Xarakter tuzilishining qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, mu-
him tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlarining
ba’zi nuqsonlari (qo‘pollik va yolg‘onchilik)ni
bartaraf qilish, uning
ijobiy xususiyatlari (xushfe’llik va rostgo‘ylik)ni shakllantirish mud-
daosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Chunki
insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirmay turib, illatga
qarshi
kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz.
Shu narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-biriga bog‘liq xususiyat-
larning yaxlit bir tizimini tarkib toptirish mumkin, xolos.
Mazkur
jarayonda xususiyatlar tizimini shakllantirishning muhim shartlaridan
biri shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: