O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

 RIM DAVLATI VA HUQUQI 
1-§. Qadimgi Misr va Bobilning davlati va huquqi 
Taxminan miloddan avvalgi VIII–III minginchi yillarda, ya’ni neolit 
inqilobi davriga kelib jamiyatda o‘zlashtiriluvchi xo‘jalik (termachilik, 
ovchilik, baliqchilik)dan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tilishi bilan 
jamoa-urug‘chilik tashkilotlari tashkil topadi. 
Davlat va huquq tarixidan oldingi davrning muhim bosqichi – bu 
jamoa tepasida turuvchi murakkab tuzilmalarning va ularga mos bo‘lgan 
ijtimoiy-me’yoriy tartibga solish mexanizmlarining tashkil topishi bilan 
bir qatorda, o‘z mazmuniga ko‘ra davlatdan oldingi jamiyatni 
boshqarishning tamomila yangi asoslarining shakllanishi bo‘lgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimotining muhim turlari bilan bir qatorda bosh-
qaruvchilik faoliyatining ham ajralib chiqishi va sekin-asta ixtisoslashib – 
doimiy kasbga aylanib borishi sodir bo‘lgan. Jamiyat a’zolarining 
boshqaruvchi va boshqariluvchi guruhlarga bo‘linishi davlatning tashkil 
topishidagi oxirgi bosqich hisoblanadi. 
Dastlabki davlat tashkilotlari shahar-davlatlar nomini olgan. Bunday 
davlatlar Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV–III ming yilliklardayoq 
tashkil topgan edi. 
Antik dunyoda esa sivilizatsiya va davlatchilikka o‘tish birmuncha 
keyinroq sodir bo‘lgan. Yevropaning ko‘pgina xalqlarida ibtidoiy jamoa 
tuzumining yemirilishi va davlatning tashkil topish jarayoni o‘rta asrlarda 
nihoyasiga yetgan. Afrika, Polineziya va yer yuzining boshqa ba’zi 
joylarida to XIX–XX asrlargacha davlatdan oldingi oila-urug‘ 
munosabatlari mavjud bo‘lgan va bu yerlarda davlatning tashkil topishi 
tabiiy rivojlanish natijasida emas, balki Yevropa mamlakatlari 
mustamlakachiligi oqibatida yuz bergan. 
Ilk davlat va huquqning vujudga kelishidan oldin «Qadimgi Sharq» 
tushunchasiga to‘xtalib o‘tish lozim. Qadimgi zamonda yunon-rimliklar 
dunyosidan sharqda va janubi-sharqda joylashgan mamlakatlarning 
jamini «qadimgi sharq»
1
deb ataymiz. Sharq haqida gapirar ekanmiz, 
1
Izoh: «Qadimgi Sharq» tushunchasi fanda janubiy-g‘arbiy, janubiy va sharqiy 
Osiyo, shuningdek, shimoliy va shimoliy-sharqiy Afrika mamlakatlari yig‘indisini 
anglatish uchun an’anaviy tarzda ishlatiladi.


 32
Yevropa bilan bog‘liq bo‘lgan janubiy Osiyo hamda qisman Shimoliy 
Afrika mamlakatlari va xalqlarini, shuningdek Hindiston va Xitoyni 
nazarda tutamiz. Kishilik jamiyati rivojlanishidagi eng muhim ijtimoiy va 
siyosiy institutlar, davlat, huquq, jahon dini ilk bor Sharqda vujudga 
kelgan. Eng qadimgi yozuv tizimlari ham dastlab sharqda paydo bo‘lgan. 
Sharqdagi asosiy mamlakatlar (ikki daryo oralig‘i, Misr, Hindiston, 
Xitoy), keyinchalik esa boshqa mamlakatlar ham o‘zlarining geografik 
qulay joyda joylashganliklaridan juda barvaqt foydalana boshlaganlar. 
Ularning barvaqt rivojlanishi qulay muhitda joylashganligi bilan 
bog‘liqdir. Tabiiy sharoitlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar 
taraqqiyotini tezlashtirgan. Yunon-rim dunyosi esa sharq xalqlari 
yutuqlaridan foydalanib ilgarilab ketadi. 
Sharq va G‘arbning taraqqiyot yo‘li bir-biridan farq qiladi. Sharqda 
xususiy mulkchilik munosabatlari, bozorga asoslangan xususiy tovar 
ishlab chiqarish munosabatlari muhim o‘rin egallagan. G‘arbda esa 
xususiy mulkchilik hukmronlik qilgan. 
Qadimgi Sharq va antik dunyo davlatlarining o‘ziga xos xususiyatlari 
ularning mohiyatini to‘g‘ri va to‘liq anglashga yordam beradi. 
Sharq davlatlarining kelib chiqishi va rivojlanishidagi o‘ziga xos 
jihatlar ularning ijtimoiy, siyosiy tuzumi va huquq tizimida namoyon 
bo‘ladi. Ular quyidagilardan iborat: 
– shahar-davlatlar faqat mehnat taqsimotining kuchayishi, qullar va 
quldorlar sinfining shakllanishi natijasida emas, balki murakkab 
boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslarning shakllanishi natijasida 
tashkil topgan; 
– sharq davlatlarida hududni dehqonchilikka moslashtirish borasida 
jamoa mulkchiligi saqlanib qolgan. Yerlarning asosiy egasi davlat 
hisoblangan. Natijada, ilohiylashtirilgan podsho ta’sirida podsho-cherkov 
xo‘jaligi tashkil topgan; 
– quldorchilik yengil darajada bo‘lib, qullar xo‘jayinidan tashqari 
davlat tomonidan nazorat etilgan va himoyalangan (masalan, Misrda 
qullar jinoyati uchun davlat organlari tomonidan jazolangan, xo‘jayi-
nining shafqatsizligi uchun shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lishgan, 
Hindistonda qullarning toifasi inobatga olingan); 
– mamlakatlardagi ijtimoiy tuzum tabaqalarga ajralgan. Biroq aniq 
ijtimoiy-sinfiy chegaralar bo‘lmagan; 
– sharq jamiyatlarining an’anaviyligi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-
siyosiy tuzumi va huquqiy tizimi vorislik tariqasida o‘tib kelganligi; 


 33
– sharq davlatlari o‘zining davlat tuzumi bilan ham antik dunyo 
davlatlaridan farq qilgan. Davlat boshlig‘i – ham davlat, ham din 
boshlig‘i sifatida qaralgan. Barcha mansablar tayinlash yoki meros 
tariqasida o‘tgan bo‘lsa, antik dunyo davlatlarida ko‘pgina organlar 
saylov asosida shakllantirilgan; 
– sharq mamlakatlari o‘zining huquq tizimi bo‘yicha ham antik 
dunyo davlatlaridan farq qiladi. Avvalo, sharq mamlakatlari huquqi bu – 
dastlabki huquq tizimlaridir. Ularda ibtidoiy jamoa tuzumining qoldiqlari 
saqlangan. Jumladan, jazo tizimida jamoaviy javobgarlik, jazo 
tayinlashda «talioniya» – «ko‘zga-ko‘z», «tishga-tish» tamoyili va sud 
yuritish ishlarida «ordaliya» sinab ko‘rish mavjud bo‘lgan. Bundan 
tashqari, huquq tarmoqlarga bo‘linmagan. Antik davlatlarda esa aksincha, 
aynan Rim huquqi sohalarga ajratilib mukammal ishlab chiqilgan va 
ko‘plab davlatlarning huquqiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, qadimgi Misrda ilk davlat Nil daryosini jilovlash va 
yangi yerlarni o‘zlashtirish, kanal va suv inshoatlarini qurishni 
boshqarish, dehqonchilik va chorvachilik ishini yo‘lga qo‘yish, urug‘ va 
qabilalararo ishlarni tartibga solish, jamoani, mamlakatni qo‘shni 
qabilalar hujumidan himoya qilish zaruriyati natijasida asta-sekinlik bilan 
vujudga kelgan. 
Dunyoda birinchi sinfiy jamiyat va davlat Misrda tashkil topgan. 
Misrda davlat Afrikaning shimoli-sharqida vujudga kelgan. Nil 
daryosining boshlaridan to O‘rta dengizgacha bo‘lgan vodiy davlatning 
asosiy qismini tashkil qilgan. Sharq tomondan arab qirlari (Nil daryosi va 
Qizil dengiz o‘rtasidagi) va g‘arbdagi Liviya yassi tog‘liklarining bir 
qismi ham uning tarkibiga kirgan. 
Aholisi qadimgi misrliklar va boshqa o‘lkalardan ko‘chib kelgan 
xalqlardan iborat bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi V va IV ming yilliklarda dehqonchilik va 
hunarmandchilik sohasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiy etgan. 
Natijada ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, davlatning tashkil topishi uchun 
zarur shart-sharoitlar vujudga kelgan. Urug‘doshlik aloqalari o‘rnida 
qishloq (qo‘shnichilik) jamoasi tarkib topgan. Xususiy mulkchilik 
rivojlanib borgan. Oqibatda, jamiyatda mulkiy tabaqalanish vujudga 
kelgan. 
Ijtimoiy munosabatlardagi mazkur siljishlar muqarrar ravishda 
qabilachilik tuzumidan davlat tuzumiga o‘tishga olib kelgan. Dastlab bir 
necha davlatchalar tashkil topgan. Ularni mahalliy xalq «sepat», 
yunonliklar esa «nom» deb ataganlar. Ular manbalarda viloyatlarga 


 34
tenglashtiriladi. Nomlar qishloq jamoalarining birgalikda ish yuritish 
uchun birlashishi natijasida vujudga kelgan. Ma’lumotlarga qaraganda, 
miloddan avvalgi IV ming yillik boshlarida Misrda 42 ta kichik davlatlar 
bo‘lgan. Har bir nomning o‘z hokimi bo‘lib, u yunon tilida «nomarx» 
deyilgan. Nomarx dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa sug‘orish ishlarini, 
shuningdek harbiy va diniy ishlarni boshqargan. 
Umumiy manfaatlar uyg‘unligi Misr miqyosida umumlashtirish 
zarurati mayda davlatlarning birlashishiga yordam bergan. Tabiiyki, bu 
birlashish boshchilik qilishga qaratilgan urushlar jarayonida yuzaga 
kelgan. 
Dastlab ikkita katta davlat, janubda Yuqori Misr, shimolda Quyi Misr 
tashkil topgan. Har birining o‘z podshosi bo‘lgan. Miloddan avvalgi 
taxminan 3000-yilda Yuqori Misr podshosi Menes (Mina) Quyi Misrni 
o‘ziga bo‘ysundirgan. Poytaxti Abidos (qisqa muddatdan so‘ng Memfis 
shahri, keyinchalik Fiva) bo‘lgan yagona Misr podsholigiga asos 
solingan. 
Fanda Qadimgi Misr davlati tarixini quyidagi beshta yirik davrga 
bo‘lish qabul qilingan: 
– ilk podsholik davri (miloddan avvalgi 3100–2800-y.); 
– Qadimgi (Qo‘hna) podsholik davri (miloddan avvalgi 2800–
2250-y.); 
– O‘rta podsholik davri (miloddan avvalgi 2250–1750-y.); 
– Yangi podsholik davri (miloddan avvalgi 1584–1071-y.); 
– So‘nggi podsholik davri (miloddan avvalgi XI–VI asrlar). 
Ilk podsholik davrida qadimiy qabilaviy ittifoq shaklidagi davlat 
bo‘lgan. Qadimgi podsholik davrida markazlashgan kuchli davlat tashkil 
topgan. Qadimgi, o‘rta va yangi podsholiklari oralig‘idagi davrlar 
Misrning xo‘jalik va siyosiy inqiroz davri bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi XXIII asrdan XXI asrgacha Misr bir nechta 
mustaqil davlatlarga ajralgan. Nomlar vorislik qiluvchi yirik zodagonlar 
qo‘lidagi yarim qaram viloyatlarga aylangan. Bu esa mutlaq hokimiyatni 
chegaralagan. 
Miloddan avvalgi XVIII asrda ozod dehqonlar va qullar tomonidan 
juda katta norozilik qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tadi. Natijada Misr giksoslar 
(Osiyoning ko‘chmanchi qabilalari) tomonidan osonlik bilan bosib 
olinadi. Ularning hukmronligi 100 yil davom etadi. So‘ngra Misr o‘z 
mustaqilligini, giksoslar ta’siridagi hududlarni ham qo‘lga kiritadi. 
Natijada yangi podsholik davrida birinchi jahon imperiyasiga 
aylangan. So‘nggi podsholik (Liviya-Sais) davriga kelib inqirozga yuz 


 35
tutgan. Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda (miloddan avvalgi 663-
yilgacha) Efmopiya va osur podsholarining hukmronligi o‘rnatiladi. 
Miloddan avvalgi 525-yilda Ahamoniylar Eron tomonidan bosib olingan. 
Miloddan avvalgi 332-yildan yunon mustamlakasiga aylangan. Iskandar 
vafotidan so‘ng bu yerda yunon-makedoniyaliklar sulolasi qaror topib, 
Misr ellinizm davriga qadam qo‘ygan. Miloddan avvalgi I asrda Misr Rim 
imperiyasi ta’siriga tushib qolgan. 
Jamiyatning ijtimoiy pog‘onalari podsho hokimiyatining tayanchi 
bo‘lgan kohinlar, zamindor va harbiy zodagonlar, shaharliklar jamoalari, 
mayda mulkdorlar («najis» – misr tilida «kichkina» ma’nosini anglatadi), 
erkin kishilar (meret), podsho xizmatchisi deb ataluvchi yarim erkin 
kishilar, hunarmandlar, savdogarlar, podsho qullari («xemu-nesut» – 
podsho qullari) va qullardan iborat bo‘lgan. Cherkov xo‘jaligi ommani 
fir’avnlarga itoatda bo‘lishga undashligi sababli soliq va ishlab berish 
majburiyatlaridan ozod etilgan. Quldorchilik munosabatlari asrlar 
davomida kuchaya borgan. Shunday bo‘lsa-da, qullar o‘z oilasi va 
mulkiga egalik qilishi, xo‘jayini ustidan ibodatxonaga shikoyat qilishi 
mumkin bo‘lgan. 
Davlatning hokimiyati tepasida podsho turgan. Qadimgi podsholik 
davriga kelib oliy hokimiyat meros tariqasida o‘tgan. Hokimiyat haqidagi 
diniy ta’limotga ko‘ra, yangi fir’avn-xudoni yaratish uchun fir’avnlarning 
ilohiyligi yetarli hisoblanmagan. Ilohiylik darajasiga ko‘pincha nomarxlar 
va kohinlar ham fir’avn mansabini egallashi mumkin bo‘lgan.
Podsho shaxsi ilohiylashtirilgan. Natijada podsho so‘zi o‘rnida 
majoziy ma’noda «fir’avn – ulug‘ uy» iborasi ishlatilgan. Oddiy fuqaro 
podsho oldida hukmdorning oyog‘i ostidagi tuproqni o‘pishga, nufuzli 
shaxslar esa oyog‘ini yopishga haqli bo‘lgan. Fir’avn qonun chiqarish, 
ijro etish va sud hokimiyatiga egalik qilgan. Barcha davlat ishlari uning 
buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. U o‘z qo‘riqchilariga ega bo‘lgan. Misr 
tarixida taxminan XXVI sulola hukmronlik qilgan. 
Uning hokimiyati hukmron tabaqalar, ya’ni yirik zodagonlar, 
harbiylar va kohinlar tomonidan nazorat etilgan. Shuningdek, diniy va 
axloqiy me’yorlar bilan ham ushlab turilgan. 
Saroyda ko‘p sonli amaldorlar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat 
boshqaruvida podshodan keyingi birinchi o‘rinda turuvchi oliy mansabdor 
shaxs «vazir – jati» hisoblangan. Dastlab u poytaxt kohini, saroy 
boshqaruvi va devonxona boshlig‘i vazifasini bajargan. Uning vakolatlari 
asta-sekin kengaya borgan. Xususan, yer-suv ta’minotini, davlat idoralari, 
qo‘shin va sud organlarining boshqaruvi va nazoratini amalga oshirgan.


 36
Yuqori mansabdor shaxslar, harbiy boshliqlar, xazinani saqlovchilar, 
ish boshqaruvchilar, oliy kohinlar, odatda, podsho xonadonidan 
bo‘lishgan
1
.
Qadimgi podsholik davriga kelib harbiy, ijtimoiy ishlar, moliya-soliq 
va sud idoralari shakllangan. Yangi podsholik davrida markaziy 
boshqaruvda «Bosh xazinachi», «Butun podsholik ishlari boshlig‘i» 
lavozimlari joriy etilgan. Ko‘p sonli mirzalar buyruqlarni yozish bilan 
shug‘ullanib, xazina hisobini, dehqonlar va hunarmandlar ustidan 
nazoratni yuritgan. 
Keyingi davrlarda bosqinchilik siyosati natijasida davlat boshqaruvi 
harbiy xususiyat kasb eta boshlagan. Xo‘jalik boshqaruvida harbiy 
boshliqlarning roli kuchaygan. 
Oliy sud instansiyasi «Oltita buyuk uylar» deb atalib, poytaxtda 
joylashgan. Oliy sud hokimiyati fir’avnga tegishli bo‘lgan. U davlatga 
qarshi jinoyatlar bo‘yicha maxsus sudyalarni tayinlagan. Qadimgi jamoa 
sudlarining o‘rnini podsho sudi vakillari egallagan. 
Joylarda hokimiyat nomarxlar tomonidan an’anaviy tarzda 
boshqarilgan. Ular viloyatning xo‘jalik boshqaruviga oid buyruqlar 
chiqargan va umumiy kuzatuvni olib borgan. Nomarxlarning atrofida 
cherkov kohinlari, turli darajadagi amaldorlar faoliyat yuritgan. Ko‘p 
joylarda ularning hokimiyati meros tariqasida otadan o‘g‘ilga o‘tgan. 
Yangi podsholik davrida Yuqori va Quyi Misr fir’avn tayinlaydigan 
alohida noiblar tomonidan boshqarilgan. Bu mamlakatni yanada 
markazlashtirgan. Shahar va qal’alar fir’avn tomonidan tayinlanadigan 
boshliqlar tomonidan idora qilingan. Dehqonlar jamoalari oqsoqol – kserp 
tomonidan idora etilgan. 
Dastlabki davrlarda doimiy qo‘shin shakllana boshlagan. Keyingi 
davrlarga kelib maxsus va yollanma dehqonlar qo‘shinidan tashkil 
topgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling