O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Izoh: Ikki davlat o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv Gellespont qirg‘og‘ida bo‘lib 
o‘tadi.
2
Izoh: Miloddan avvalgi 329-yilda Xorazm podshosi Farazman (Xvorazman) 
1500 otliq askari bilan Aleksandr Maqduniy huzuriga kelib, Samarqandda u bilan 
do‘stlik ittifoqini tuzadi.


 17
Marg‘iyona va Parkana (Farg‘ona) kirgan. Keyinchalik uning tarkibidan 
parfiyaliklar ajralib chiqib, Parfyanlar podsholigini tashkil qilgan. 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ma’lum bir iz qoldirgan 
davlatlardan biri Qang‘ davlatidir. So‘nggi ma’lumotlarning guvohlik 
berishicha, ushbu davlat miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo 
bo‘lgan. Bu jarayonda yunon-maqduniyaliklar hukmronligiga qarshi olib 
borilgan kurashlar va ichki nizolar alohida rol o‘ynagan. Qang‘ 
davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent 
vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l hududlari)dan iborat edi. 
Miloddan avvalgi II asrning boshlariga kelib, Qang‘ davlatining yerlari 
birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoliy 
sharqda Usun daryosi, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha borgan. Bu 
katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu 
daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olgan. Miloddan avvalgi 
II–I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni 
hamda Xorazmni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. 
Qang‘ davlati boshlig‘i xoqon bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida 
to‘plangan. Xoqon huzurida oqsoqollar kengashi bo‘lib, u maslahat 
organi vazifasini o‘tagan. Qang‘ davlatining butun hududi beshta mulkka 
(Susey, Fumu, Yunis, Giye, Yuyegyan)ga bo‘lingan bo‘lib, ular noiblar 
tomonidan boshqarilgan. Mulklar o‘z navbatida viloyatlarga bo‘lingan. 
Ular jabg‘u (jobu, yobu)lar tomonidan boshqarilgan. Ijtimoiy-siyosiy 
tuzumda ko‘chmanchi zodagonlarning mavqei yuqori bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Grek-Baqtriya 
podsholigi tashkil topgan. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, 
Marg‘iyona, Parkana (Farg‘ona) kirgan. Grek-Baqtriya davridagi 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqida manbalarda batafsil ma’lumotlar saqlanib 
qolmagan. Jumladan, jamiyatda quldorlar, erkin jamoatchi dehqonlar, 
qaram kishilarning turli tabaqalari hamda qullar bo‘lganligi, shaharlar 
sonining o‘sib borganligi, siyosiy va iqtisodiy markazlar kengayib, 
hunarmandchilik rivojlanganligi haqida ma’lumotlargina mavjud. 
Grek-Baqtriya podsholigining davlat apparati unchalik katta, 
murakkab va markazlashgan emas edi. Butun hokimiyat podsho qo‘lida 
to‘plangan bo‘lib, ko‘pchilik hollarda uning o‘g‘li ham podsho hisob-
langan. Butun mamlakat satrapliklarga bo‘lingan edi.
«Milinda-Panxa» (II asr) asarida ko‘rsatilishicha Grek-Baqtriya 
davlatining Hindiston qismida yuqori harbiy boshliq, birinchi vazir, bosh 
sudya, xazina boshlig‘i, tantanali soyabon va qilichni ko‘tarib yuruvchilar 
haqida ma’lumot bor. Mazkur asarda «qishloq hokimi»ning vakolatlari 


 18
haqida ma’siy va iqtisodiy markazlarning kengayishi, hunarmand-
chilikning jadal rivojlanganligi, qishloq hokimi qishloq ahlini jarchilar 
orqali o‘z huzuriga chaqirib turishi va uning chaqirig‘iga xonadon egasi 
yoki oila boshlig‘i yetib kelishi shartligi, cho‘rilar, qullar, xizmatkorlar, 
dehqonlar kelmasligi haqida ma’lumotlar bor. 
Parfyanlar podsholigining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi va 
rivojlanishida Arshakiylar sulolasi vakillari hal qiluvchi rol o‘ynagan. 
Ushbu podsholikda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, davlat boshlig‘i albatta 
arshakiylar xonadonidan bo‘lishi shart hisoblangan. Shu bilan birga davlat 
boshqaruvida ikki kengash: qabila zodagonlari va kohinlar kengash-
larining o‘rni katta bo‘lgan. Chunonchi, yangi hukmdor xuddi shu ikki 
kengash ishtirokida saylangan. Albatta, bunda marhum hukmdorning 
vasiyati e’tiborga olingan. Boshqacha aytganda, taxtga vorislik bir sulola 
ichida kechsada, ammo muayyan tartib bo‘lmagan, ya’ni o‘tgan hukmdor 
o‘rnini uning o‘g‘li yo ukasi, yo bo‘lmasa Arshakiylar sulolasining biron-
bir namoyandasi egallashi mumkin bo‘lgan. Aftidan, bu masalada 
kengashlarning mavqei kuchli bo‘lib kelgan. Buni shundan ham bilib 
olish mumkinki, tarixiy hujjatlarga ko‘ra mazkur ikki kengash oliy 
hukmdorni taxtdan chetlatishga qodir hisoblangan. Arshakiylar saltanatni 
mulklarga (satrapiyalarga) bo‘lib idora etganlar. Shu bilan birga, barcha 
mulklar mavqei bir xilda bo‘lmaganini ta’kidlash lozim. Chunonchi, 
Girkaniya, Seyiston (Sakiston) yarim mustaqil mulk sifatida o‘z pullarini 
zarb etib kelganlar. 
Miloddan avvalgi II asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida 
siyosiy beqarorlik davri boshlanadi. Bu asrda Grek-Baqtriya podsho-
ligidan So‘g‘diyona ajralib chiqdi. Marg‘iyona parfyanlar tomonidan 
bosib olindi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududida Xorazm davlati bilan 
chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topdi. Bu davlat ham 
keyinchalik kichik-kichik podsholiklarga bo‘linib ketdi. O‘sha vaqtlarda 
Xorazm davlati takribiga Xorazm, So‘g‘diyona va Choch (Toshkent) 
kirardi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling