O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Qadimgi Bobil davlati. Mesopotamiyaning janubiy qismi (Ikkidaryo 
oralig‘i)da, ya’ni fors qo‘ltig‘ining Dajla va Frot daryolari oralig‘ida ham 
dastlabki taraqqiyot ekin maydonlari o‘zlashtirish va suvdan samarali 
foydalanish yo‘lida ro‘y bergan. Pirovard natijada Dajla va Frot daryolari 
vodiysi serhosil mamlakatga aylangan. Qishloq xo‘jaligi va 
hunarmandchilikning rivojlana borishi aholining tez o‘sishiga olib kelgan. 
Katta qishloqlar paydo bo‘lgan. Ulardan ba’zilari kattalashib, devorlar 
bilan o‘ralgan shaharlarga aylangan. Shu tariqa miloddan avvalgi IV ming 
yillikning oxiri – II ming yillikning boshlarida birinchi shahar-davlatlar 
vujudga kela boshlagan. Miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi 
choragida Uruq, Kish, Ur, Lagash kabi davlatchalar aholisi ancha 
ko‘paygan. 
Ibtidoiy jamoadan qishloq jamoasiga o‘tishda quldorchilik tuzumi 
shakllana boshladi. Ibodatxona yerlarining jamoa yerlaridan ajralib 
chiqishi natijasida podsho-cherkov yerlari tashkil topgan. Qishloq jamoa 
boshqaruvidan shaharlarda ma’muriy apparat o‘sib chiqqan. U ijtimoiy 
soha vazifalarining murakkablashishi bilan yer, xo‘jalik va jamoat 
ishlarining hisobini yuritgan. Shu bilan u boshqa qishloq jamoalariga 
nisbatan xilma-xil boshqaruvchilik vazifalarini amalga oshiruvchi shahar-
davlatlar apparati bo‘lib qolgan. 
Shahar-davlatlar dastlab janubiy qismdagi shumerlar va akkad (semit, 
somiy)lar qabilaviy guruhlarida vujudga kelgan. Kelib joylashgan turli 


 40
qabilalar guruhlari batamom qo‘shilib ketgan. Shumer sivilizatsiyasining 
birinchi markazi Uruq bo‘lgan, akkad-semitlarning shaharlari ichida eng 
qadimiysi esa Akkad bo‘lgan. 
Ikkidaryo oralig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga 
atrofidagi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalarning ham ta’siri 
kuzatilgan. Ikkidaryo oralig‘ida mamlakatda o‘z ta’sirini o‘rnatish uchun 
shahar-davlatlar o‘rtasida urushlar boshlanib ketgan. 
Miloddan avvalgi XXVIII–XXVII asrlarda Kish shahar-davlati 
yuksalib, uning hukmdori birinchi bo‘lib «lugal» (katta odam, xo‘jayin) 
degan unvon oladi. XXVII asrda Uruq hokimi Gilgamish Kish qo‘shinini 
yengib, Lagash, Nippur va boshqa shahar-davlatlarni bo‘ysundirgan. 
Keyingi davrlarda hokimiyat qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turgan. Miloddan 
avvalgi XIV asrning oxirida Akkad davlatining asoschisi Sargon I 
tomonidan Fors qo‘ltig‘idagi Elam, butun Mesopotamiya va Old Osiyoni 
o‘z ichiga olgan janubi-g‘arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki 
markazlashgan akkad-shumer davlati barpo etilgan. U 120 yil yashagan 
(mil. avv. 2200-yilgacha). 
Miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri – II ming yillikning 
boshlarida ikkidaryo oralig‘ida siyosiy tarqoqlik hukm suradi. Oraliq 
davrda Ur shahri tomonidan yana birlashtiriladi. Urning III sulolasi 
davrida Ur-Nammu Qonunnomasi qabul qilingan. 
Bu vaqtda Bobil kabi mustaqil davlatlar faoliyat ko‘rsatgan. O‘zaro 
urushlarda Bobil g‘olib chiqib amoriylar sulolasiga asos solingan. 
Qadimgi Bobil
1
Ikkidaryo oralig‘i tarixida chuqur iz qoldirgan. 
Bobil podsholigining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ravnaq topgan 
vaqti podsho Xammurapi davriga (mil. avv. 1792–1750-y.) to‘g‘ri keladi. 
U hududi jihatdan vodiyning katta qismini o‘z ichiga olgan keng hududda 
joylashgan. Biroq mustahkam bo‘lmagan. Xammurapi vafotidan so‘ng 
siyosiy inqiroz davri kuzatiladi. 1595-yilda xettlar va kassitlar tomonidan 
tugatiladi. Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida (miloddan 
avvalgi 1518–1204-y.) kassitlar sulolasi qaror topadi. 
Bobilning yangidan yuksalishi miloddan avvalgi VII–VI asrlarga 
to‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi 626–539-yilgacha qudratli davlat bo‘lib 
hukm suradi. So‘ngra davlat kuchsizlinishi natijasida eroniylar shohi 
Kayxusrav tomonidan butun Mesopotamiya bosib olingan va yangi Bobil 
1
Izoh: Akkadcha «babilon» – Bobili – Xudo ɞɚɪɜɨɡɚɫɢ. Podsholigi 300 yil 
(miloddan avvalgi 1894–1595-yillar) hukm surib, Ikkidaryo oralig‘ida chuqur iz 
qoldirgan.


 41
podsholigi tugatilgan. Bobil miloddan avvalgi VI–IV asrlarda 
eronliklarga, IV asrning 30-yillaridan boshlab yunon-makedoniyaliklarga, 
so‘ng salavkiylarga tobe bo‘lib qolgan. 
Jamiyatda har bir kishining aniq o‘rni belgilangan. Butun aholi 
avvalo erkin kishilar va qullar (vardum)ga bo‘lingan. Quldorchilik 
munosabatlari qonun (Ur-Nammu va Xammurapi qonunlari) bilan belgi-
langan. Qullar podsho qullari, ibodatxona qullari va xususiy egalikdagi 
toifalarga bo‘lingan. Erkin kishi va cho‘ri, qul va erkin ayol oila qurishi 
mumkin bo‘lib, tug‘ilgan bolalar erkin hisoblangan. Qarzdor uch yilgacha 
qulga aylantirilishi mumkin. 
Erkin aholi o‘z navbatida to‘la huquqli va to‘la huquqli bo‘lmagan 
fuqarolarga ajratilgan. To‘la huquqli fuqarolar (avilum – odam, er kishi) 
aholining asosiy ommasini va qo‘shinning asosiy qismini tashkil etgan. 
Ijtimoiy tuzumda harbiylar, «mushkenular (bo‘ysundirilganlar, akkad 
tilida «mayda kishilar»), saroy xizmatchilari (kohinlar), davlat manfaati 
uchun moliyaviy-savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi (tamkar)lar, 
hunarmand (mutaxassis)lar ham alohida toifalarni tashkil etgan. 
Mushkenular avilumga nisbatan quyi pog‘onada turgan. Manbalarda 
keltirilishicha, ular bosib olingan davlatlar aholisi bo‘lishi mumkin. 
Qadimgi Bobil podsholigi markazlashgan davlat bo‘lgan. Podsho 
qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatiga egalik qilgan. U xudoning 
noibi va xizmatchisi hisoblangan. Uning hokimiyati kuchli ruhoniylar va 
boy shaharlar tomonidan cheklangan. Uchta muqaddas shahar – Nippur, 
Sippar va Bobil imtiyozli yorliqlarga ega bo‘lishgan. Ularning 
fuqarolariga nisbatan podsho huquqlari chegaralangan. Biroq Xammurapi 
qonunlari podsho hokimiyatiga nisbatan cheklovlar ko‘zda tutilmagan. 
Davlat apparati podsho tomonidan boshqarilgan. Ular o‘zlariga 
ma’qul va qulay boshqaruv mexanizmini tashkil etganlar. Bunga esa 
barcha, hatto eng kichik ishlarga shaxsan e’tibor berish yo‘li bilan 
erishganlar. Barcha boshqaruv ishlari saroyda to‘planib, saroy boshqaruv 
tizimi amal qilgan. 
Bizgacha Xammurapining 60 ga yaqin buyruq-farmoyishlari yetib 
kelgan. Bu davrda savdogar-tamkarlar podsho ayg‘oqchilariga 
aylantirilgan. 
Davlatda podshodan keyin nubanda (vazir) turgan. U aholining 
majburiyati bilan bog‘liq deyarli barcha tashkiliy ishlar (qurilish, urush, 
dehqonchilik)ni yuritgan. 
Podsho huzurida yana bir boshqa hukmdor – isakku (noib), ya’ni 
ko‘p shaharlar hokimi paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, oliy va markaziy 


 42
mansabdor shaxslardan yana saroybon, bosh harbiy boshliq kabilar 
bo‘lgan. Saroy boshqaruvida xazinachi, saroy dasturxonchisi, mirzalar 
ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, ma’lum darajada ishtirok etadigan 
turli darajadagi kohinlar, agentlar, sudyalar, omborxona qo‘riqchilari, 
kuzatuvchi va boshqalar ham mavjud bo‘lgan. 
Davlat boshqaruvi organlari tizimida markaziy va mahalliy 
boshqaruv organlariga ajratilgan. 
Mamlakat hududi viloyatlarga bo‘lingan. Ilgari viloyat – shahar-
davlatlar tepasida patesilar turgan. Podsholar keyingi davrlarda ularning 
o‘rnida o‘zlariga bo‘ysunuvchi – shakkanaqu deb ataluvchi kohin-
noiblarni tayinlaganlar. Ular o‘z hududida soliq yig‘ish, tartibni saqlash 
va xalq lashkarini chaqirishga mas’ul bo‘lgan. Alohida shaharlar 
hokimlari – rabianumlar bo‘lishgan. Joylarda jamoaning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari saqlanib qolgan. Jamoa hududi kichik hududiy birlik 
– qishloqni tashkil etgan. Oqsoqollar joylarda ma’muriy, moliyaviy va 
sud hokimiyatini amalga oshirganlar. 
Xammurapi davriga qadar ibodatxona va jamoa sudlari sud tizimida 
asosiy o‘rin tutgan. Ularda ibodatxona kengashlari, jamoa majlislari yoki 
jamoa sudlari hay’atlari maydonga chiqqan. 
Sud tizimida oliy sudya (podsholik sudlari) ancha erta shakllangan. 
Keyinchalik u asosiy o‘rin egallaydi. Ular barcha katta shaharlarda joriy 
etilgan. Asosan podsho odamlari va mulkiga tegishli ishlarni ko‘rib hal 
etishgan. Podsho oliy sudya bo‘lib, hukm qilinganlarni afv etish huquqiga 
ega bo‘lgan. Umumiy nazoratni u olib borgan. Deyarli hamma yerda 
podsho noiblari jinoyatchilarni sudga chaqirish, qamoqqa olish va qidirish 
kabi ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan. 
Dastlabki davrlarda lashkarlar erkin jamoachi dehqonlardan iborat 
bo‘lgan. Ular urush vaqtlarida qurol-yarog‘i bilan kelishgan. Bu tartib 
keyingi davrlarda ham saqlangan. Jahon tarixida birinchi marta akkad 
podshosi Sargon (mil. avv. 2316–2261-y.) 5400 ta professional jangchi 
(redum, bairum)dan iborat doimiy armiya tuzgan. U ichki va tashqi 
xavfsizlikni saqlashga jalb etilgan. Qo‘shin bilan bog‘liq masalalar ham 
Xammurapi qonunlarilarida o‘z aksini topgan. Jangchining xizmati 
abadiy hisoblangan. Odatda, jangchidan keyin o‘g‘li uning o‘rniga 
xizmatga jalb etib kelingan. Harbiy boshliqlar (dekum va lubuttum) 
qo‘shindan o‘zboshimcha harakat qila olmagan. Qo‘shin kamonchilar, 
og‘ir qurollangan piyodalar, aravali jangchilardan tuzilgan. Harbiylar 
muntazam taqdirlangan, majburiyatlar va soliqlardan ozod etilgan. 
Professional jangchilar mirshablik vazifalarini ham bajarganlar. 


 43

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling