O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
BXSR va XXSRlari ichki ishlar organlari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
BXSR va XXSRlari ichki ishlar organlari. Buxoro va Xorazm Xalq
Sovet respublikalarida militsiya organlarining yaratilish va rivojlanish tarixi o‘ziga xos xususiyatga ega. Xorazm va Buxoro xalq respublikalari mavjud bo‘lgan dastlabki kunlaridanoq tartibni muhofaza qilish idoralari yaratila boshlandi. Bu idoralarga rahbarlik qilish uchun Buxoro Xalq Sovet respublikasida Ichki ishlar xalq nozirligi (komissarligi) tashkil etilgan. U markaziy va mahalliy hokimiyatlarning barcha qarorlari va farmoyishlari bajarilishini nazorat qilgan. Markaziy va mahalliy ma’muriy boshqarish organlari faoliyatini, militsiya tuzilishini, qamoqxonalarni boshqargan. Buxoro respublikasi Ichki ishlar xalq nozirligi tarkibida qo‘riqlash bo‘limi ta’sis etilgan. Uning zimmasiga fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va respublikada o‘rnatilgan davlat tuzumiga qarshi ayrim shaxslar yoki uyushmalar tomonidan qilinishi mumkin bo‘lgan suiqasdlarning oldini olish uchun militsiya mahkamalari yaratish vazifasi yuklangan. Bo‘limda uchta: siyosiy qidiruv (aksilinqilobchilarga qarshi kurash), jinoiy qidiruv (jinoyatchilikka qarshi kurash) va militsiya (fuqarolarning shaxsi va huquqlarini himoya qilish) bo‘linmalari bor edi. Xorazm Respublikasining ishchi-dehqon hokimiyati 1920-yil 9- aprelda «Mamlakatda militsiya boshqarmasini ta’sis etish va Xiva shahrini himoya qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qarorga ko‘ra Adliya nozirligi qoshida Militsiya boshqarmasi ta’sis etildi. Militsiyada kadrlarning yetishmasligi natijada Buxoro Respublikasi hukumati aholi orasida militsiya ishi majburiyatini o‘tashni joriy etishga undaydi. Aholi yashaydigan joylardagi har bir mavzeda oqsoqollarning kuzatuvi ostida bir yoki ikki kishi tanlab olinib, tartibni saqlash ular zimmasiga yuklangan. Mavzelardan saylab qo‘yilgan kishilarning faoliyati militsiya organlari yordami va nazorati ostida olib borilgan. Shunday qilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasida hokimiyat va davlat boshqaruv organlarining tizimi Rossiya va Turkiston ASSRning davlat organlari asosida tuzilgan. Yangi tashkil qilingan hokimiyat sinfiyligi bilan xarakterlanib, o‘z oldiga faqat ishchi va kambag‘al dehqonlar manfaatini himoya qilib ish yuritgan. Ushbu davrda Buxoroda o‘ziga xos huquq tizimi shakllangan. Mamlakatda yangi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan 259 Konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan bir qatorda ularga zid bo‘lmagan shariat normalari ham amalda bo‘lgan. RSFSR jinoyat va jinoyat protsessual majmualari 1924-yilning 24-fevralidan boshlab Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hududida ham amal qila boshlagan. Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalarining asosiy huquq manbai sifatida ularning konstitutsiyalari, Sovetlar markaziy inqilobiy (ijroiya) qo‘mitalarning dekret (qonun va farmoyish)lari, Xalq nozirlari kengashlarining qarorlari va buyruqlari, nozirliklarning buyruqlari va yo‘riqnomalari, mahalliy sharoitdan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan RSFSR va Turkiston ASSR qonunlari amal qilgan. Meros, nikoh va oila masalalarida boshqa huquq manbalariga zid kelmagan shariat va odat normalariga ham tayanilgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling