O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
ȺɛɭɥΕɨɡɢɣ ȻɚΣɨɞɢɪɯɨɧ. ɒɚɠɚɪɚɣɢ ɬɭɪɤ. –Ɍ., 1992. – Ȼ. 126.
14 buzganlik uchun javobgarlik turlari haqida aniq va to‘la ma’lumot yo‘q. Hozirgi kunda «Avesto»dan ushbu savollarga qisman javob topish mumkin. Bu o‘rinda shuni qayd qilish kerakki, «Avesto» miloddan avvalgi VII asrdan keyingi davrga taalluqli manbadir. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu davrda hozirgi Markaziy Osiyo hududida uchta yirik davlat birlashmasi mavjud bo‘lgan. Ular Katta Xorazm – Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg‘ab vohasi va Parfiya hududlari, Baqtriya – hozirgi Surxondaryo va Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari hamda Shimoliy Afg‘oniston hududlari, So‘g‘diyona – Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi hududlaridir. Miloddan avvalgi XIII asrdan VIII asrgacha bo‘lgan davr Xorazmda davlatchilik kurtaklarining vujudga kelishi va davlat shakllanishi davri bo‘lgan. Miloddan avvalgi VIII asrdan VI asrgacha bo‘lgan davrda Xorazm hukmdorlari o‘lka atrofiga ko‘pgina hududlar va xalqlarni birlashtirish, tarixda «Katta Xorazm» deb ataluvchi harbiy-demokratik tamoyillarga asoslangan konfedratsiyani barpo etishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu davlat Eron Ahamoniylari istilosigacha faoliyat ko‘rsatgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VIII– VII asrlarda O‘rta Osiyo hududi Ossuriya davlati tarkibiga kirgan. Miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalarida Eronda kuchli Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo xalqlarining miloddan avvalgi VI asr o‘rtalaridan IV asrning ikkinchi choragigacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti va huquqiy tizimi ushbu makonda hukmronlik qilgan Ahamoniylar sulolasi tomonidan tashkil etilgan davlat va qonunchilik tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Ahamoniylar podsholari Markaziy Osiyo yerlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar tufayli bu hududda o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Ularning hukmronlik davri ikki asrdan ortiqroq vaqt davom etadi. Ahamoniylar davlati yagona ma’muriy tizimga, kuchli armiyaga, yagona pul birligiga ega qudratli markazlashgan davlat bo‘lib, ma’muriy- hududiy jihatdan boj to‘laydigan satraplik (xshatrapa)larga bo‘lingan. Manbalarda keltirilishicha, satrapliklar soni va hududi turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Jumladan, So‘g‘diyona, Baqtriya va Xorazm alohida satrapliklarni tashkil qilgan. Tarixchi Gerodotning yozishicha, «O‘rta Osiyo to‘rt satraplikka bo‘lingandi. Kaspiy dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab yashovchi qabilalar XI satraplik tarkibiga kirib, 300 talant (talant – 30 kg atrofida (yoki ziyod) kumush) to‘lashgan. Xorazm, So‘g‘diyona va Parfiya XVI satraplikni tashkil etib, 300 talant to‘lagan. Baqtriya XII – 15 satraplikni tashkil qilgan va 360 talant to‘lagan. Nihoyat, saklar XV satraplikka kirib, 250 talant to‘lashgan» 1 . Ahamoniylar davlati boshqaruv shakliga ko‘ra zo‘rlikka asoslangan, tuzilishi markazlashgan unitar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo‘lida to‘plangan bo‘lib, u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda boshqarar edi. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o‘rinda hazarapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo‘riqchilariga boshchilik qilgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar, taftishchilar, podshohga ma’lumot yig‘ib keluvchilar, aloqa xizmati xodimlari va boshqalar bo‘ysungan. Davlat boshqaruvidagi asosiy mansablarga, odatda, eronlik asilzodalar tayinlangan. Satrapliklarda butun hokimiyat Eron podshosi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va vazifasidan bo‘shatiladigan satraplar qo‘lida to‘plan- gan. Satraplik lavozimiga dastlab harbiy bo‘lmagan kishilar, keyinchalik harbiylar tayinlanadigan bo‘lgan. Satraplar ma’muriy boshqaruv va sud hokimiyatiga boshchilik qilgan. Xo‘jalik ishlarini amalga oshirish, soliq va yig‘imlarni o‘z vaqtida undirish, mansabdor shaxslar faoliyati, satraplik hududidagi yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirgan. Satraplar kumush va mis tangalar chiqarish huquqiga ega edilar. Satrap qoshida boshqaruv idorasi tashkil etilgan bo‘lib, unda idora boshlig‘i, xazinachi, soliq yig‘uvchilar, sud tergovchilari, kotiblar, jarchilar faoliyat yuritgan. Satrapliklarda ko‘p sonli harbiy qo‘shin saqlangan bo‘lib, ularga bevosita podshohga bo‘ysunuvchi lashkar- boshilar qo‘mondonlik qilgan. Doro I (miloddan avvalgi 522–486-y.) vafotidan so‘ng fuqarolik va harbiy hokimiyatning alohida olib borilishi tartibiga barham berilgan. Ahamoniylar davlatining turli mintaqalarida turli huquq tizimi va institutlari amal qilgan. Doro I hukmronligi davrida yagona huquq tizimini tashkil qilish maqsadida qonunlar qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq Ahamoniylar davlatining qonunlari bizgacha yetib kelmagan. Miloddan avvalgi 358-yilda Ahamoniylar hukmdori Artak- serks IIIning davlatning ilgarigi hududini tiklashga qaratilgan harakatlari 1 Ԕɚɞɢɦɝɢ ɬɚɪɢɯɱɢɥɚɪ ȸɪɬɚ Ɉɫɢɺ ԟɚԕɢɞɚ / Ɇɚɫɴɭɥ ɦɭԟɚɪɪɢɪ Ɉ. Ⱥɛɞɭɥ- ɥɚɟɜ. – Ɍ., 2008. – Ȼ. 69–71. 16 samara bermaydi. Miloddan avvalgi 337-yilda uning o‘rnini o‘g‘li Arses egallaydi. Saroy zadogonlari taxtga Doro III ni o‘tqazishadi. Siyosiy beqarorlik markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keladi. Markaziy Osiyo xalqlarining Ahamoniylar hukmronligiga qarshi olib borgan kurashi tufayli Miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmidan boshlab xorazmliklar, keyinchalik sak qabilalari mustaqillikka erishadi. Miloddan avvalgi IV asrning oxirgi choragida makedoniyaliklar bilan Ahamoniylar o‘rtasidagi kurash 1 makedoniyaliklar g‘alabasi bilan (Kilikiya, Suriya, Misr, Bobil, Persopol, Pasargad davlatlari ham) tugaydi. Natijada o‘z mustaqilligini saqlab qolgan Xorazm davlatidan tashqari butun O‘rta Osiyo hududida Makedoniyaliklar hukmronligi o‘rnatiladi. Aynan shu davrga kelib Baqtriya hokimi Bess o‘zini «Osiyo podshosi» deb e’lon qilib, Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Parfiyani o‘z ichiga olgan yagona davlatni tashkil etishga harakat qiladi. Ammo bunga yunon-maqduniya qo‘shini imkon bermaydi. Iskandar Maqduniy qo‘shinlari avval Navatakni ishg‘ol qilib, so‘ngra Maroqandni ham bosib oladi. Maqduniyaliklar Markaziy Osiyoda bosqinchilik yurishlarini uch yil davom ettiradilar. Natijada uning ko‘p qismi Iskandar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Faqat Xorazm hukmdori Farazman- ning Iskandar Maqduniy bilan ittifoq tuzishi natijasida u o‘z mustaqilligini saqlab qoladi 2 . Makedoniyaliklar hukmronligi davrida satrapliklar saqlanib qoladi. Satraplar dastlab eronliklardan tayinlangan bo‘lsa, keyinchalik makedoniyaliklardan tayinlanadigan bo‘ldi. Satraplar qoshida harbiy va moliyaviy ishlarni boshqaruvchi mansab ta’sis etiladi. Satraplar tanga chiqarish va yollanma qo‘shin saqlash huquqidan mahrum etiladi. Mahalliy boshqaruv murosa yo‘li bilan olib boriladi. Iskandar Maqduniy vafotidan so‘ng (miloddan avvalgi 323-yil) O‘rta Osiyo hududi Salavqiylar davlati (Bobil, Baqtriya, So‘g‘diyona) tarkibiga kiritiladi. Salavqiylar davlatida hokimiyat uchun olib borilgan urushlar tufayli Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Grek-Baqtriya podsholigi tashkil topadi. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, 1 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling