O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
psixologiyapdf
Ta’lim insonning hayot mobaynidagi eng murakkab faoliyatlari-
dan biridir. Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo‘ladigan vaqt ham yetib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotlarni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat- dir. Subyektning o‘rganishni o‘ziga maqsad qilib olgan bunday o‘ziga xos faoliyati ta’lim deb ataladi. U quyidagilardan tarkib topadi: – ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning ahamiyatli xossalari xususidagi axborotlarning o‘zlashtirilishi (bu jarayonning mahsuli bilimlardir); – faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va jarayonlarning o‘zlashtirilishi (bu jarayon mahsuli malakadir); – qo‘yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash hamda nazorat qilish uchun ko‘rsatilgan axborotdan foydalanish yo‘llarining egallanishi (bu jara- yon mahsuli ko‘nikmalar hosil qilinishidir). Shunday qilib, ta’lim kishining harakatlari muayyan bilimlar, ma- lakalar, ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishga qaratilgan ongli maqsad bi- lan idora qilingan joydagina yuz beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim o‘ziga xos insoniy faoliyatdir. Hayvonlarda faqatgina o‘rganish bo‘lishi mumkin. Lekin odamda u faqat o‘z xatti-harakatlarini anglab yetilgan yuksak xayoliy maqsad- ga (idealga) ko‘ra yo‘naltirish layoqatiga ega bo‘lgandagina ta’lim faoliyati yuz berishi mumkin. Bunday layoqatning yetarli darajada rivojlanishiga faqat olti-yetti yoshga chiqqan paytga kelib, faoliyat- ning oldingi turlari – o‘yin, nutq, amaliy xulq-atvor va shu kabilar ne- gizida shakllana borgan holda erishiladi. O‘quv faoliyatini shakllantirishning eng birinchi sharti bolada muayyan bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun anglanilmagan motivlar tug‘ilishi hisoblanadi. Bularning hammasi qay tarzda, qanday vositalar bilan qanday ma- terialda va qaysi maqsadda bajariladi, qanday axborot ma’lum qilinadi va qanday harakatlar o‘zlashtiriladi kabi masalalarning hammasi bilan 110 alohida fan – pedagogika fani shug‘ullanadi. Biroq bunda psixologiya fanining ham o‘rni salmoqlidir. O‘quv faoliyati kishini ijtimoiy foydali faollik ko‘rsatishning har xil turlari uchun zarur bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar bilangina qurollantirib qolmaydi. U kishida shuningdek, o‘zidagi psixik jarayon- larni idora qilish, o‘z xatti-harakatlari va operatsiyalarni tanlay bilish, uyushtirish va yo‘naltira bilish malakalarini, bajarilayotgan vazifaga mos keladigan ko‘nikmalar va tajribani ham shakllantiradi, o‘quv faoliyati shu tariqa kishini mehnatga tayyorlaydi. Mehnat muayyan ijtimoiy foydali yoki hech bo‘lmaganda jamiyat iste’mol qiladigan moddiy yoki ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarish- ga yo‘naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat kishining eng yetakchi va asosiy faoliyatidir. Insoniyat agar mehnat qilishni to‘xtatsa, u (tur sifa- tida) o‘z hayot-faoliyati tugatgan bo‘lar edi. Shuning uchun ham mehnat faoliyatini kishining hayot kechirishi- ni, boshqa turlar ustidan g‘alaba qozonishini hamda tabiat kuchlari va moddalaridan foydalanishini ta’minlovchi o‘ziga xos turga oid xulq- atvor deb hisoblash mumkin. Jamiyatda har qanday mahsulotning ish- lab chiqarilishi, ayni paytda, mehnat qilish, uning mahsulini taqsim- lash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlarning muayyan munosabatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘lib ham hisoblanadi. Shu tariqa kishi mehnat jarayonida bajaradigan harakatlar biologik ehtiyoj bilan emas, balki ilgari surilgan ishlab chiqarish maqsadi va bu maqsadni ro‘yobga chiqarish jarayonida uning boshqa odamlarga nisbatan munosabatlari bilan belgilanadi. Bunday harakatlarni bajarish va boshqarish uchun axborotni qayta ishlashning oliy jarayonlaridan foydalanish va, eng avvalo, tasavvur va tafakkurni ishga solish zarur. Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tuti- shi, egallagan mavqei ham o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiya- da «motiv» va «motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya deb insonni faol faoliyatga undovchi sabablar maj- muiga aytiladi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib be- rish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi, ya’ni: «Nega?», «Nima uchun?», 111 «Nima maqsadda?», «Qanday manfaat yo‘lida?» degan savollarga ja- vob qidirish motivatsiyani qidirishdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, faoliyat shaxsning shakl- lanishida va komil inson bo‘lib yetishida asosiy manba bo‘lib hisobla- nadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatini ku- zatadigan bo‘lsak, unda faoliyatning barcha mexanizmlari ishtirok eta- di. Ayniqsa, ko‘nikma va malakalar juda katta ahamiyat kasb etadi. Faoliyatning barcha turlari insonning tug‘ilganidan tortib to umrining oxirigacha davom etib boradi va bir-birining o‘rnini doimo to‘ldirib turadi. Hozirgi jamiyatda mehnat taqsimoti tufayli kishi o‘zi uchun talab qilingan barcha narsalarni faqat ishlab chiqarmaydigina emas, balki birorta ham mahsulotni ishlab chiqarishda deyarli hech qachon boshi- dan oxiriga qadar ishtirok etmaydi. Shuning uchun ham jamiyatda har qanday mahsulotning ishlab chiqarilishi, ayni paytda, mehnat qilish, uning mahsulini taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida odamlarning muayyan munosabatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘lib ham hisoblanadi. O‘yin faoliyati davrida shaxsning qiziqishlari, dunyoqarashi, xoti- rasi, fikrlashi, tafakkuri va boshqa bir qancha fazilatlari shakllanib bo- radi. Ta’lim davrida esa inson o‘zining bilim va uquvlarini samarali egallashga erishadi. Dunyoviy bilimlarning nazariy va amaliy tomon- lari bilan tanishib chiqadi. Dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirib boradi. Mehnat davrida esa muayyan mehnatning biron-bir turi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu davrda asosan ko‘nikma va malakalar, tajribalar shakllanib, takomillashib boradi. Shunday qilib, odamlarning amaliy ijtimoiy mehnat bilan kechadi- gan turmushining o‘zi ular uchun buyumlarning yangi mohiyatlari va ularga nisbatan yangi munosabatni yaratadi. Voqelikka nisbatan bun- day munosabatda bo‘lish esa, ongning negizini tashkil etadi. U kishini buyumlarga nisbatan faoliyat subyektiga va odamlarga nisbatan esa shaxsga aylantiradi. U kishini tevarak atrofdagi olamning qulidan uning sohibi daraja- siga ko‘taradi, kishiga bu olamni qayta o‘zgartirish va uzoqqa mo‘ljal- langan maqsadlarga erishish uchun intilish imkonini beradi, kishining xatti-harakatlarini ongli ravishda rejalashtirilgan faoliyatga va uning yer kurrasida mavjudligini esa moslashgan holda hayot kechirishdan ma’lum bir mazmun va yuksak maqsadga ega bo‘lgan faol hayot kechirishga aylantiradi. 112 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling