O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Download 325.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/68
Sana08.01.2022
Hajmi325.56 Kb.
#249975
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Bog'liq
psixologiyapdf

Referent guruh. O‘z norma va tushunchalari bilan shaxsning ijti-
moiy munosabatlarga kirishishda, xulq-atvorlarini boshqarishda va 
namoyon bo‘lishida yetakchi ta’sir etuvchi guruh referent guruh deb 
ataladi. Bu atamani birinchi marta 1942 yil amerikalik psixolog 
X. Xaymen muomalaga kiritgan. Shaxs yuqori baholaydigan guruh-
dagi norma va munosabatlar, ularning yurish-turishi, xulq-atvori uning 
ichki mezoni bo‘lib qoladi. Shaxs nafaqat o‘z xulq-atvorini, balki 
boshqalarning xulq-atvorini ham shu andaza orqali baholaydi. Har bir 
guruhda kishilar o‘rtasidagi munosabatlar 2 xil ko‘rinishda kechadi: 
a) bevosita, ya’ni bir-birini yoqtirish yoki yoqtirmaslik asosida
b) bavositalik asosida, bunda guruhdagi shaxslararo munosabatlar 
guruh faoliyati maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini 
farqlaydilar. 
Normativ guruhlar. Shaxs bu guruhdagilarni ma’qullaydi, ularga 
amal qilishga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga, birinchi 
navbatda, oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, kasbiy guruhlarni ki-
ritish mumkin. Masalan, o‘zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o‘tir-
gan zahoti yuziga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga «xush 
kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday 
harakatlarga nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi. 
Qiyoslash guruhlari. Shaxs bu guruhga kirishga, uning ma’qulla-
shiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakatlarini yo‘lga solishda unga 
asoslanadi.  
 
117


 
Negativ guruhlar. Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz 
kechadi. Chunki bunday guruhlar uning shaxsiy qarashlaridan mutlaqo 
farq qiladi. 
Diffuz guruh stixiyali, tasodifan to‘plangan va shaxslararo muno-
sabatlar bevositalik asosida qurilgan kishilar birligidir. Bu guruhlar 
miqdori bir necha kishidan minglab kishini tashkil qilishi mumkin, 
masalan, avtobus bekatida to‘planib turgan odamlar diffuz guruhiga 
kiradi. Diffuz guruh ma’lum vaqt saqlanib tursa, guruhiy tabaqalanish 
boshlanadi, ya’ni lider ajralib chiqadi. 
Guruh  ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to‘plangan, 
muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, gu-
ruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror-bir faoliyatning bo‘lishi 
hamda u yerda odamlarning o‘zaro muloqoti uchun imkoniyatning 
mavjudligi.  
Guruhlarning turlari. Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo‘ladi-
gan, vaqtini birgalikda o‘tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo‘-
ladi. Masalan, agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisaning tomoshabi-
ni bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, olo-
mon deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga 
aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko‘r-
satish imkoniyati bo‘lishi kerak.  
Amerikalik psixolog C. Kuli hamkorlikning darajasiga ko‘ra, gu-
ruhlarni birlamchi va ikkkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif 
etadi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir yuzma-yuz, bevosi-
ta ro‘y beradi. Masalan, oila davrasida, sinfda hisobchilar xonasida 
o‘tirganlar birinchi guruhga misoldir. 
Ikkinchi guruhdagi odamlarning har doim ham bevosita muloqot-
da bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va 
o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy 
faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. Jamoa o‘spirin va yoshlar-
ning shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratila-
digan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-tarbiya 
jamoasi, korxona jamoasi, nihoyat kechagi maktab o‘quvchilari o‘rta 
ma’lumot olganidan keyin borib qo‘shiladigan mehnat jamoalari shun-
day bir ijtimoiy muhit hisoblanadiki, unda shaxsning voyaga yetishi 
va har tomonlama rivojlanishi yuz beradi. 
 
118


 

Download 325.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling