O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
parta davlatining paydo bo‘lishi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Sparta davlatining paydo bo‘lishi. Qadimgi Yunoniston tarixiga katta
ta’sir o‘tkazgan yana biri Spartadir. Sparta davlati Peloponnesning janubida joylashgan bo‘lib, uning poytaxti Sparta deb ataladi. Uning tashkil topishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Spartada miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda davlatning vujudga kelishi asosida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishining umumiy qonuniyatlari yotadi. Biroq davlatning shakllanishi jarayoni bilan birga urug‘doshlik tashkilotining ko‘pgina qoldiqlari saqlanib qolishda davom etgan. Ilgari axayya qabilalari tomonidan bosib olingan Peloponnes yarim orolidagi kichkinagina Lakonika viloyatiga miloddan avvalgi XII asrda doriy qabilalari bostirib kirgan. Qattiq urushlardan so‘ng axayyaliklar va doriylar o‘zaro ittifoq tuzib, Sparta jamoasini tashkil etganlar. O‘zlarini spartaliklar deb ataganlar. Ularga axayyaliklar va doriylardan bo‘lgan ikki podsho boshchilik qilgan. Kichkina Lakonika (300 kv. km.) yangi jamoaga torlik qilishi natijasida qo‘shni Messiniyani egallash uchun urush boshlangan. 100- yilga cho‘zilgan bu urush natijasida Sparta g‘alabaga erishgan. Bosib olingan yerlar qabilalarning umumiy mulki bo‘lib, aholisi qullar – ilotlarga aylantirilgan. Quldorlar-hukmdorlar hamda qullar va to‘la huquqli bo‘lmagan fuqarolar tabaqasi tashkil etilgan. Spartaliklarda bu vaqtda ikki urug‘-qabila sardori (podshosi), oqsoqollar kengashi va xalq yig‘ini mavjud bo‘lgan. Bosib olingan aholi ularga nisbatan 20 baravar ko‘p bo‘lgan. Natijada yangi mustahkam siyosiy hokimiyat tashkil etish zarurati tug‘ilgan. Shu tariqa aytish mumkinki, Sparta davlatining tashkil topish jarayoni o‘zga xalqlar yerlarini bosib olish natijasida ancha tezlashgan. Spartada hukmron sinfning qudratli harbiy tashkilotga aylangan yaxlit ijtimoiy tuzilishi uning yunon davlatlari ichida tez yuksalishiga ko‘maklashgan. Miloddan avvalgi V asrga kelib, u deyarli butun Peloponnes ustidan o‘z gegemonligini o‘rnatgan. Miloddan avvalgi. V asrning oxirgi choragi va IV asr boshlariga kelib iqtisodiyotning yuksalishi, mulkiy tabaqalanishning kuchayishi natijasida siyosiy huquqsiz fuqarolar sonining oshishi va boshqa omillar hisobiga Sparta jamoasining birligiga putur yetgan. Harbiy qudrati pasaygan. Miloddan avvalgi IV asrda Yunoniston Makedoniya tomonidan bosib olinishi natijasida Messeniyaning qo‘ldan ketishi Sparta davlatining iqtisodiy asosini yemirgan. Miloddan avvalgi III asrda butun aholi ijtimoiy hayotini yaxshilash, harbiy qudratni tiklash, to‘la huquqli bo‘lmagan fuqarolarga huquqlar 65 berish yo‘li bilan eski tartiblarni qaytadan o‘rnatishga bo‘lgan urinish amalga oshmaydi. Quldorlik jamiyatining rivojlanishi ijtimoiy va siyosiy tartiblarni halokatga olib kelgan. Ichki kurashlar ta’sirida kuchsizlanib qolgan Sparta boshqa yunon davlatlari kabi miloddan avvalgi II asr o‘rtasida Rim davlati hokimiyati ostiga tushib qolgan. Qadimgi Rim davlatining tashkil topishi va rivojlanishi. Antik dunyodagi eng qudratli, yirik davlat – Italiyada tarkib topgan Rim respublikasi edi. U O‘rta yer dengiz davlatlari ichida eng kuchlisi bo‘lgan. Keyinchalik miloddan avvalgi I asr va milodning II asrida Rim quldorlari butun Shimoliy Afrikani, Yevropaning ancha qismini va Old Osiyo mamlakatlarini o‘z hukmronligi ostiga olgan va qariyb besh yuz yil hukm surgan g‘oyat katta davlatga aylangan. Qadimgi Rim davlati tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganamiz: – Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining tashkil topishi davri. Bu miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga asos solinishidan to miloddan avvalgi 509-yilda oxirgi Rim podshosi Tarkviniy Superbning Rim aholisi tomonidan haydab yuborilishigacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi; – Respublika davri. Miloddan avvalgi 509–27-yillar. Bu davrning o‘zi ham 2 bosqichga bo‘linadi: ilk respublika (mil. avv. V–III asrlar) va kechki respublika (mil. avv. III–I asrlar); – Monarxiya davri. Miloddan avvalgi 27-yildan milodning 476- yiligacha. Bu davr ham 2 bosqichga: prinsipat (mil. avv. 27-yildan ɬɨ milodning 284-yillarigacha) va dominat, ya’ni mutlaq yakka hokimlik (milodning 284–476-yillari)ga bo‘linadi. Bundan keyingi davr Rim quldorlik davlatining inqirozi davri bo‘lib, milodning 476-yilida G‘arbiy Rimni franklar qabilalari bosib olganlar Rim Sharqiy Rim esa Vizantiya nomi bilan 1453-yilda usmonli turklar Konstantinopolni bosib olgunlariga qadar yashaydi. Miloddan avvalgi I asrga kelib Rimda ham polis tizimi tugagan. Qullar qo‘zg‘oloni natijasida miloddan avvalgi I asrda yirik davlatchilikka asoslangan imperiya vujudga kelgan. Lekin, uzoq vaqtlargacha polis tizimining ta’siri sezilib turgan. Keyingi davrlarda ham respublika polis institutlari byurokratik monarxiya tashkil etishga ta’sir ko‘rsatgan. Keyingi Rim imperatorlari hokimiyatining mustahkamlanishi va xristianlikning qabul qilinishi natijasida polis tartiblari batamom tugatilgan. Antik dunyo davlatlarida huquqing umumiy va o‘ziga xos xususiyat- lari. Antik davrda huquq birdaniga shakllanmagan. U ishlab chiqilishi 66 bo‘yicha ilk bosqichlarda sharq mamlakatlari huquqiy tizimiga o‘xshash bo‘lgan. Antik yunoniston va Rimda huquqning rivojlanishi alohida polislar doirasida amalga oshirilgan. Shahar-davlatlarda demokratik institutlarning rivojlanishi huquqning diniy-mifologik jihatlardan xolos bo‘lishi natijasida tug‘ilgan. Yozilmagan odatlar o‘rniga yozma qonunchilik kelgan. Huquq, shunday qilib, antik dunyoda polis hayotini tartibga soluvchi nufuzli va majburiy me’yorlar majmuiga aylangan. Yunonistonda qonunlar huquq ijodkorligining asosiy shakli sifatida e’tirof etilgan. Rimda qonunlar huquqning muhim manbai sifatida o‘rnatilgan va odat huquqi kodifikatsiya qilingan. Yunon an’analariga asosan huquqning qadimiy kodifikatsiyalari Zalevka tomonidan Lokrada (Italiya), Xaronda tomonidan Katon (Sitsiliya) va boshqa yunon shahar- davlatlarida o‘tkazilgan. Shunga o‘xshash huquqiy to‘plamlardan biri – Drakont qonunlari miloddan avvalgi VII asrning oxirida Afinada tuzilgan. Afinada xalq majlislari tomonidan yangi demokratik qonunlarning qabul qilinishi tartibi miloddan avvalgi VI asrda Solon va Klisfen islohotlari bilan joriy qilingan. Rimda esa an’anaviy huquqiy odatlar qayta ishlanib, XII jadval qonunlarida yozib qo‘yilgan. Bu qonunlarda shuningdek, xalq majlislarining qarorlari qonun hisoblanadi, degan qoida nazarda tutilgan. Yunon shahar-davlatlarida fuqarolar yoshliklaridanoq qonunlarga va polisda o‘rnatilgan tartiblarga bo‘ysunish va ularga hurmat ruhida tarbiyalangan. Afinada demokratik tizim o‘rnatilgan bo‘lsa-da, u qullar va chet elliklar uchun emas edi. Huquqqa sig‘inish va qonunlarni hurmat qilish nisbatan ko‘proq darajada Rim jamiyatida vudjudga kelgan. Qonunlarga so‘zsiz amal qilish yuridik majburiyat emas, balki sharafli ish hisoblangan. Yunonistonda Suqrot, Rimda esa mashhur yurist Sitsiron o‘z siyosiy- huquqiy ta’limotlarini yaratganlar. Shu tariqa huquqiy davlat g‘oyasining ilk shakllanishi yuz bergan. Klassik Rim huquqi antik va butun qadimgi dunyo huquqi tarixidagi eng yuksak cho‘qqidir. Antik dunyoning eng buyuk yutuqlaridan biri – Rim xususiy huquqidir. Bu shakli, mazmuni, mantiqiy asoslanganligi, qat’iy va aniq bayon qilinganligi uchun uni keyingi davrlarda retsepsiya qilinishiga (andoza qilib olinishiga) sabab bo‘lgan. Rim huquqi bilan birga rim yurisprudensiyasi ham rivojlangan. Rim yurisprudensiyasi asosida yuridik kasb tug‘ilgan. Unga mos ravishda esa maxsus huquqiy ta’limga asos solingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling