O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi


  Iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari


Download 332.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi332.26 Kb.
#1493284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kitob

1. 
Iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari 
 
Iqtisodiyot asoslarini o`rganishga juda qadim zamonlardan buyon e'tibor berib kelinadi. 
Qadimgi grek mutafakkirlaridan Ksenofont, Platon, Arastu iqtisodiy jarayonlarni o`rganish, uni 
tushuntirish uchun harakat qilgan olimlardir. Ular birinchi bor iqtisodiy tushunchalarni 
o`rganganlar va ular o`rtasida bog`liqlik bor ekanligini isbotlab berganlar. «Ekonomika» 
(iqtisod) so`zi ham grekchadan olingan bo`lib «oykos» - uy, xo`jalik, «nomos»- o`rganish,
qonun so`zlaridan olingan. 
Shu bilan birga qadimgi Arab, Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo olimlari ham iqtisodiy 
jarayonlarni o`rganishda o`z hissalarini qo`shganlar. Iqtisodiy jarayonlarni o`rganishga munosib 
hissa qo`shgan olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydir (973-1048). U pulning kelib chiqishi va
ahamiyatini tadqiq qilgan. Sarflangan mehnat va ishlab chiqarilgan mahsulot o`rtasidagi 
nisbatni belgilashda pulning o`rnini ko`rsatgan. Pulning o`rnini bunday tushunish Arastuning 
fikrlaridan ustundir. Arastu pulning qiymat o`lchovi va muomala vositasi deb belgilagan, ammo 
u mehnat va qiymat o`rtasidagi bog`lanishni ko`rmagan. 
Fan sifatida iqtisodiyot kapitalizm shakllanish davrida (XVII-XVIII asr) vujudga kelgan. O`sha 
davrda fan oldida «davlat qanday qilib boyiydi» degan savolga javob topish vazifasi turar edi. 
Merkantalizm-iqtisodiyotning birinchi maktabi bo`lib, unga frantsuzlardan A.Monkreten,
inglizlardan U.Stefford, T.Man. A.Serra va boshqalar asos solganlar. Ular ijtimoiy boylikning 
o`sish manbaini ishlab chiqarish sohasidan emas, balki muomala sohasi savdodan izlaganlar. Bu 
esa ularning ilmiy tadqiqotlarini chuqur emasligi hamda cheklanganligidan darak beradi. Chunki 
muomala sohasida hech qanday boylik yaratilmaydi, bunda faqatgina pulni tovarga yoki tovarni 
pulga ayirboshlash ro`y beradi, xolos. 
Dastlabki merkantalistlar (U.Stefford, A.Monkreten) davlatning siyosati mamlakatga 
ko`proq oltin va kumush jalb etish, pulni chetga chiqarishni ta'qiqlash orqali dastlabki 
jamg`armani amalga oshirish lozim, deb ta'kidlaganlar. Merkantalistlarning keyingi 
namoyondalari T.Man, A.Serra davlat tashqi savdoni keng rivojlanishini ta'minlashi kerak, buni 
manifaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish yo`li bilan ta'minlash zarur deb hisoblaganlar. 
Merkantalistlar izidan fiziokratlarning nazariy ta'limoti vujudga keladi. Uning asoschisi 
F.Kene (1694-1774) hisoblanadi. Fiziokratlar ishlab chiqarishni ijtimoiy boylikning manbai deb 
hisoblaganlar, ammo ular qishloq xo`jaligi tarmog`i bilan cheklanib qolganlar. Qishloq xo`jaligi 
mehnati «unumli» bo`lib, foyda shu tarmoqda hosil bo`ladi. Boshqa tarmoqlardagi mehnatni 
«unumsiz» deb hisoblaganlar. 
Biroq shunga qaramasdan fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiqot qilishga 
ilmiy asos soldilar.Ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin raqobat va tashqi 
savdo erkinligini tarafdori bo`lganlar. Takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning 
taqsimlanishini tadqiq qilishga harakat qilganlar. 
Ko`rilayotgan mazkur savollarga klassik maktab namoyondalari asosiy javobni
berganlar. Uning namoyondalari U.Petti, (1623-1687), A.Smit (1723-1790) D.Rikardolardir. 
(1772-1827).Ularning nazariyalari tarmoq xususiyatlarini e'tiborga olmagan holda ishlab 
chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o`rganishga qaratilgan edi. Bu maktab 
namoyondalarining buyuk yutug`i mehnatning qiymat nazariyasini yaratganliklaridadir. Ana shu 
davrdan boshlab mustaqil iqtisodiyot faniga asos solindi. 
Keyinchalik fanning rivojlanishiga marjinalizm (XIX asrning 70 yillari) ta'limoti munosib hissa 
qo`shdi. Jumladan, ular o`z-o`zidan tartiblanib turuvchi bozor ta'limotini rivojlantirdilar. Hozirgi 
davrda bu ta'limot neoklassiklar ta'limoti deb ham yuritiladi. Yirik namoyondasi Alfred 
Marshalldir (1842-1924). 


XX asr boshlanishida iqtisodiyot fanida keynschilik maktabi munosib o`rin egallagan. Bu 
ta'limot ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns (1883-1946) nomi bilan bog`liq. U iqtisodiyotni tartibga 
solish va boshqarishda davlatning doimiy aralashuvi zarurligining tarafdori edi. 
XX asrning 50-60 yillarida E.Xanss, Dj.Xiks, R.Xarrod, ye.Dolor Keyns ta'limotini 
davom ettirib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasini rivojlantirdilar. 
Shuning bilan yangi keynschilik iqtisodiy maktabiga asos solindi. 
XX asrning o`rtalarida keynschilik ta'limoti to`liq amalga oshayotgan bir davrda (70 
yillarning oxirida) eski an'anaviy iqtisodiy liberalizmga qaytish masalasi maydonga chiqa 
boshladi. U monetarizm ta'limoti edi. Asosiy e'tibor pul muomalasini tartibga solish,
inflyatsiyani pasaytirish, pul birligi qurbini oshirishga qaratilgan. Bu ta'limotning yirik 
namoyondasi amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen (1912). 
Iqtisodiy ta'limot rivojiga qadimgi musulmon sharqi allomalari ham munosib hissa 
qo`shganlar. Muhammad (s.a.v.) payg`ambarning (570-632) muqaddas kitobi «Qur'on», arab 
donishmandi Ibn Xoldun (1332-1406), Markaziy Osiyodan X-XVI asrlar oraligida Farobiy, Ibn 
Sino, Beruniy, A.Navoiy, Bobur kabilarning qarashlari shular jumlasidandir. 

Download 332.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling