O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Buxoro Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining siyosiy tuzumi. 1918-yilning 
sentabr oyida Rossiya K(b)P dasturini tan olgan Buxoro kommunistik 
partiyasi vujudga keldi. Bu partiya o‘z oldiga amir hokimiyatini inqilobiy 
yo‘l bilan ag‘darib tashlash va Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tuzishni 
maqsad qilib qo‘ygan. Buxoro amirlik hukumati Turkfront qo‘shini va 
qo‘zg‘algan xalq hamkorligida 1920-yil sentabr oyida amalga oshirilgan 
«inqilob» orqali ag‘darib tashlandi. Uning o‘rniga yangi shakldagi davlat 
– Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil qilindi. 
BXSR Konstitutsiyasi 1921-yilning 23-sentabrida Umumbuxoro 
Sovetlarining II qurultoyida qabul qilindi. U kirish, 5 bo‘lim, 16 bob, 79 
moddadan iborat bo‘lgan. Unda davlat tuzilishi, fuqarolar huquq va 


 257
erkinliklari, saylov huquqi (20 yosh) va boshqa barcha holatlar o‘z aksini 
topgan. Konstitutsiyada mustahkamlangan va Sovet Rossiyasi tomonidan 
e’lon qilingan ko‘plab dekretlarda ko‘rsatilgan prinsiplar bajarilmagan. 
1921-yilning 3-noyabridan Turkiya missiyasi Buxoroda o‘z faoliyatini 
boshlagan. Shu munosabat bilan Sovet Rossiyasining tazyiqi orqali BXSR 
Konstitutsiyasi harakatdan to‘xtatildi. 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining oliy davlat hokimiyat organi 
350 nafar xalq vakilidan iborat Butunbuxoro sovetlari qurultoyi 
hisoblangan. U Umumbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan bir 
yilda bir marta chaqirilgan. Qurultoylar orasidagi davrda respublikada 
oliy qonunchilik, farmoyish va nazorat qiluvchi organ bo‘lib, 
Umumbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi hisoblangan. U sessiyalar 
tariqasida ish ko‘rib, ikki oyda bir marta chaqirilgan. Xalq Nozirlar 
Kengashi faoliyati ustidan nazoratni ham amalga oshirgan. MIQ ning 
sessiyalari orasidagi davrda respublika oliy hokimiyati organi MIQ 
Rayosati hisoblangan. Rayosat respublika hukumati – Xalq Nozirlar 
Kengashining barcha qarorlarini tasdiqlagan va bekor qilgan.
Respublika hukumati – XNK Umumbuxoro MIQ tomonidan XNK 
raisi, uning ikkita o‘rinbosari va turli tarmoq xalq nozirlari tarkibida 
tuzilgan. XNK davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, ijro-farmoyish 
sohasida keng vakolatga ega bo‘lgan. Nozirlar o‘z faoliyatlarini yakka 
tartibda amalga oshirganlar.
Joylardagi hokimiyat organlari viloyat, tuman, kent xalq 
deputatlarining kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalari, qo‘mitasi raisi va 
rayosatlari hokimiyatni amalga oshirgan.
BXSRda odil sudlov xalq qozi sudlari, oliy kassatsiya instansiyasi 
sifatida xalq sudlari kengashi tomonidan amalga oshirilgan. Ular mahalliy 
inqilobiy qo‘mitalar tomonidan saylash yo‘li bilan tashkil qilingan. 1924-
yilda qabul qilingan «BXSR sud tuzilishi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra 
sud tizimi o‘zgartirildi. Unga ko‘ra sud tizimi shahar, tuman va 
kentlardagi xalq va qozi sudlari, okrug sudlari (ikkinchi instansiya) 
hamda oliy sud (oliy nazorat) organidan iborat tartibda tashkil etildi. 
Shu bilar bir qatorda harbiy jinoyatlarni ko‘rib chiquvchi harbiy 
tribunallar va davlat organlari o‘rtasida vujudga keluvchi mulkiy nizolarni 
ko‘rib chiquvchi davlat arbitraj qo‘mitasi mavjud bo‘lgan. Oliy sud 
plenumi barcha sud organlariga ko‘rsatmalar bergan, qonunlarni 
sharhlagan, sud amaliyotini umumlashtirish bilan shug‘ullangan. Ushbu 
sudlar bilan bir qatorda maxsus tashkil qilingan, oliy harbiy inqilobiy 
tribunal mavjud bo‘lib, u «inqilobga» qarshi jinoyatlarni ko‘rib chiqqan.


 258
1924-yil 5-yanvarda «BXSR sud tizimi to‘g‘risida Nizom» qabul 
qilingan. Bu nizomga muvofiq amaldagi sud tizimini qayta tashkil etiladi. 
Xalq va qozilik sudlarida esa xalq maslahatchilarining ishtirok etishi joriy 
etiladi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling