O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Sparta davlati. Sparta davlatining siyosiy tuzumi Lakonika viloyatiga 
miloddan avvalgi XII asrda doriy qabilalari bostirib kirishi va 
axayyaliklar bilan doriylar ittifoqi, ya’ni Sparta jamoasining tashkil 
etilishidan boshlanadi. 
Miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda Sparta jamoasi tomonidan 
Messiniya bosib olinishi natijasida yangi shakldagi mukammal davlat 
apparati vujudga keldi. Davlatning shakllanishi jarayonida urug‘doshlik 
tuzumi ham saqlandi. 
Spartaning bu davrdagi ijtimoiy va siyosiy tuzumi afsonaviy 
qonunshunos Likurg tomonidan yozilgan «retra»larda mustahkamlangan. 
Likurg tarixiy shaxs sifatida mavjud bo‘lmagan, uning islohot o‘tkazgan 
vaqti ham aniq o‘rnatilmagan. «Retra»larni ko‘pchilik miloddan avvalgi 
VIII–VII asrlarda paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. «Likurg tuzumi» esa 
miloddan avvalgi VII asrning oxiri – VI asrning boshida batamom tashkil 
topgan deydilar. Retralar spartaliklarning birligini ta’minlash va ularning 
birgalikdagi hukmron tashkilotini yaratish vazifalarini hal etishga 
qaratilgan. 
Ijtimoiy tuzumda ibtidoiy jamoa munosabatlarining muhim qoldiqlari 
saqlanib qolgan o‘ziga xos sinfiy quldorlik jamiyati tashkil topgan. 
Mahalliy aholining hayoti qulchalik ham qadrlanmagan, chunki ularning 
soni o‘sib ketmasligi muhim bo‘lgan. Spartaliklar to‘la huquqli 
fuqarolarni tashkil etgan. Ular «tenglar jamoasi» deb yuritilgan va 
hukmron sinfning harbiylashtirilgan birlashmasi bo‘lgan. Butun yerlarda 
faqat spartaliklarga biriktirilgan ilotlar ishlagan. Butun yerlar taxminan 
9000 ta teng, bo‘linmas va ajralmas chek (ulush, kler)larga ajratilgan. 
Ularni sotish, hadya qilish yoki vasiyat qilish mumkin emasdi. 
Spartaliklar beshta qishloq birlashmasidan iborat bo‘lib, harbiy 
lagerni eslatadigan shaharlarda yashaganlar. Ularning turmush tarzi juda 
qattiq tartibga solingan. Butun hayotlari sof harbiycha tarzda o‘tgan. 
Harbiy majburiyat ularning asosiy majburiyati, harbiy ishlar esa munosib 
mashg‘uloti hisoblangan. Kuchli va mustahkam jangchilar tarbiyalab 
yetishtirish uchun maxsus tarbiya tizimi mavjud edi. 


 72
Yangi tug‘ilgan har bir chaqaloq Sparta oliy mahkamasi – 
gerusiyaga, ya’ni oqsoqollar kengashiga olib borilgan. Shundan so‘ng 
maxsus komissiyada chaqaloqning tirik qolishi yoki o‘ldirish kerakligi hal 
qilingan. O‘g‘il bolalar juda qattiqqo‘llik bilan chidamli, kuchli va 
sog‘lom qilib bo‘lg‘usi jangchi sifatida tarbiyalangan. Ular 7 yoshgacha 
onasi qo‘lida tarbiyalangan. 7 yoshdan 18 yoshgacha maktabda yashagan 
va harbiy ta’lim-tarbiya olgan. 18–20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy 
xizmat o‘talgan. Qizlarni tarbiyalashga g‘oyatda e’tibor berilib, katta 
hurmatga sazovor bo‘lganlar. Faqat sog‘lom onadan sog‘lom bola 
tug‘iladi, deb hisoblaganlar. Ular uy-ro‘zg‘or ishlarini qilmasdan, bolalik 
chog‘idan sport bilan shug‘ullanganlar, bilim olganlar. 
Spartaliklarning tenglar jamoasidan umumiy tushki ovqat, ya’ni 
fiditiyadan natura haq to‘lay olmagan kambag‘allar chiqarilgan. Tenglar 
jamoasi, ya’ni fiditiya a’zoligidan chiqqanlar esa siyosiy huquqlarini 
yo‘qotgan. Taqsimlangan ulush yerlar katta o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tishi 
natijasida o‘z yeri bo‘lmaganlar – qashshoqlar (gipomeyon)lar darajasiga 
o‘tgan va ular ham siyosiy huquqlarini yo‘qotganlar. Natijada spartaliklar 
soni qisqarib borgan va miloddan avvalgi IV asrning oxiriga kelib 
ularning soni 9000 dan 4000 ga tushib qolgan. 
Ilotlar – Messiniyaning qulga aylantirilgan aholisi bo‘lib, davlat 
mulki hisoblangan. Ular amalda o‘z xo‘jaliklarini, oilasi va tomorqasini 
mustaqil yuritganlar. Hosilning bir qismini tasarruf etganlar. Ularning 
hayoti qaram dehqonlar holatiga yaqin bo‘lgan. Ilotlar mamlakat 
aholisining asosiy qismini tashkil etgan. Z.M.Chernilovskiy ma’lu-
motlariga qaraganda Spartada 200 000 dan ortiq ilotlar mavjud bo‘lgan
1
.
Ijtimoiy tuzumda bundan tashqari Peloponnes hududidagi tog‘li 
joylarda yashovchi qabilalar – periyek (qo‘shni)lar ham mavjud bo‘lgan. 
Ular siyosiy huquqsiz bo‘lib, Spartaning mansabdor shaxslari – 
garmostlar tomonidan nazorat etilgan. 
Boshqarish shakliga ko‘ra aristokratik davlati boshqaruvchi ikkita 
podsho keng vakolatlarga ega bo‘lmagan va aslida arxagetlar deb atalgan. 
Ular urush vaqtlarida qo‘shinga qo‘mondonlik qilganlar. Ular eforlar, 
ya’ni – barcha muassasalar ustidan nazorat qiluvchi oliy mansabdor 
shaxslar chaqirsa, ular huzuriga borishga majbur bo‘lishgan. Asosan 
kohinlik vazifasini bajarib kelganlar. Ularning hokimiyati meros 
tariqasida o‘tgan.
1
Qarang: ɑɟɪɧɢɥɨɜɫɤɢɣ Ɂ.Ɇ. ȼɫɟɨɛɳɚɹ ɢɫɬɨɪɢɹ ɝɨɫɭɞɚɪɫɬɜɚ ɢ ɩɪɚɜɚ. – Ɇ., 
1996. – ɋ. 73.


 73
Davlat tuzumida xalq yig‘ini – apella mavjud bo‘lib, unda 30 yoshga 
to‘lgan spartalik erkaklar ishtirok etganlar. Unda urush va sulh masalalari 
muhokama qilingan, qonun qabul qilingan, mansabdor shaxslar 
saylangan, boshqa davlatlar bilan ittifoq tuzilgan, arxaget mansabining 
meros bo‘lib o‘tishi haqidagi va urushlar vaqtidan arxagetlardan qaysi biri 
qo‘shinga qo‘mondonlik qilishi masalalari hal etilgan va h.k. U 
oqsoqollar roziligi bilan arxagetlar tomonidan odatda har oyda 
chaqirilgan. Xalq yig‘ini davlat hayotida uncha katta o‘rin tutmagan. 
Miloddan avvalgi IV asrga kelib uning ahamiyati juda pasayib ketgan. 
Davlatda kuchli boshqaruv organi gerusiya – oqsoqollar kengashi 
bo‘lgan. Gerusiya – «geront» – oqsoqol so‘zidan olingan. Unga 60 
yoshga kirgan 28 kishi va 30 yoshga kirgan ikki podsho kirgan. Gerontlar 
umrbod majlis qilganlar. Bir o‘rin bo‘shasa, o‘rniga yangisi saylangan. 
Nomzodlar xalq yig‘inida taklif etilgan. 
Gerusiya xalq yig‘inida ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalarni oldindan 
ko‘rib chiqqan, tashqi munosabatlarni olib borgan. Vaqt o‘tishi bilan 
uning vakolatlari kengayib borgan. Agar ular xalq yig‘ini qaroridan 
norozi bo‘lsa tark etgan, natijada yig‘in tarqalib ketgan. Bundan tashqari, 
u davlatga qarshi jinoyatlarni ko‘rib chiqqan, arxagetlarga qarshi sud 
jarayonlarini olib borgan. 
Barcha muassasalar ustidan nazoratni oliy mansabdor shaxslar – 
eforlar olib borgan. Bu mansab miloddan avvalgi VIII asrlarda urug‘ 
boshliqlari va urug‘ aristokratiyasi o‘rtasidagi ziddiyatlar natijasida paydo 
bo‘lgan. Dastlab ular arxagetlar yordamchisi bo‘lib, mulkiy nizolar 
bo‘yicha sud ishlarini yuritganlar. Miloddan avvalgi VI asrning 
o‘rtalariga kelib eforlarning vakolatlari juda oshgan. Jumladan, u 
Gerusiya va xalq yig‘inini chaqirish huquqiga, gerusiya bilan kelishib 
xalq yig‘ini qarorini bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan. Butun ichki va 
tashqi masalalarni hal etgan, barcha aholi, mansabdor shaxslar, podsholar 
va davlat muassasalari, xalq yig‘ini faoliyati ustidan nazoratni olib 
borishgan. Har yili besh nafar efor saylab qo‘yilgan, ular yangi saylangan 
eforlarga hisob bergan. 
Spartada armiya juda yaxshi tashkil etilgan. Yuqorida aytilganidek, 
spartalik erkaklarning hammasi harbiy xizmatga majbur edi. Bu armiya 
miloddan avvalgi VI–V asrlarda Yunonistonda eng yaxshi tashkil etilgan, 
intizomli va kuchli armiya bo‘lgan. Qo‘shin oldida yengil qurollangan 
ilotlar, og‘ir qurollangan periyeklar, ulardan keyin yosh spartaliklar
oxirida 60 yoshgacha bo‘lgan kishilar jangga kirgan. Qo‘shinlar 12 ta 
harbiy qism (lox)ga bo‘lingan. Ular tepasida loxaglar turgan. 


 74
Qo‘mondonlikni podsholar amalga oshirib, polimarxlar ularga yordam 
berganlar. Qo‘shin tarkibida «300 ta suvoriy»dan iborat otliq askarlar 
bo‘lib, urush vaqtlarida podsholarni qo‘riqlaydigan, tinchlik vaqtida 
mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o‘ziga xos otliq gvardiyani tashkil 
etganlar. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling