O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Davlat va huquq tarixi fanining ijtimoiy va


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

2-§. Davlat va huquq tarixi fanining ijtimoiy va 
 yuridik fanlar bilan aloqadorligi 
Davlat va huquq tarixi fanida davlat va huquq tuzilmalari yaxlit holda 
o‘rganiladi. Davlat va huquq tarixi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va o‘zaro 
aloqadordir. Shu nuqtai nazardan davlat va huquq tarixi fani yuridik 
fanlarning muhim poydevori bo‘lib hisoblanadi.
Davlat va huquq tarixi keng tarixiy va daliliy materiallarga asoslanib, 
bu materiallarni umumlashtirib va sintez qilib, muayyan hududda davlat 
va huquqning vujudga kelishini, ularning mohiyati, mazmuni va 
shakllarini, davlat va huquqning turli rivojlanish bosqichidagi o‘ziga xos 
tomonlarini; huquqiy manbalarning paydo bo‘lishi, tuzilishi, amal qilishi, 
qo‘llanilishi, ularda mustahkamlangan huquq sohalari va institutlarining 
mohiyati va shu singari xususiyatlarni ochib beradi. 
Davlat va huquq tarixi fani o‘rganadigan masalalar yuridik fanlar 
tizimida markaziy o‘rinni egallaydi. Yuqorida keltirilgan holatlar davlat 
va huquq nazariyasi fani uchun ham taalluqlidir. Shu jihatdan davlat va 
huquq tarixi fani davlat va huquq nazariyasi fani bilan chambarchas 
bog‘liq. Ma’lumki, davlat va huquq nazariyasi ham davlat va huquqning 
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Lekin davlat va huquq nazariyasi 
mantiqiy uslub yordamida tarixiy jarayonni abstrakt shaklda, har qanday 
tasodiflardan holi tarzda aks ettiradi. U o‘zining umumiy huquqiy 
tushunchalari va kategoriyalari tizimini ishlab chiqadi. Bunday ilmiy 
kategoriya va tushunchalardan boshqa yuridik fanlar qatori davlat va 
huquq tarixi fani ham keng foydalanadi. 
Davlat va huquq tarixi davlat va huquq nazariyasidan farqli ravishda, 
davlat-huquqiy institutlar va hodisalarni xronologik izchillikda ma’lum 
tarixiy muhitda rivojlanishining muhim jarayonlarni o‘rganadi. Davlat-
huquqiy jarayonlarni makon va zamonda belgilangan tarzda tekshiradi va 
muayyan tarixiy qonuniyatlarni aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi 
tarixiy-huquqiy izlanishlarning ilmiy natijalariga tayanib, davlat va 
huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va harakat qilishining eng 
umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va izohlaydi.


 10
Davlat va huquq tarixi fani xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi 
tarixi fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Ularning har ikkisi ham 
tarixiy-huquqiy fan oldida turgan vazifalarni birgalikda hal etadi, lekin 
o‘rganadigan masalalari doirasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Davlat va 
huquq tarixi o‘z predmeti doirasida xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi 
tarixini ham o‘rganadi.
Davlat va huquq tarixi, shuningdek, umumiy tarix, falsafa, iqtisod 
nazariyasi, mantiq kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqin aloqadorlikda ish 
ko‘radi.
Falsafa insonlarni tabiat va jamiyatga qarashlar tizimi bilan 
qurollantiradi. U tabiat, jamiyat va tafakkurdagi hodisa va jarayonlar 
rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi. Bu fan ularning 
rivojlanishidagi eng umumiy qonuniyatlarni tushuntiradi. Falsafaning 
ijtimoiy ongning materiyaga va borliqqa munosabati, bazis va 
ustqurmaning bir-biriga munosabati, ustqurmaning faol, ko‘makchilik roli 
to‘g‘risidagi va boshqa xulosalari davlat va huquq tarixiga bevosita 
taalluqlidir. Falsafa davlat va huquqni umumiy tarzda, ijtimoiy kategoriya 
sifatida ko‘rib chiqadi. 
Davlat va huquq tarixi fani, o‘z navbatida, jamiyat iqtisodiy qonun-
larining amal qilishini hamda moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi iqtisod nazariyasi bilan ham yaqindan 
aloqadordir. Moddiy hayot sharoitlari davlat va huquqni rivojlantirishda 
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatning moddiy 
negizini o‘rgansa, davlat va huquq tarixi fani iqtisodiy bazisdan kelib 
chiqadigan davlat va huquqni o‘rganadi. 
Davlat va huquq tarixi mantiq fani bilan ham chambarchas bog‘liq. 
Chunki, davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanishi, ularning bir 
shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi singari qonuniyatlar mantiq qoidalariga 
bo‘ysunadi. 
Shu o‘rinda davlat va huquq tarixi fanining arxeologiya va semantika 
fanlari bilan bo‘lgan aloqasini ham alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat 
va huquq tarixi mazkur fanlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar, 
arxeologik tadqiqotlar natijasida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va 
ularni tarixiy-huquqiy jihatdan tahlil qiladi.
O‘zbek milliy davlatchiligini barpo etish va mustahkamlash, huquqiy 
demokratik, insonparvar jamiyat barpo etish, xalqning o‘zini o‘zi 
boshqarishga o‘tish milliy davlatchilik va huquq tarixini o‘rganish bilan 
chambarchas bog‘liq. 


 11
Ijtimoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas aloqador bo‘lgan davlat 
va huquq tarixi fani Butun dunyo mamlakatlari davlati va huquqi tarixi, 
jumladan O‘zbekistonda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib kelgan 
davlatlarning tashkil topishi va taraqqiy etishi, ijtimoiy-siyosiy 
tuzumining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqaruv tizimlari va an’analari, 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalari, huquq tizimi 
va manbalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Davlat va huquq tarixi fani o‘tmishda jahonda, shuningdek 
O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan davlat tuzilmalari va huquqiy 
institutlar haqida zaruriy bilimlarni hosil etish orqali huquqiy tafakkur va 
huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda yuksaltirishga bevosita xizmat 
qiladi. 


 12
II BOB. O‘ZBEKISTON HUDUDIDA QADIMGI DAVLATLARNING 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling