O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Qadimgi Misr huquqining asosiy belgilari. Barcha qadimgi davlat-
lardagi kabi Qadimgi Misrda ham huquqning dastlabki manbai odat bo‘lgan. Davlat tashkil topishi bilan yozma qonunchilik paydo bo‘lgan va rivojlangan. Qadimgi grek yozuvchisi Diador va Gerodotning xabar berishicha, ilk qonun birinchi podsho Menes tomonidan, ikkinchi qonun esa Sazixis tomonidan qabul qilingan. Miloddan avvalgi XIII asrga kelib 1 Qarang: ɆɭΣɚɦɟɞɨɜ . ɏɨɪɢɠɢɣ ɦɚɦɥɚɤɚɬɥɚɪ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ (Ԕɚɞɢɦɝɢ ɞɭɧɺ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ). – Ɍ., 1999. – Ȼ. 53–54. 37 yozma qonunchilik ancha taraqqiy etgan. Ayniqsa Ramzes II podsholigi davrida jamiyat va davlatni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab qonunlar chiqarilgan. Miloddan avvalgi VIII asrda Bokxorisning 8 ta kitobi (qirq noma)dan iborat katta kodeksi paydo bo‘lgan. Ular qarzdorni qarz uchun qulga aylantirishni taqiqlash, yerni sotish va garovga qo‘yish shartnomalarini tuzishni belgilagan. Natijada huquqni qo‘llash kohinlardan tashqari fuqarolar tomonidan ham amalga oshirilgan. Miloddan avvalgi VI asrda podsho Amasis mahalliy hokimiyat faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar chiqargan. Manbalarda keltirilishicha, «sud zali qonunlari», «vazirga yo‘riq- noma» kabi huquqiy hujjatlar ham mavjud bo‘lgan. Misrliklarning muqaddas kitobi «Murdalar kitobi» bo‘lgan. Huquq manbalari sirasiga odat huquqi, qonunlarni, oliy mansabdor shaxslar farmoyishlarini, podsho va jatining sud ishlari bo‘yicha chiqargan qarorlarini ham kiritish mumkin. Qadimgi Misr huquqida mulk huquqi, majburiyat huquqi, oila huquqi, meros va jinoyat huquqi nisbatan ajralib chiqqan sohalar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, sud jarayoni ham alohida o‘rganishga molik. Mulk huquqi predmeti sifatida yer va mehnat qurollari, harakatdagi ashyolar hisoblanadi. Butun yerlar rasman podsho mulki hisoblansa-da, yerga egalikning bir qancha huquqiy shakllari mavjud bo‘lgan. Podsho tomonidan hadya, mukofot yoki majburiyat asosida berilishi natijasida xususiy yerlar shakllangan. So‘nggi davrlarga kelib ibodatxona yerlari mustaqil boshqarilgan. Ibodatxona yerlarida foiz hisobiga ishlovchi dehqonlar yerlaridan davlat xazinasiga renta solig‘i olingan. Soliqni to‘lay olmagan dehqonlar dastlabki davrlarda yerdan haydab yuborilgan. Miloddan avvalgi XIV asrga kelib bu holat taqiqlanib, turli tan jazolari (qamchi bilan savalash) berilishi nazarda tutilgan. Majburiyatlar asosan shartnomalardan kelib chiqqan. Shartnomalar dastlab kohinlar va mansabdor shaxslar oldida og‘zaki qasam ichish orqali tuzilgan. Miloddan avvalgi VIII asrda, Bokxoris davrida shartnomalar diniy tartibdan xolos etilgan. Shartnomalarning haqiqiyligi uchtagacha dalolatnoma, ya’ni bitim tuzish orqali mustahkamlangan. Ularning obyekti yer, urug‘ va boshqa vositalar bo‘lgan. Shartnomalarning keng tarqalgan turlari oldi-sotdi, qarz, mulkni ijaraga berish, oddiy shirkat shartnomalari (birgalikdagi faoliyat 38 to‘g‘risidagi), yuk tashish va omonat saqlash shartnomalari hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Qadimgi Misrda asosiy o‘lchov qiymati, ayriboshlash vositasi dastlab don, so‘ngra oltin va keyinchalik Osiyo kumushi hisoblangan. Oilada ko‘pgina materiarxat qoldiqlari saqlanib qolgan. Masalan, aka-singil, opa-ukalar o‘rtasidagi nikoh keng tarqalgan. Onaning otasi va akasi katta hurmatga ega bo‘lgan. Ayollar juda yuqori mavqega ega bo‘lgan. Keyinchalik oilada erning huquqlari mustahkamlanib, xotin u bilan teng huquqli hisoblanmay qo‘yilgan. Ko‘p xotinlilikka ruxsat berilgan. Nikoh shartnoma asosida tuzilgan. Nikoh va ajralish bilan bog‘liq xarajatlar erning hisobidan qoplangan. Er oilasining butun mulkini xotinga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma vazir tomonidan tasdiqlanishi shart bo‘lgan. Ajralish xotinning xohishi bilan bo‘lsa, u erdan ma’lum miqdorda mablag‘ olgan. Farzandlar ota mulkiga meros huquqiga ega bo‘lib, ular o‘rtasida teng taqsimlangan. Agar er-xotin ajralishsa, erning mulki farzandlar o‘rtasida taqsimlanishi uchun katta o‘g‘liga o‘tgan. Katta o‘g‘il imtiyozga ega bo‘lgan. Misr huquqida vasiyat ham amal qilgan. Meros vasiyat asosida alohida shaxslarga ham qoldirilishi mumkin bo‘lgan. Vasiyat asosida merosxo‘rlar zimmasiga qurbonliklar qilish yuklatilishi mumkin bo‘lgan. Misr huquqida jinoyat deb tan olinadigan xatti-harakatlarning ancha keng doirasi ma’lum. Ularni ijtimoiy tuzumga, davlatga, diniy qoidalarni buzishga va shaxsga qarshi jinoyatlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy tuzum, davlat, din va shaxs hayotiga qarshi jinoyatlarga eng og‘ir jazolar tayinlangan. Davlatga qarshi jinoyatlarga aybdor butun oilasi bilan javobgar bo‘lgan. Bu jinoyatlar quyidagilar hisoblangan: davlatga xiyonat qilish, qo‘zg‘olon ko‘tarish, fitna uyushtirish. Diniy qoidalarga qarshi jinoyatlar afsungarlik, qo‘shiq yaratish, muqaddas hisoblangan hayvonlarni o‘ldirish kabilar bo‘lgan. Jazolar tizimi juda og‘irligi bilan ajralib turadi. Jazoning asosiy maqsadi qo‘rqitish bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, davlat tashkil topishi bilan qonli o‘ch olish odati, xun olishlar bekor bo‘lgan. Jazolar tizimida o‘lim va tan jazosi eng ko‘p tarqalgan. Shuningdek, qamchi bilan urish, surgun qilish, majburiy ishlarga jo‘natish, turmada saqlash, jarima va obro‘sizlantirish jazolari ham qo‘llanilgan. Odatda, 39 jinoyatni sodir etishdagi asosiy tana a’zosi kesib tashlangan. Masalan, davlat sirini oshkor etganning tili kesilgan. Mansabdor shaxslarni o‘zini o‘zi o‘ldirishga ruxsat berilgan. Ibodatxona mulki o‘g‘irlansa tan jazosi bilan birga zararni 100 baravargacha qoplash shart bo‘lgan. Shuningdek, aybdor qulga, erkin kishilar qaram ishchiga aylantirilishi mumkin bo‘lgan. Quyida ayrim jinoyat turlari va ularga nisbatan qo‘llanilgan jazolar haqida misol keltirib o‘tamiz. Qabrni buzib o‘g‘irlik sodir etsa, aybdorning quloqlari va burni kesilgan hamda qoziqqa o‘tqizilgan. Eriga xiyonat etish og‘ir jinoyat hisoblanib, xiyonatkor xotinning burni kesilib, sherigiga kastratsiya jazosi berilgan. Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish bir xil bo‘lgan. Ishlar jabrlanuvchining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Prokurorlik vazifasi jabrlanuvining o‘ziga berilgan bo‘lib, jazo turi va miqdorini ko‘rsatib bergan. Ko‘rsatmalar qasam ichish yo‘li bilan mustahkamlangan. Sudya kimning foydasiga ishni hal qilsa, indamay turib haqiqat timsoli – xudo Maatning tasvirini uning labiga tekkizgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling