O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi


Download 332.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi332.26 Kb.
#1493284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kitob

 
 
2. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va iqtisodiy qonunlar 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining tarixiga qilingan qisqacha ekskursiyadan so`ng fanning 
predmetiga quyidagicha ta'rif berish mumkin. 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fani - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning 
cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo`jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini 
o`rganadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy munosabatlardagi muhimlikni, doimiylikni aniqlaydi va ularni 
yaxlit holda, birlikda; rivojlanishda xarakterlab beradi.Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot
nazariyasi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish xarakterini ochib beradigan eng muhim
sababiy aloqalarni va o`zaro bog`liqlikni tekshiradi. 
Iqtisodiy qonunlar deb iqtisodiy jarayonlar va hodisalarda barqaror saqlanib qoladigan 
muhim ob'ektiv o`zaro bog`liqlik va sabab- oqibat aloqalariga aytiladiki, bularsiz yaxlit holda,
ham rivojlanishda olingan muayyan ishlab chiqarish munosabatlari to`g`risida gapirish mumkin 
emas. 
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti qonunlarini o`rganish iqtisodiyotda eng muhim ilmiy 
vazifadir. Jamiyat iqtisodiy munosabatlarining barcha tomonlari ob'ektiv qonunlarga 
bo`ysunadi. Iqtisodiy qonunlarni bilmasdan va ulardan tegishlicha foydalanmasdan turib 
xo`jalikni ongli ravishda va kelishilgan holda yuritish mumkin emas. 
Iqtisodiy qonunlar amal qilish xarakteriga qarab umum- iqtisodiy va maxsus iqtisodiy
qonunlar sifatida namoyon bo`ladi. Iqtisodiyotda qonunlardan kategoriyalarni farqlash zarur. 
Iqtisodiy kategoriyalar jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini umumlashtirib aks ettiruvchi 
mantiqiy tushunchalardir. Bular tovar, pul, kapital, foyda, qiymat va boshqa tushunchalardir. 
Ular ham ob'ektiv xarakterga egadir. 
Iqtisodiy kategoriyalar bu iqtisodni o`rganishda qo`llaniladigan nazariy tushunchalar 
bo`lib, real iqtisodiy voqeilikni ilmiy inikosi, ifodasidir. Iqtisodiy kategoriyalar uch guruhga 
bo`linadi: Umumiqtisodiy davriy va oraliq kategoriyalardir. Iqtisodiyot nazariyasi fanining 
maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya'ni amaliy va nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. 

Download 332.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling