O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Afina davlati. Afinaning tashkil topishi miloddan avvalgi II ming 
yillikda 4 ta qabilaning birlashuviga (sinoyikizm) borib taqaladi. Tesey 
ana shu qabilalarni yagona afina xalqi qilib birlashtiradi. So‘ngra umumiy 
markaziy boshqaruv uchun oqsoqollar kengashi tuzilgan. 
Ijtimoiy tuzumda dastlabki islohotlar natijasida erkin kishilar uch 
toifaga bo‘lingan: yevpatridlar – nasl-nasabi olijanob bo‘lgan 
aristokratlar, aslzodalar; geomorlar – dehqonlar; demiurglar
hunarmandlar. 
Davlat boshlig‘i – basiley (bazilevs) mansabi saqlangan. miloddan 
avvalgi IX–VIII asrlarda yevpatridlardan saylab qo‘yiladigan arxontlik 
mansabi joriy qilingan. Arxontlar (boshliq yoki el og‘asi) 9 kishidan 
iborat bo‘lib, dastlab umrbod muddatga, so‘ngra 10 yil va keyinchalik 1 
yil muddatga saylangan. Ularga basileyning asosiy funksiyalari o‘tgan. 
Ular ichida birinchi arxont juda katta vakolatlarga ega bo‘lgan. 
So‘ngra oqsoqollar kengashi o‘rnida yangi boshqaruv organi – 
areopag tashkil etilgan. Uning a’zolari yevpatridlardan iborat bo‘lib, 
tarkibiga sobiq arxontlar kirgan. Areopagning vakolatlariga arxontlarni 
saylash va nazorat qilish, oliy sud hokimiyatini amalga oshirish kirgan.
Miloddan avvalgi VII asrda mamlakat hududi aholining qaysi 
qabilaga mansubligidan qat’i nazar hududiy okruglar – navkrariylarga 
bo‘lingan (48 ta).
Ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishi natijasida demos – xalq talabi 
bilan miloddan avvalgi 621-yilda Drakont qonunlari e’lon qilingan. Unda 
og‘zaki huquq yozib qo‘yilgan. Xun olish cheklanib, xususiy mulkning 
himoya qilinishi va sud ishlarining aniqlanishi progressiv hodisa sifatida 
belgilangan. 
Xalqning urug‘ zodagonlariga qarshi kurashi davomida miloddan 
avvalgi 594-yilda yevpatridlar vakili Salon birinchi arxont qilib saylangan 
va iqtisodiy-siyosiy islohotlar o‘tkazgan. Siyosiy islohotlar pirovardida 
fuqarolar mulkiy senziga qarab to‘rt turga bo‘lingan. Bu toifalar 
qo‘shinga ham alohida tatbiq etilgan. 
Salon Areopagning vakolatlaridan xalq yig‘inlarida muhokama 
qilinadigan ishlarni tayyorlash funksiyasini olib, uni zaiflashtiradi. Bu 
ishlarni tayyorlash uchun yangi davlat organi – bule (to‘rt yuzlar 
kengashi)ni tuzgan. Unga eski 4 urug‘dosh qabilalar yig‘inlarida 100 
kishidan saylangan. Islohotlar natijasida xalq yig‘in (ekklesiya)larining 
roli osha boshlaydi. Yuqoridagilardan tashqari har qanday afina fuqarosi 
qatnashishi mumkin bo‘lgan yangi oliy hakamlar sudi – gelieya ta’sis 
etilgan. 


 68
Umuman olganda, Salon islohotlari kompromiss (kelishuvchanlik) 
xarakterga ega bo‘lib, keyingi taraqqiyot uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi 560-yilda kambag‘al dehqonlar (diakriylar) 
tepasida turgan Pisistrat davlat to‘ntarishi o‘tkazib tiran bo‘lib qolgan. U 
Salon islohotlarini davom ettirib, yevpatridlarning yerlarini musodara 
qilgan. U shuningdek, dehqonlarga kredit bergan, sayyor sudlar 
lavozimini ta’sis etgan va davlat hisobiga 1/10 daromad solig‘ini joriy 
etgan. 
Afina hokimiyati tepasiga miloddan avvalgi 510–509-yillarda Klisfen 
kelgach, miloddan avvalgi 509-yilda bir qancha islohotlar o‘tkazgan. 
Uning islohotlari urug‘chilik tuzumini tamomila tugatgan va Afina 
quldorlik demokratiyasi tizimini shakllantirgan. Uning asosiy tadbirlari 
ma’muriy-hududiy islohot bo‘lgan. 4 qabila bo‘linishi bekor qilinib, 
hududiy belgilariga qarab ma’muriy-hududiy birlik sifatida 10 ta fila 
tashkil etilgan. O‘z navbatida bir fila uchta trittiyga bo‘lingan. Butun 
Attika hududi eng quyi ma’muriy birlik – yuzta demga bo‘lingan. Har bir 
filaning tarkibiga 10 ta dem kirgan. Filalar soni o‘zgarishi natijasida to‘rt 
yuzlar kengashi har bir filadan 50 kishidan iborat holda besh yuzlar 
kengashiga o‘zgartirilgan. 
Klisfenning so‘ngi tadbiri – o‘nli strateglar hay’atini ta’sis etishdan 
iborat bo‘lgan. Unga har bir filadan bitta vakil kirgan. Ular xalq 
yig‘inlarida bir yil muddatga ovoz berish yo‘li bilan saylangan. Strateglar 
xalq lashkariga galma-gal qo‘mondonlik qilganlar.
Islohotlar vositasida asta-sekin siyosiy hokimiyatni amalga 
oshiruvchi maxsus va doimiy harakatdagi apparat vujudga kelgan. Siyosiy 
hokimiyat davlat hokimiyati shaklida amalga oshirila boshlangan, uni 
amalga oshiruvchi apparat esa davlat apparatiga aylangan. Afinada 
davlatning kelib chiqishi demos g‘alabasi bilan tugagan. Natijada Afinada 
demokratik respublika shaklidagi quldorlik davlati vujudga kelgan. 
Miloddan avvalgi V–IV asrlar Afina davlatining rivojlangan davri 
bo‘lib hisoblanadi. Miloddan avvalgi V asrning birinchi yarmida Afina 
yunon dunyosining eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylangan. Miloddan 
avvalgi 478-yilda Eronga qarshi urushda Spartadan so‘ng 140–160 ta 
yunon davlatlaridan iborat dengiz ittifoqiga u boshchilik qiladi. Asta-
sekin dengiz ittifoqi Afina dengiz davlatiga aylangan. Ittifoqchi davlatlar 
Afina davlati organlari va mansabdor shaxslari tomonidan boshqarilgan. 
Bu davrlarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosa-
batlarida o‘zgarishlar amalga oshgan. Fuqarolarning siyosiy huquqlari 


 69
kengaygan. Bular Basileylar Efialt va Perikl islohotlarida o‘z ifodasini 
topgan. Bunda Efialt tomonidan areopagning vakolatlari mutloq 
qisqartirilib, xalq majlisi, 500 lar kengashi va gelieyaning vakolatlari 
kengaygan. Demokratiyaning ravnaq topishi Perikl nomi bilan uzviy 
bog‘liq. Uning davrida Salonning senzga oid islohotlari o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgan. Chunki endi davlat mansablariga barcha to‘la huquqli 
fuqarolar ega bo‘lishlari mumkin edi. Negaki, imperiya boshqaruvi va uni 
ushlab turishga barcha fuqarolar jalb etilgan. Kambag‘allar ko‘chirilib, 
yerlarga ega bo‘lganlar. U kambag‘al fuqarolarni ish bilan band etishga 
harakat qilgan. Davlat mansablarini bajarganlik uchun haq tayinlagan. 
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda ijtimoiy tuzum borasida antik qullik 
shakli ancha rivojlangan. Qullarga oddiy mehnat quroli sifatida qarash 
mavjud bo‘lgan. Bu davrda quldorlik son jihatdan ham, sifat jihatdan ham 
o‘sgan. 
Afina davlati mohiyatiga ko‘ra erkin fuqarolar manfaatlarining 
himoya qilinishini va ko‘p sonli qullarning tutqunlikda ushlab turishni 
ta’minlaydigan siyosiy tashkilot hisoblangan. Boshqaruv shakli bo‘yicha 
demokratik respublika bo‘lib, afina fuqarolari siyosiy hayotda faol 
qatnashishi mumkin bo‘lgan. Bu holat miloddan avvalgi 330 yillargacha 
davom etgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Afina davlatining asosiy organlari: xalq 
yig‘ini, Besh yuzlar kengashi va gelieya hisoblangan. Ular mansabdor 
shaxslar faoliyatini yo‘naltirib turganlar va nazorat etganlar.
Xalq yig‘ini – ekklesiya davlat hokimiyatining oliy organi bo‘lib, u 
dastlab yiliga 10 marta, keyinchalik 40 marta chaqirilgan. Favqulodda 
holatlarda ham chaqirilishi mumkin bo‘lgan. Unda 20 yoshga to‘lgan 
to‘la huquqli afinalik fuqarolar ishtirok etishgan. Eng muhim masalalarni 
hal etish uchun 6000 kishi, ya’ni butun to‘la huquqli afinaliklarning 1/5 
qismi ishtirok etishi talab qilingan. Istalgan kishi unda o‘z fikrini 
bildirishi, hatto qonun loyihalarini kiritishi mumkin bo‘lgan. Qaror ochiq 
– qo‘l ko‘tarish va yopiq – qutiga narsa tashlash yo‘li bilan chiqarilgan. 
Demokratik muassasalardan yana biri besh yuzlar kengashi – Bule 
bo‘lgan. Uning a’zolari qur’a tashlash yo‘li bilan 30 yoshga to‘lgan afina 
fuqarolari orasidan saylangan. U oliy hokimiyat va ma’muriy organ 
bo‘lib, xalq majlislariga masalalar loyihasini tayyorlagan va muhokama 
qilgan. Uning qarorlarini ijro etgan. Moliyaviy boshqaruvni olib borib, 
davlatning daromad manbalari ustidan nazorat qilgan. Shuningdek, tashqi 
davlat bilan diplomatik munosabatlarni ham o‘rnatgan. U ish yuritish 
uchun 10 ta komissiya (pritaniy)ga ajralgan. Kengash raisi har 


 70
yig‘ilishdan oldin saylangan va u xalq yig‘iniga ham boshchilik qilgan. 
Xizmat muddati tugashi bilan a’zolari hisobot bergan va javobgarlikka 
tortilishi mumkin bo‘lgan. 
Oliy sud organi, ya’ni hakamlar sudi – gelieya yirik demokratik 
muassasa bo‘lgan. U davlatga qarshi va mansabdor jinoyatlari bo‘yicha 
birinchi instansiya, boshqa ishlar uchun apellatsiya instansiyasi 
hisoblangan. U xalq yig‘inida qabul qilingan qonun loyihalarini rad etishi 
mumkin bo‘lgan. 
Qonun chiqarish jarayoniga ko‘ra qonun loyihasi xalq kengashiga 
kiritilgan, so‘ng loyiha Besh yuzlar kengashida ko‘rilib, bu haqda unga 
xulosa berilgan, keyin xalq yig‘ini loyihani qabul qilgan va natijada u 
gelieya tomonidan rad etilmasa kuchga kiritilgan.
Birinchi arxont – arxont-eponim hisoblangan. Keyinchalik u oilaviy 
ishlar va merosga taalluqli ishlar bo‘yicha sud funksiyalarini saqlab 
qoladi. Ikkinchi arxont – arxont basiley bo‘lib, diniy ishlarni yuritgan va 
sudda jinoiy ishlarni ko‘rgan. Uchinchi arxont – arxont-polimarx bo‘lib, u 
endilikda ilgari harbiy qo‘mondonlik funksiyalarini yo‘qotib, faqat 
meteklar va boshqa chet elliklar (ksenlar) bilan bog‘liq asosiy ishlar bilan 
shug‘ullangan. Boshqa oltitasi arxont-fesmofetlar deb atalib, gelieyaga 
taalluqli ishlarni tayyorlaganlar va afina sudlarida adolatli sud qilishga 
rahbarlik qilganlar. 
Afina davlatida ko‘plab boshqaruv lavozimlari kollegial bo‘lgan. 
Hammasi bo‘lib 700 ga yaqin maxsus mansabdor shaxslar bo‘lib, ular 
tegishlicha turli vazifalarni bajarganlar. Fila va demlarda ham o‘z 
mansabdor shaxslari faoliyat yuritgan.
Afinada oliy sud organi Gelieyadan tashqari Areopag ham ba’zi sud 
funksiyalarini saqlab qolgan. Eng og‘ir jinoyatlar bo‘yicha Xalq yig‘ini 
ham birinchi instansiya sudi sifatida maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan. 
Perikl zamonidan boshlab sayyor sudlar ham tashkil etilgan. 
Areopag arxont-basiley raisligida qasddan odam o‘ldirish jinoyatlari 
bo‘yicha ishlarni ko‘rib hal etgan. Xalq yig‘inining topshirig‘i bo‘yicha 
davlatga qarshi jinoyat ishlarini tergov qilishi mumkin edi. Qolgan 
turdagi jinoiy va fuqaroviy ishlar turli maxsus hay’atlar tomonidan ko‘rib 
hal etilgan. 
Qo‘shin asosan 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkin fuqarolardan 
xalq lashkarida iborat bo‘lgan. Safarbarlik yoshi xalq yig‘ini tomonidan 
belgilangan. Tinchlik vaqtlarida afina fuqarolari 18 yoshdan 20 yosh-
gacha harbiy ta’lim o‘tganlar va qo‘riqlash xizmatiga jalb etib turilganlar. 
Urush vaqtlarida har bir fila ma’lum sondagi piyoda, otliq, yengil 


 71
qurollangan va og‘ir qurollangan askarlar berishi lozim bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan doimiy yollanma maxsus 
chegara qo‘shinlari, miloddan avvalgi IV asrga kelib qo‘shin va flotda 
yollanma harbiy xizmatchilar paydo bo‘lgan. 
Afina davlatida politsiya funksiyalarini maxsus xizmatchilari – 
toksotlar bajargan. Ular asosan qullardan iborat bo‘lib, jami 200 ga yaqin 
bo‘lgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling