O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi
Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi
Download 332.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotning nazariy maqsadi
- Mikroiqtisodiyot
Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi - iqtisodiy o`sishni ta'minlash va shu asosda
o`sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Uning vazifasi shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, uning har birligi evaziga ko`proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko`rsatishni ta'minlash, har bir faoliyat turi bo`yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya'ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo`llarini topishdan iboratdir. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta'minlash, pulning qadrsizlanishining oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo`llarini ko`rsatib berishi lozim. Iqtisodiyotning nazariy maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iborat. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o`zgarishlarini, ichki bog`lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga o`rgatishdan iboratdir. Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo`llanma bo`lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotning tuzilishida ikkita katta daraja farqlanadi: mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot korxona, firmalar ya'ni iqtisodiyot-ning birlamchi, boshlang`ich bo`g`ini haqidagi ilmdir. U resurslar va ularning taqchilligi sharoitida xo`jalik yuritish, mahsulot qiymati va tannarxi, ishlab chiqarish va iste'mol tovarlari hamda xizmatlar baholari haqidagi masalalar bilan ish ko`radi. Makroiqtisodiyot iqtisodiyotning rivojlanishi, uning hajmi va sifati, yalpi daromad, bandlik, tovarlarni ko`paytirish muammolari bilan shug`ullanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo`l qo`ymaslik ustivor vazifamizdir. Shuningdek, pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to`lov balansini bir me'yorda saqlash…» dir, degan edi o`zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida» nomli asarida. Download 332.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling