O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi
Iqtisodiy jarayonlarni bilishning uslublari
Download 332.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob
3.
Iqtisodiy jarayonlarni bilishning uslublari Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, balki uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog`liqdir. Uslubiyat- bu ilmiy bilishning printsiplar tizimi, yo`llari, qonun-qoidalari va aniq hodisalaridir. Bu ob'ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o`z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir. Uslubiyat umummilliy xarakterga ega, lekin har bir fan o`zining predmetidan kelib chiqib, o`zining ilmiy bilish usullariga egadir. Shuning uchun uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiy bo`ladi. Dialektik usul printsiplari ilmiy bilishning umumusuli bo`lib xizmat qiladi. Bu printsiplar quyidagilardan iborat: -iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog`liqlikda, ziddiyatda, o`zaro ta'sir qilib turadigan turli bo`g`inlardan, bo`laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda bo`ladi. - iqtisodiy jarayonning har bir bo`lagini alohida olib uning o`ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo`q bo`lish sabablari hamda oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik, shuningdek bog`liqlik tomonlarini makon va zamonda o`rganish; - iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga rivojlanishda deb qarash muhimdir. Bu yerda son jihatdan o`zgarishlar to`plana borib, sifat jihatdan o`zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur; -ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o`zaro kurashiga erishishini rivojlanishning manbai deb hisoblash. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o`ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiya usulidir. - Ilmiy abstraktsiya usuli- tahlil paytida halal berishi mumkin bo`lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea - hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o`rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o`rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko`zga ko`rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling