O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Toxariston davlati tuzilishi va uni boshqarish shakli va ushbu 
davlatning markaziy va mahalliy organlari haqidagi ma’lumotlar bizgacha 
to‘lig‘icha yetib kelmaganligi sababli Azamat Ziyoning bu haqdagi fikr- 
mulohazalari bilan cheklanishimizga to‘g‘ri keladi. U shunday deb 
yozadi: «Toxariston boshqaruvi masalasiga kelsak, shimoldan kirib 
kelgan toharlar (yuechjilar) hamda mahalliy mavqedor doiralar faoliyati 
beshta siyosiy xonadon nomi bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tmoq 
kerak». Xitoylik mualliflarning fikricha, ular quyidagilardan iborat 


 19
bo‘lgan: «Xyumi, Shuanmi, Guyshuan (Kushon), Xeytun, Gaofu. 
Ularning har biri ustidan turuvchi sardor yabg‘u (jabg‘u) unvoniga ega 
bo‘lib, har bir yabg‘u o‘z qarorgohida o‘tirgan. Masalan, Hyumi sardori 
(hokimi) Homo shahrida, Shuanmi hokimi Shuanmida, Guyshuan hokimi 
Xotzoda, Xeytun hokimi Gaofuda turgan. Aftidan, biron-bir xonadon 
ikkinchisining ustidan hukmronlik qilish imkoniga ega bo‘lmagan. Chjan 
Syanning «Daxya (Baqtriya) aslida oliy hukmdorga ega emas, har bir 
shaharning o‘z hokimi bor» qabilidagi guvohliklari shu xulosaga olib 
keladi. Fikrimizcha, Xitoy manabalarida tilga olingan «har bir shahar» 
mavjud besh siyosiy sulola boshliqlarining qarorgohlarini anglatishi 
kerak. Shu bilan birga, bu besh mulk (sulola) yuechjilarga qaram, 
yuechjilarning poytaxti esa Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan 
kabi ta’kidlarni ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, yuechjilar 
(toxarlar) keyingi davrdagi eftaliylar, chingiziylarga o‘xshab o‘lkani 
chetdan turib boshqarganlar. Buni tasdiqlovchi ma’lumotlarni xitoy 
manbalarida ham uchratish mumkin. Jumladan, katta yuechji aslida 
ko‘chmanchi davlat. Aholi mol-holi bilan bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chib yuradi, urf-odatlari xunlarnikiga o‘xshash bo‘lganligi haqida 
ma’lumotlar keltiriladi. 
Xitoy manbalarida Parkana davlati haqida bir qator qiziq 
ma’lumotlar uchraydi. Miloddan avvalgi II asrning 20-yillarida Farg‘ona, 
So‘g‘diyona, Baqtriyada safarda bo‘lgan xitoylik elchi Chjan Syanning 
guvohlik berishicha, Farg‘onaning aholisi bir necha yuz ming kishidan 
iborat bo‘lib, harbiy qo‘shini soni 60 mingdan iborat bo‘lgan. Farg‘ona 
boshqaruv tizimida hukmdor, uning ikki yordamchisi (vaziri) va 
oqsoqollar kengashi faoliyat ko‘rsatganligi xitoy manbalaridan ma’lum. 
Yordamchilar asosan oliy hukmdorning qarindoshlari orasidan 
tayinlangan bo‘lishi kerak. Ammo, oqsoqollar kengashi mamlakat 
ijtimoiy, siyosiy va tashqi munosabatlarida faol ishtirok etish bilan bir 
qatorda oliy hukmdor faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashish 
qudratiga ham ega bo‘lgan. Urush ochish, sulh tuzish, yangi hukmdorni 
tayinlash, uni taxtdan mahrum etish kabi tadbirlarda oqsoqollar kengashi 
yetakchi o‘rin tutganligini ko‘rsatuvchi guvohliklar talaygina. Masalan, 
xitoyliklarning Farg‘onaga tajovuzlari chog‘ida oqsoqollar kengashi 
o‘zaro sulh tuzish tarafdori bo‘lib chiqadi va bunga erishadi ham. YO 
bo‘lmasa, xitoyliklar bosqini bilan bog‘liq voqealar sababchisi deb 
topilgan Mug‘uy oqsoqollar kengashi hukmi bilan qatl qilingan. 
Miloddan avvalgi 263-yilda Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun 
olib borilgan urushlar tufayli hozirgi Turkmaniston respublikasi hududida 


 20

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling