O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi


Download 332.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi332.26 Kb.
#1493284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kitob

-Analiz va sintez usuli. Analiz-bu o`rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish 
va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez bu o`rganilayotgan qismlardan olingan xulosa va 
natijalarni bir yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Mantiqiylik va tarixiylikning 
birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan olib 
borish zarur bo`lgan tadqiqotni taqozo qiladi, chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida 
rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar ichki zaruriy qonuniy bog`lanishlar bo`yicha tahlil 
qilinadi. Eksperiment usuli - iqtisodiy usishning keskin o`zgarish bosqichlarida, jumladan 
iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalanishdir. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida ahamiyatga ega. 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va 
grafik usullardan keng foydalaniladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o`rganish va tushuntirishda uning vazifalariga e'tibor berish 
lozim. Jamiyatning iqtisodiy munosabatlari va hodisalarini turli iqtisodiy tizimlarini materialistik 
dialektika metodi bilan o`rganish va tushuntirish jarayonida iqtisodiyot nazariyasi fani qator 
vazifalarni bajaradi. 
 Bu vazifalar quyidagilardir. 

nazariy vazifasi yoki ilmiy bilish va tushintirish vazifasi. 

amaliy vazifasi. 

mafkuraviy vazifasi. 

metodologik vazifasi. 
Iqtisodiyot nazariyasining birinchi va asosiy vazifasi jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni,
hodisa va jarayonlarni ob'ektiv va maqsadli o`rganish hamda nazariy tushuntirishdir. 
Jamiyatning iqtisodiy hayotini takomillashtirish hamda yaxshilash uchun birinchi 
navbatda uni chuqur va har tomonlama o`rganib, holatini nazariy jihatdan to`la-to`kis ifodalash 
lozim. Bu esa fanning asosiy vazifasidir. 
Ikkinchi muhim vazifa- amaliy vazifadir. 
Ma'lumki, har qanday bilim harakatga qo`llanma bo`lishi, jamiyatni o`zgartirish bo`yicha 
amaliy maqsadlarga xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ham iqtisodiy hayot mohiyatini,
iqtisodiy jarayonlarni o`rganib, ularni yanada takomillashtirish, insoniylash, inson hayotining 
yengil va farovon bo`lishi uchun amaliy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va shu yo`l bilan 
iqtisodiy tizimga hamda iqtisodiy siyosatga amaliy ta'sir ko`rsatishi lozim. Uning xulosalari,
tavsiyalari iqtisodiyot uchun harakatlantiruvchi kuch hamda nazariy va amaliy dastur bo`lib 
xizmat qilishi lozim. 
Iqtisodiyot nazariyasining muhim vazifasi-mafkuraviy vazifadir. Iqtisodiyot nazariyasi
fan sifatida kishilar dunyoqarashining yoki mafkurasining tarkibiy qismidir. U xalq ommasining 
tobora ilmiy, ilg`or va insoniy iqtisodiy qarashlar bilan qurollanishiga xizmat qiladi, iqtisodiy 
mafkurani targ`ib etadi, hamda kishilarni bunyodkorlik ishiga undaydi, da'vat etadi. 
Nihoyat, iqtisodiyot nazariyasining yana bir vazifasi-metodologik vazifasidir. Unda iqtisodiyot 
nazariyasi bir qator iqtisodiy fanlar kompleksi-sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport 
iqtisodi kabi aniq iqtisod fanlari uchun, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy rejalashtirish, moliya,
pul muomalasi va kredit, iqtisodiy statistika va boshqa funktsional fanlar uchun hamda iqtisodiy
geografiya, demografiya, iqtisodiy tarix, boshqaruv nazariyasi kabi iqtisodiy fanlar uchun ham 
nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotni tubdan yangilash, bozor munosabatlarini hayotimizga tobora kengroq 
tatbiq etish sharoitida iqtisodiyot nazariyasi fanining ahamiyati benihoya o`smoqda, amalda u 
jamiyatning har bir a'zosi bilishi lozim bo`lgan fanga aylanmoqda . 

Download 332.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling