O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy-metodologik funksiyasi.
- Gnoseologik funksiya.
Dunyoqarashlik funksiyasi. Ijtimoiy falsafa xuddi falsafa kabi inson dunyoqarashini shakllantiradi. Albatta inson dunyoqarashini shakllantirishda barcha bilim sohalari qatnashadi. Lekin ijtimoiy falsafa jamiyat va inson haqidagi yaxlit ta’limot sifatida insonga jamiyat haqidagi, insonning jamiyatdagi o‘rni haqidagi bilimlarining shakllanishiga yordam beradi, jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiy jarayonlarga o‘z ongli munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Nazariy-metodologik funksiyasi. Ijtimoiy falsafa jamiyat tizimi va rivojlanishidagi umumiylikni aniqlash, ijtimoiy hayot soxalarining o‘rnini ko‘rsatib berish, inson borlig‘i va mohiyatini yoritish, insoniyat tarixining mohiyatini tushuntirib berish bilan boshqa xususiy ijtimoiy fanlar uchun o‘ziga xos metodologik asos vazifasini bajaradi. Ijtimoiy falsafaning metodologik funksiyasi deganda, ijtimoiy falsafaning jamiyatni to‘g‘ri anglash metodlarihaqidagi fan ekanligi nazarda tutiladi. Falsafa tarixida olamni, shu jumladan jamiyat va insonni bilishning ikki asosiy metodi shakllangan. Bular: dialektika va metafizika. Ijtimoiy hayotni o‘rganishda dialektika va metafizika turlicha yondashadi. - agar dialektika ijtimoiy hayot xodisalarini o‘rganishda, ular orasidagi eng umumiy universal aloqadorliklarga e’tibor berishni taqozo etsa, metafizika aloqadorliklarni faqat tasodif sifatida o‘rganadi, har bir ijtimoiy jarayon, o‘zgarish faqat o‘ziga xos, takrorlanmas, deb biladi. - agar dialektika ijtimoiy hayot va insonni o‘rganishda taraqqiyot tamoyilidan kelib chiqsa, metafizika faqat miqdoriy o‘zgarishlarinigina tan oladi. - agar dialektika olamning barcha ko‘rinishlari kabi jamiyat va inson olamning mohiyatida ziddiyatlar amal qiladi, ziddiyatlarning borligi va mutanosibligi jamiyat va inson mavjudligida namoyon bo‘ladi, ayni vaqtda ziddiyatlar orasidagi munosabat taraqqiyotga olib boradi, deb bilsa, metafizika qarama-qarshiliklar ijtimoiy jarayonlarga xos emas, degan qoidaga asoslanadi. Gnoseologik funksiya. Ijtimoiy falsafa ijtimoiy borliqni bilish imkoniyatlari va chegaralarini, ijtimoiy bilishning samarali yo‘llari va usullarini ishlab chiqadi. U ijtimoiy bilish jarayonida sub’ektning ob’ektga bo‘lgan munosabatini tahlil qilish orqali ijtimoiy haqiqatni anglab etishning samarali pozitsiyalarini belgilab beradi. Hususan, I.Kant o‘zining “Sof aql tanqidi” asarida falsafiy bilimlarning chegarasini quyidagi savollar bilan aniqlash mumkinligini aytib o‘tadi: - Men nimani bila olaman? - Men nima qilishim kerak? - Nimaga umid qilishim, ishonishim kerak? Kant yuqoridagi uchta savolga javob topilsa, “Inson nima?”12 degan eng muhim savolga ham o‘z-o‘zidan javob topilishini, hamda inson muammosi har qanday gnoseologik faoliyatning markaziy muammosi ekanligini nazarda tutgan edi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling