil sabablarga ko‘ra, aholining jinsiy tarkibi bir-biridan ancha farqlanadi. Butun dunyo bo‘yicha erkaklar sonining xotin-qizlarga nisbatan birmuncha ortiqchaligi asosan Osiyo ayollariga nisbatan erkaklar 50 million kishi ortiq. Avstraliya va Okeniyada ayollarga nisbatan erkaklar 300 ming kishi ko‘p. Dunyoning boshqa barcha qismlarida jinslar nisbati aksincha, xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko‘prok. Dunyoningbarcha iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko‘prok. Bu bir necha sabablar bilan bog‘liq. Jumladan, aholining barcha yosh guruhlarida erkaklar orasida o‘lim xotin-qizlarga nisbatan yuqoriroq. YUqorida qayd etib o‘tilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida o‘g‘il bolalarning qiz bolalarga nisbatan bir oz ko‘proqligi 15-20 yoshlargacha saqlanadi. Undan keyin jinslar nisbati bir oz tenglashadi. Buning sababi shundaki, ana shu yoshgacha bo‘lgan aholi o‘rtasida xam o‘g‘il bolalar o‘limi qiz bolalarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. CHunki, har-xil baxtsiz hodisalar, shamollash bilan bog‘liq hodisalar o‘g‘il bolalarda qiz bolalardagiga nisbatan birmuncha ko‘p uchraydi. 15-20 yoshdan keyin xotin-qizlar soni va salmog‘i sekin-asta erkaklarga nisbatan oshib boradi. Buning uchun ma’lum sabablar bor. O‘rta yoshlarda erkaklarning ko‘p qismi og‘ir (ba’zan sog‘lik uchun zararli bo‘lgan) mehnat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Erkaklar orasida travmatizm natijasida o‘lish yuqori, ular odatda zararli bo‘lgan alkogolizm, chekish kabi odatlarga beriluvchan bo‘ladilar. SHuningdek, ko‘plab erkaklar hayotini urushlar olib ketadi. YAponiyadek yirik davlatda keyingi ellik yil mobaynida erkaklarning kamayib borayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligi nashr etgan statistik ma’lumotlarda qayd etilishicha, ayni paytda YAponiyada 62,2 million erkak hamda 63,5 million ayol yashamoqda. "Iomuri" gazetasida yozilishicha, YAponiya aholisi 2003 yilgi ko‘rsatkichga qaraganda, 0,05 foizga ko‘paygan bo‘lsa, erkaklar 0,1 foizga kamayib ketgan. Ikkinchi jahon urushi davrida ham xuddi shunday ahvol yuz bergan edi103. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar (ayniqsa Osiyodagi mamlakatlar) aholisining jinsiy tarkibida erkaklar ko‘pchiligini tashkil etadi. Buning asosiy sababi shundaki, rivojlanayotgan (hozircha qoloq, agrar) mamlakatlarda xotin-qizlar huquqsiz, og‘ir qishloq xo‘jalik mehnati bilan shug‘ullanadi, erta turmushga chiqadi va ko‘p bola tug‘ish orqasidan sog‘ligi yomonlashadi va oqibat natijasida xotin-qizlar o‘rtasida o‘lish erkaklarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunga ana shu mamlakatlarning ko‘pchiligida hukmron bo‘lgan dinlarning (islom, iduaizm) xotin-qizlarni kamsitishga qaratilgan dogmalarga, ham ta’sir qilmoqda. Ana shu dogmalarga ko‘ra oilada qiz tug‘ilishi ko‘p xollarda baxtsizlik deb hisoblanadi. Qiz bolalalar sog‘ligi va tarbiyasiga deyarli e’tibor berilmaydi va hakozo.Bu esa qiz bolalar o‘rtasida o‘limning ko‘proq bo‘lishiga olib keladigan sabablardan biridir. Demak jamiyatning taraqqiyot darajasi, mavjud shart-sharoitlar, qadriyatlar tizimi ikki jins o‘rtasidagi miqdor nisbatining turlicha bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, har ikki jins qatlami o‘z spetsifik xususiyatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga o‘ziga hos ta’sirga ega. Insoniyat tarixining ilk davrlarida ayollar ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sub’ekti sifatida e’tirof etilganlar va bu matriarxat nomi bilan atalgan. Keyinchalik, dehqonchilik va chorvachilik yuzaga kelishi bilan erkaklar mavqei oshdi, patriarxat davri boshlandi. Ikki jins o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik “jamiyat (yoki jamoa) ravnaqi uchun qaysi jins vakili ko‘proq ta’sir kuchiga ega?” degan savoldan kelib chiqadi. Ikki jinsning biologik xususiyatlari va buni ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rnidan kelib chiqib jamiyat tarixida ustunlik u yoki bu tomonga o‘tib turgan. Masalaning bunday materialistik talqiniga ko‘ra, foydali mehnat turi va mehnat samaradorligi bunda asosiy mezon sifatida olinadi. Terib-termachilik davrida mehnat ko‘p kuch talab qilmaganligi bois ustunlik jismoniy kuch bilan emas balki biologik shartlangan funksiyalar bilan belgilangan. Masalan, ilk jamoalarning tabiat oldida ojizligi va yashab qolish imkoniyatlarining o‘ta keskinligi avlod davomiyligini ta’minlashni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilishiga olib kelgan. Ayol jinsi farzandni dunyoga keltiradi, tarbiyalaydi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydi. SHu sababli bu tabiiy funksiya bu jinsning ijtimoiy mavqei yuqori bo‘lishiga olib kelgan. Buni qadimgi davrga oid topilgan ilk haykalchalarning homilador ayol qiyofasida ishlanganligi yoki ilk diniy e’tiqodlarda ayol qiyofasidagi ilohalar va ma’budalar timsoli misolida ham tushunish mumkin. YOki olov bilan bog‘liq hodisani olaylik. Olov insoniyat taraqqiyotining muhim kashfiyoti hisoblanadi (olovni sun’iy yoqish nazarda tutilmoqda). Ammo ilk davrlarda olov o‘chib qolmaslik uchun doimiy holatda yoqib turilishi zarur bo‘lgan. Tabiiyki ayollar farzand tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganligi sababli manzilgohda qolishlari va olovni doimiy yonib turishini ta’minlashga mas’ul bo‘lganlar. Bu funksiya ham ustunlik ular tomonda bo‘lishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Keyinchalik chaqmoqtoshlarning ixtiro qilinishi va keng yoyilishi bilan bu mashg‘ulotning ahamiyati pasaygan. Natijada oziq-ovqat muammosi olov muammosidan oldingi planga ko‘tarilgan. Erga ishlov berish va sanoat davrlarida mehnat samaradorligi jismoniy imkoniyat bilan bog‘liq edi. Bu esa erkak jinsiga katta ustunlik berdi. Urushlarning jamiyat hayotida hayot-mamot masalasiga aylanishi va bunda erkak jinsi katta imkoniyatga egaligi ham jarayonni tezlashtirgan. XX asrning o‘rtalariga kelib postindustrial jarayonlar jadallashdi. Ishlab chiqarish avtomatlashtirildi. Kompyuter texnologiyalari mexnatni engillashtirdi va aqliy mehnatning, hizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati beqiyos darajada ortib ketishiga olib keldi. Mehnatning ofis shakli vujudga keldi. Bolalar tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanuvchi institutlar tashkil etildi. Bu jarayonlar mehnat samaradorligi va mehnat turlari bo‘yicha har ikki jins vakiliga teng imkoniyatlar yaratdi, shu sababli hozirda ayollarning ijtimoiy mavqei quyi pog‘onadan o‘rin olishiga hech qanday asos qolmaganligi xususida gender chaqiriqlari kuchaymoqda. SHuningdek, barkamol avlodni tarbiyalash maqsadi hozirgi davrning asosiy xususiyati bo‘lib qolmoqda va bunda ayollarning o‘rni katta bo‘lganligi bois ularga har tomonlama shart-sharoitlar yaratish, ularning jamiyatdagi ishtirokidan unumli foydalanish bo‘yicha qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Jahon taraqqiyotining xozirgi davrida barcha odamlarga teng huquq va imkoniyatlar beruvchi gender tengligiga erishish taraqqiyotning eng muhim bo‘g‘ini deb qaralmoqda – bu bilan ayol yoki erkak qashshoqlikdan uzoqlashadi va o‘zining turmush tarzini ko‘taradi. Iqtisodiy taraqqiyot uchun gender tengligi darajasini oshirish shu bilan belgilanadiki, gender muvozanati bir tomondan mamlakat iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini oshirsa, ikkinchi tomondan odilona iqtisodiy taqsimotga va farovon yashashga olib keladi. “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya”da belgilanishicha “mamlakatning to‘la taraqqiyoti, butun jahon farovonligi yo‘lidagi harakatlar xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqli ishtirokini talab qiladi”104. O‘zbekiston ijtimoiy demografik jixatdan nihoyatda murakkab tuzilishga egadir. 51 foizi xotin-qizlar, 9,6 million aholi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirladan iborat. Jamiyatning yoshga ko‘ra tarkibi— aholining yosh guruhlari, avlodlar bo‘yicha tavsifidir. Bu demografik, sotsial va iqtisodiy tahlil uchun asos bo‘ladi. SHajara hayotiy siklning ancha keng tasnifini berishi mumkin. Hayot sikllarini davriylashtirish turli mualliflarda turlicha asosga ega. Demograf olim B.S.Urlanis tasnif asosiga individning ijtimoiy foydali mehnatdagi ishtirokini qo‘yadi: nikohgacha davr (go‘daklik davri — 3 yoshgacha, bog‘cha yoshi — 3—6, maktab yoshi — 7—15); ishchilik davri (yoshlik davri — 16—24, yigitlik davri — 25—44, o‘rta yosh davri — 45—59); ishchilikdan keyingi davr (keksa kishilar — 55—64, keksalik davri 65—74, qartaygan davr — 75—85, qarilik davri — 85 yosh va undan yuqori). Amerikalik tadqiqotchi I.Alan sotsiologik va psixologik sharhlarni o‘z ichiga olgan hayot sikli bosqichlari ta’rifini taklif etadi. Polshalik sotsiologlar inson yoshini ma’lumot darajasi va mehnat yiliga nisbatan taqsimlaydilar. Jamiyatning yoshga ko‘ra tarkibimehnat zahiralari miqdori, ish o‘rinlariga bo‘lgan talab va zarur ijtimoiy infratuzilma haqida tasavvur beradi, shuningdek, mazkur muammolar bo‘yicha istiqbolni rejalashtirishning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatningyoshga ko‘ra tarkibining uch turi farqlanadi: ijobiy, bunda bolalar soni katta yoshlilar guruhi sonidan ortiq bo‘ladi, salbiy, avvalgisining teskarisi va muqim. Har ikki guruh mutanosib bo‘ladi. “YOsh sifati”ning boshqa ko‘rsatkichi o‘rta yasharlik hisoblanadi. Bunda yosh guruhlari bo‘yicha aholini taqsimlash asosida o‘rtacha arifmetik qiymat hisoblanadi. SHunga o‘xshash ma’lumotni o‘rtacha va eng ko‘p uchraydigan yosh bo‘yicha ta’riflab beradi. YOshi 65 va undan yuqori bo‘lganlar miqdori 7% ni tashkil etgan jamiyat, BMT tasnifiga ko‘ra keksa hisoblanadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda tug‘ilish darajasining pastligi, shuningdek, keksa kishilarning o‘limi darajasi quyiligiga ko‘ra mazkur toifaga kiradi. 65 yoshdan yuqori kishilar ulushi 4%dan past bo‘lgan jamiyat aholisi yuqoridagi tasnifga ko‘ra yosh hisoblanadi. Bunday tasnif asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Aholi ko‘chib ketishi jamiyatning yoshga ko‘ra tarkibini sezilarli o‘zgartiradi, chunki asosan yoshlar ketib qoladi, keksalar qoladi. Buning natijasida ketib qolganlar joyida aholining “keksayishi”, tug‘ilishning juda pasayib ketishi tabiiydir. Buning aksi o‘laroq ko‘chib kelganlar tufayli mazkur hududda aholining “yosharishi” yuz beradi, tug‘ilish ko‘payadi va demografik vaziyat yaxshilanadi. Urushlar butun demografik tuzilishga kuchli salbiy ta’sir etadi, bunda buzilish tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarning halokatli oqibati o‘nlab yillar keyin ham erkaklar va ayollar o‘rtasidagi notenglikka, tug‘ilishning pasayishiga, nikoh tizimi kuchsizlanishiga ta’sirini o‘tkazadi. Erkaklar va ayollar umrining davomiyligidagi farq tufayli butun dunyo mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda ham keksa erkaklarning ulushi ayollarnikiga nisbatan past. Aholining yosh tarkibiga uning tabiiy ko‘payishi, migratsiya va urushlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Aholining yosh guruhlari nisbatiga qarab, dunyo mamlakatlarini ikkita asosiy tipga bo‘lish mumkin. Birinchi tipga tug‘ilish yuqori, o‘lim ancha ko‘p va o‘rtacha umr ko‘rish muddati katta bo‘lmagan mamlakatlar (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari) kiradi. Bu tip mamlakatlari aholisining tarkibida yosh bolalar salmog‘ining yuqori va aksincha, katta yoshdagilar xamda qariyalar kam bo‘lishi bilan xarakterlidir. Ikkinchi tipga tug‘ilish mu’tadil yoki past va o‘rtacha umr ko‘rish muddati ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlar (Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakatlari) kiradi. Bu mamlakatlar aholisida tug‘ilishning kamligi sababli yosh bolalar salmog‘i kamayib ketgan va katta yoshdagilar salmog‘i ortiqdir. SHuning uchun bunday mamlakatlarda “millatning qarishi” jarayoni ancha sezilarli bo‘ladi. Umuman butun planetamiz axolisidan turli yosh guruhlarning salmog‘i quyidagicha: 14 yoshgacha bo‘lganlar barcha aholining 34 % ini, 15-19 yoshlar 58 %, 60 va undan katta yoshdagilar 8 %ni tashkil etadi. Ammo turli yosh guruhlarining salmog‘i ayrim qit’alar va mamlakatlarda turlicha. Masalan: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar salmog‘i Afrikada eng ko‘p -42 %, Osiyoda 38 %, Yevropada eng kam - 25 %ga teng. YOshlar ijtimoiy guruhi hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy hayotida murakkab ko‘rinishga ega tabaqa va qatlam sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Sotsiologiyada yoshlar odatga ko‘ra quyidagi ijtimoiy psixologik guruhlarga ajratiladi: a) mehnatkashlar qatoriga qo‘shila boshlagan o‘rta maktab bitiruvchilari; b) xo‘jalikning turli jabhalarida ishlayotgan 16 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar; v) 20 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlar; g) 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan — yosh intellegensiya, ya’ni ziyolilar guruhlaridir105. YOshlar ijtimoiy guruhi hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy hayotida murakkab ko‘rinishga ega tabaqa va qatlam sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Sotsiologiyada yoshlar odatga ko‘ra quyidagi ijtimoiy psixologik guruhlarga ajratiladi: a) mehnatkashlar qatoriga qo‘shila boshlagan o‘rta maktab bitiruvchilari; b) xo‘jalikning turli jabhalarida ishlayotgan 16 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar; v) 20 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlar; g) 25 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan — yosh intellegensiya, ya’ni ziyolilar guruhlaridir106. Bizning mamlakatimizda istiqbolli islohotlar doirasi, xususan, ijtimoiy sohadagi aniq yo‘naltirilgan rejalarni amalga oshirishda yoshlar manfaati ustuvor etib belgilandi. Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bunday ishlar haqida to‘xtalar ekan, Prezident Islom Karimov: “Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil qiladigan yoshlarimizning hayotini, manfaatlarini ta’minlash – bu ularning ta’lim va tarbiya olishi, zarur kasb-hunarlarni egallashi bo‘ladimi, ish o‘rniga ega bo‘lish, o‘z qobiliyati va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun imkoniyat yaratish bo‘ladimi, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oyoqqa turishiga ko‘mak berish bo‘ladimi, bu masalalar barchasi biz uchun eng muhim ustivor vazifa bo‘lib qolaveradi”107 — deb ta’kidlashi bejiz emas. Negaki, O‘zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatini barpo etishda jamiyatning boshqa barcha qatlamlari bilan birga aholini 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatlami ham muhim rol o‘ynaydi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling