O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
TASSRning tashkil topishi va uning siyosiy tuzumi. 1917-yil martda
Toshkent temir yo‘l ishchilari, Toshkent garnizoni soldatlari va musulmon ishchi deputatlari sovetlari va dehqon deputatlari sovetlari tashkil etildi. 1917-yil 31 martda Toshkent ishchi va soldat deputatlari soveti general-gubernator Kuropatkin va uning yordamchisini lavozimdan chetlatadi. General gubernatorlik esa muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti deb o‘zgartiriladi. 1917-yil 7-apreldan boshlab komitet o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishadi. 1917-yil 7–15-aprelda Turkiston ishchi, soldat deputatlari sovetlari- ning I o‘lka syezdi bo‘lib o‘tadi. Syezd muvaqqat hukumatni tuzishni yoqlab chiqadi hamda soldat va ishchi deputatlarining O‘lka soveti saylanadi. Viloyat va uyezdlarda harbiy gubernator va uyezd boshliqlari 242 muvaqqat hukumatning ijroiya komitetlari bilan almashtiriladi. Samar- qand va Farg‘onada bu komitetlar «Jamoat xavfsizligini saqlash komiteti» deb atalgan. 1917-yil 28-oktabrda o‘lkani boshqarish maqsadida 9 kishidan iborat Turkiston ijro qo‘mitasi tuziladi. Uning qoshida 22 kishidan iborat doimiy kengash mavjud bo‘lib, uning funksiyalari aniq belgilanmagan. 1917-yil 2-noyabrda Turkiston o‘lka kengashi o‘z yig‘ilishini o‘tkazadi va unda 9 ta tashkilotdan 30 vakil ishtirok etadi. Ishchi va soldat deputatlarining III o‘lka syezdi 1917-yil 15 noyabrda ochildi va u tomonidan rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiyaga ko‘ra o‘lkada oliy hokimiyat organi 15 ta a’zodan iborat Xalq komissarlari soveti deb ataluvchi ishchi, soldat va dehqonlar deputatlarining o‘lka kengashi hisoblangan. Kengash ishchi, soldat va dehqon deputatlarining syezdi va musulmon ishchi-mehnatkash tashkilotlari oldida javobgar bo‘lgan. Xalq komissarlari sovetining prezidiumi mavjud bo‘lib, u rais, o‘rinbosarlar va kotibdan iborat bo‘lgan. 1917-yil 8-dekabrda Xalq komissarlari soveti devonxonasi tashkil etilgan. O‘z vakolati bo‘yicha Xalq komissarlari soveti tarkibidagi Xalq komissarlari xalq xo‘jaligining yo‘l, pochta va telegraf, adliya, xalq maorifi, oziq-ovqat, suvdan foydalanish, fuqaro-ma’muriy qism, moliya, tashqi ishlar, harbiy ishlar, savdo va sanoat ishlari bo‘yicha, mehnat, xalq sog‘lig‘ini saqlash va dehqonchilik sohalarini boshqargan. Xalq komissarlari o‘z faoliyati davomida Xalq komissarlari soveti oldida javobgar hisoblangan. 1917-yil 12-dekabrda XKS buyruq chiqarib, unda Rossiya sudlar to‘g‘risidagi dekreti matni e’lon qilindi. Eski sudlar bekor qilindi va o‘rniga yangi sovet sudlari tashkil etildi. Kontrevolutsiya, sabotaj, spekulyatsiya jinoyatlarini ko‘ruvchi tribunallar ham joriy etildi. Ishchi militsiyalari to‘g‘risida NKVD qaror chiqardi. Ularning vazifasi tartibni himoya qilish, fuqarolarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb belgilandi. 1918-yil mart oyidan Favqulodda komissiya (CHK) tashkil etildi. 1918-yil 20-aprelda V o‘lka syezdi tomonidan Rossiya federatsiyasi- ning «Turkiston Sovet respublikasi to‘g‘risida Nizomnoma (Konstitut- siya)» qabul qilindi. Unga ko‘ra oliy qonunchilik organi bo‘lib Turkiston ishchi, soldat, dehqon va musulmon-dehqonlari deputatlari syezdi, syezdlar oralig‘idagi davrda esa Markaziy ijroiya qo‘mitasi oliy hoki- miyat organi hisoblangan. Markaziy ijroiya qo‘mitasi tarkibi 36 nafar 243 a’zodan iborat bo‘ldi. Xalq komissarlari soveti – davlat boshqaruv organi qilib o‘zgartirildi. O‘lkaga Rossiya Federatsiyasining Muxtor respublikasi maqomi berildi. Konstitutsiya orqali yangi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumni mustahkamlash zarur edi. Turkiston ASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan maxsus Konstitutsion romissiya tomonidan tuzilib, Turkiston sovetlarining VI syezdida muhokama etildi. Mazkur syezd 1918-yilning 15 oktabrida TASSRning konstitutsiyasini tasdiqladi. Lekin, ushbu Konstitutsiya markaz tomonidan tasdiqlanmadi. Rossiya kommunistik bolsheviklar partiyasining fikricha, Turkiston o‘lkasi Rossiya federatsiyasi doirasida muxtor respublika bo‘lib qolishi kerak edi. Rossiya kommunistik (bolsheviklar) partiyasi Markaziy Komitetining siyosiy byurosi tomonidan qabul qilingan Turkiston Respublikasi to‘g‘risidagi barcha konstitutsiyaviy hujjatlarda uni Rossiya tarkibida avtonom respublika shaklida saqlash g‘oyasi yoqlab chiqilgan. Turkiston o‘lkasi mustamlakachilikning yangi «sovet» ko‘rinishi bilan chirmab olingan. Konstitutsiya olti bo‘lim va 60 paragrafdan iborat edi. Asosiy Qonunning dastlabki ikkita bo‘limi (1-bo‘limi «Mehnatkash va eksplua- tatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi», 2-bo‘limi «RSFSR Konstitutsiyasining asosiy holatlari») rahbar moddalar sifatida RSFSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasidan to‘liq ko‘chirib olingandi. Turkiston xalqi o‘z Sovetlarining V syezdi orqali o‘zlari egallab turgan viloyatlarni Rossiya Federatsiyasining Turkiston Muxtor Respublikasi deb e’lon qildi. 1920-yilgi konstitutsiya qabul qilinguncha TASSR tarkibida Sirdaryo, Yettisuv, Farg‘ona, Kaspiy orti, Samarqand viloyatlari bo‘lgan. Konstitutsiya Turkiston o‘lkasining markazdan uzoqligi, hududining kengligi, etnografik, topografik va turmush sharoitlarini hisobga olib Turkiston respublikasining qator mustaqil huquqlarini o‘rnatgan. Konstitutsiyaga ko‘ra butun hokimiyat ishchi, soldat va dehqon Sovetlarning Turkiston syezdiga tegishli edi. Unda 25 ming aholidan deputatlar 1 deputat miqdorida saylangan. Umumturkiston syezdi yilda ikki martadan kam bo‘lmagan miqdorda chaqirilishi kerak edi. Markaziy ijroiya qo‘mitasi syezdlar orasida ish olib borgan. Markaziy ijroiya qo‘mitasi 75 nafar a’zodan iborat bo‘lgan. Uning tashkil etilgan Prezidiumi o‘rnida keyinchalik katta va kichik Prezidiumlar tashkil etilgan. 244 TASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasi quyidagi Xalq komissarlik- larini o‘rnatgan: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy ishlar; 3) ichki ishlar; 4) adliya; 5) mehnat va ijtimoiy ta’minot; 6) maorif; 7) pochta va telegraf; 8) moliya; 9) temir yo‘l; 10) dehqonchilik; 11) oziq-ovqat; 12) davlat nazorati; 13) millatlar ishlari; 14) sog‘liqni saqlash; 15) Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi. Respublikada mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lib, ishchi, soldat va dehqon deputatlarning Sovetlari hisoblangan. Viloyatlar uyezd, volost, shahar, qishloq va ovullarga bo‘lingan. Viloyat sovetlari 25 kishidan iborat bo‘lgan ijro qo‘mitalarini saylaganlar. Volost syezdlari 10000 aholidan 1 deputatni, shahar sovetlari va fabrika-zavod posyolka- lari 2000 aholidan 1 deputatni delegat qilib jo‘natishgan. Syezdlar orasida viloyat ijro qo‘mitasi davlat hokimiyat organi bo‘lgan. Doimiy ishlash uchun viloyat ijro qo‘mitasining Prezidiumi 3–5 kishidan iborat tuzilgan. Tuman va shahar ijro qo‘mitalari ham tuzilgan bo‘lib, ular nazorat va reviziya qilish, kengashlarni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo‘lgan. Uyezd syezdlariga shahar va qishloq syezdlari tomonidan deputatlar 2000 aholidan 1 deputat, volost syezdlariga qishloq sovetlari tomonidan 10 sovet a’zosidan 1 deputat miqdorida saylangan. 1920-yilgi Konstitut- siyaga ko‘ra, uyezd syezdlariga 1000 aholidan 1 deputat miqdorida, ishchi posyolkalari esa 200 aholidan 1 deputat miqdorida saylangan. Uyezd, shahar sovetlari o‘zlarining ijro qo‘mitalari va bo‘limlariga ega bo‘lib, qishloq va ovul ijro qo‘mitalari bo‘limlariga ega bo‘lmagan. 1922-yilda Markaziy ijroiya qo‘mitasi «Turk respublikasining musulmon xalq sudlari to‘g‘risida Nizom» qabul qiladi. Unga binoan musulmon sudlari yana qaytadan tiklandi. Ular tarkibiga saylanadigan xalq sudlari kirib, aholi tomonidan 1 yil muddatga saylangan. Sudlar shariat qonunlariga asoslanib ish ko‘rishgan. Agarda hukmlar sovet qonunlariga zid bo‘lsa, u bekor qilingan. Turkiston ASSRning yangi konstitutsiyasi 1920-yilning 24-sentabri- da TASSR Sovetlarining IX syezdida qabul qilindi. U 1920 -yilning 14-sentabrida RSFSR BMIQ tomonidan tasdiqlangan «RSFSRning avtonom qismi sifatida Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risida»gi qaroriga mos holda yaratilgan. Konstitutsiyaning tuzilishi 6 bo‘lim, 20 bob, 109 moddadan iborat bo‘lib, 1918-yilgi Konstitutsiyadan deyarli farq qilmagan. TASSR va RSFSRning o‘zaro munosabatlari Konstitutsiyaning 3- bo‘limida o‘z aksini topgandi. Bu bo‘limda ham 1920-yilning 14- sentabrida RSFSR BMIQ tomonidan tasdiqlangan «RSFSRning avtonom 245 qismi sifatida Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi to‘g‘risida»gi qarori matn bo‘yicha aks ettirilgan. Umuman olganda, Mazkur 1920-yilgi Konstitutsiya Rossiya kommunistik partiyasi rahbarlarining maqsadiga mos kelgan va Moskva tomonidan tasdiqlangan. Shu tariqa Turkiston o‘lkasi o‘zining ko‘zga ko‘rinmas suveren huquqlaridan mahrum etiladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling