O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

HUDUDIDA DAVLAT VA HUQUQ
1-§. XX asr boshlarida O‘rta Osiyo hududida davlat va huquq 
Chor Rossiyasida 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobi va oktabr 
davlat to‘ntarishlari yangi hokimiyatni vujudga keltirdi. Oktabr oyida 
sotsialistik to‘ntarishning amalga oshirilishi va sovetlar hokimiyatining 
o‘rnatilishi chekka o‘lkalardagi norozilik harakatlarining yanada 
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Inqilobdan so‘ng Turkistonda hokimiyatga 
da’vogarlik qilganlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) Rossiya 
muvaqqat hukumatining Turkistondagi siyosiy vakili; 2) inqilobdan so‘ng 
tashkil etilgan milliy-siyosiy kuchlar («Sho‘roi-islomiya» va boshq.);
3) o‘lka Sovetiga birlashgan barqaror bo‘lmagan boshqa kuchlar.
Bu vaziyatda, bir tomondan, milliy tashkilotlarning mavqei kuchli 
bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ular hali bolsheviklar kabi 
yo‘lboshchilik darajasiga ko‘tarila olmagan edi. Shunga qaramasdan, ular 
hokimiyat tizimida o‘zlarining ma’lum o‘rinlari bo‘lishiga da’vogarlik 
qilardi. Lekin, butun hokimiyatni qo‘lga olishga botina olmaganlar. Shuni 
ta’kidlash lozimki, Muvaqqat hukumat va uning Turkistondagi qo‘mitasi 
aholi o‘rtasida muayyan obro‘ orttirishga erishdi. 
«Markaziy Sho‘roi Islomiya» tashabbusi bilan 1917-yilning
26-noyabrida Turkiston o‘lkasi musulmonlarining IV qurultoyi Qo‘qon 
shahrida o‘z ishini boshladi. Unda Turkiston o‘lkasining barcha 
mintaqalaridan va turli tashkilotlardan jamiyatning alohida tabaqalari 
manfaatlarini, irodasini aks ettiruvchi turli millatlar vakillari qatnashdilar. 
Sho‘roi islomiya, Sho‘roi ulamo, Musulmon harbiylari kengashi, O‘lka 
yahudiylari, Buxoro yahudiylar jamiyati va boshqalar shular jumlasi-
dandir. Delegatlar kelishib bo‘lajak davlatni «Turkiston muxtoriyati» deb 
atashga qaror qildilar. Butun o‘lka Ta’sis majlisida uzil-kesil davlat 
tashkil etilishi ta’kidlanib, Muvaqqat kengash tuzildi. 
Qurultoy tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiyada Turkiston 
o‘lkasida yashovchi barcha millatlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish 
huquqi belgilanib, Turkiston – Rossiya federativ-demokratik respublikasi 
tarkibidagi hududiy-muxtor Respublika deb e’lon qilindi. Turkiston 
Ta’sis majlisiga Turkiston muxtoriyati shaklini belgilash huquqi berildi. 
O‘lkani boshqarish va uning tuzilishi bo‘yicha quyidagilar taklif etildi: 1) 


 240
Muxtoriyatning Oliy organi – Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi; 2) Ta’sis 
majlisiga saylovning o‘ziga xos (proporsional) alohida tizimini yo‘lga 
qo‘yish; 3) Muxtoriyatning oliy organlariga Rossiya vakillari va aksincha, 
Rossiya oliy organlariga muxtoriyat vakillaridan kiritish hamda Turkiston 
Muxtoriyati qonunlari Rossiya Federatsiyasi qonunlari hamda shariat 
normalari asosida qabul qilinishi taklif etilgan; 4) Turkiston Muxtoriyati 
o‘zining qurolli kuchlari, militsiyasi, prokuraturasiga ega bo‘lishi, qarshi 
tashqi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘z o‘zidan Rossiya harbiy 
qo‘mondonligi ixtiyoriga o‘tish va boshq. 
Xalq komissarlari sovetining butun hokimiyatini Turkiston muvaqqat 
hukumati qo‘liga to‘laligicha topshirish talabi o‘lkada yakka hokimiyat 
o‘rnatmoqchi bo‘lgan bolsheviklarni jiddiy sarosimaga solib qo‘ydi. Shu 
boisdan ular Turkiston muxtoriyatini yo‘q qilish maqsadida harbiy 
tajovuzni ishga solishga qaror qildi.
O‘zbek xalqining mustaqillik uchun kurash tarixida 1918-yildan 
1930-yillarning boshlarigacha davom etgan milliy ozodlik harakati 
alohida o‘rin tutadi. Mazkur harakat jarayonida qator hujjatlar qabul 
qilingan bo‘lib, bular orasida 1922-yilning 15–20 aprelida milliy-ozodlik 
harakati vakillari ishtirokida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiston 
musulmonlarining II qurultoyi tomonidan tasdiqlangan 36 moddadan 
iborat bo‘lajak mustaqil Turkiston Respublikasining vaqtinchalik 
Konstitutsiyasi – Nizomnoma katta e’tiborga molikdir. 
Undagi bosh masala – bu o‘lkada bolsheviklar hukmronligiga barham 
berilganidan so‘ng mustaqil Turk Islom Respublikasini tashkil qilish
bo‘lgan. Nizomnomaning umumiy mazmunidan kelib chiqib shuni qayd 
etish joizki, bu davlat boshqaruv shakliga ko‘ra prezidentlik, davlat 
tuzilish shakli bo‘yicha unitar, siyosiy rejim nuqtai nazaridan demokratik 
respublika bo‘lishi kerak edi. Mafkura sohasida esa bu respublikada islom 
dini hukmronlik mavqeini egallashi ko‘zda tutilgan (shu davrdagi rasmiy 
ma’lumotlarga ko‘ra Turkiston aholisining 95 foizini musulmonlar tashkil 
qilgan). Diniy tolerantlik aks ettirilgan. 
Nizomnomada Turkistonda yashovchi barcha xalqlarning nufuzi, dini 
va mazhabidan qat’i nazar ularning milliy va diniy urf-odatlari, 
marosimlari, an’analarini amalga oshirish va ularga rioya qilish, milliy 
madaniyatini rivojlantirish, o‘z ona tilida bilim olishi uchun sharoit 
yaratilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, unda 15 kishidan iborat Muvaqqat 
hukumat – Vazirlar Mahkamasini tashkil qilishga e’tibor berilgan. 
Hukumatga qurultoy tomonidan saylanadigan prezident boshchilik qilishi 
belgilangan. Qurultoy tomonidan prezident, vitse-prezident va davlat 


 241
kotibidan iborat tarkibda ijroiya qo‘mitasi tashkil qilinishi ham 
mustahkamlangan. 
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va O‘sh okruglarining 
harbiy komissarlarini, mudofaa, ichki ishlar, tashqi ishlar, pochta va 
telegraf, adliya, madaniyat, moliya, transport vazirlarining tayinlanishi 
ko‘rsatilgan. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ushbu davlat organlari va mansabdor shaxslar 
o‘z faoliyatini Turkistonda bolsheviklar hukmronligiga barham 
berilgandan so‘ng chaqiriladigan navbatdagi qurultoygacha amalga 
oshirishlari ko‘zda tutiladi. 
Nizomnomada qayd qilinishicha, navbatdagi qurultoy vakillari 18 
yoshga to‘lgan fuqarolar tomonidan demokratik saylovlar asosida 
saylanadi. Vakillarning umumiy soni 5000 ta bo‘lib, Turkistonda istiqo-
mat qiluvchi barcha xalqlarning vakillari ularning soniga mutanosib holda 
saylanishi kerak. Qurultoy muvaqqat hukumat tomonidan chiqarilgan 
hujjatlarni, hukumat a’zolarini va boshqa mansabdor shaxslarni uzil-kesil 
tasdiqlaydi, yerdan foydalanish va boshqa respublika hayoti bilan bog‘liq 
muhim masalalarni muhokama qiladi va hal etadi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, ushbu 
Nizomnoma o‘lkadagi milliy-ozodlik kurashi tarixida qabul qilingan 
muhim hujjatlardan biri bo‘lib, unda kelajakda tashkil etilishi lozim 
bo‘lgan Mustaqil Turkiston Respublikasining siyosiy, madaniy, iqtisodiy 
va huquqiy hayotining asosiy qoidalari o‘z aksini topgan. Jamiyatni 
demokratik asosda qayta qurishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib 
berilgan. Kun tartibidagi vazifalar o‘lka xalqlari ko‘pchiligining o‘sha 
davrdagi xohish-istagiga, jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlariga mos kelgan. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling