O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
XVI BOB. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI
1-§. O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari tizimi XX asr oxirlariga kelib jahon xaritasida yana bir mustaqil, suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tinch yo‘l bilan o‘zining mustaqil davlatchiligiga ega bo‘ldi. Mustaqillik o‘zbek xalqiga o‘z tarixini va milliy-ma’naviy hamda huquqiy qadriyatlarini qayta tiklash imkonini berdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Mustaqillik biz uchun muqaddas ma’naviy qadriyatlar va milliy an’analarga tayangan holda va tarzda yashash, ana shu bebaho merosni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yanada boyitgan holda yetkazish demakdir» 1 . Mustaqillik bois ijtimoiy-siyosiy jabhada tub burilish sodir bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi o‘z davlatini tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mustaqillikning qadri, xalqimiz uchun ahamiyati va uni asrash mas’uliyati xususida gapirib, yurtboshimiz «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» nomli asarida quyidagi fikrlarni bayon etdi: «Mustaqillik bizga nima berishini bilardik. O‘z taqdirimiz, farzandlarimiz kelajagini o‘zimiz hal etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘z yerimiz, boyliklarimizga sohiblik qila boshladik… Mustaqillik tufayli dunyoga, jahonga chiqdik… Dunyo xaritasida endi katta harflar bilan «O‘ZBEKISTON» deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi» 2 . Mustaqillik sharofati bilan ma’naviy hayotimizda uyg‘onish yuz berdi. Tariximizni tikladik. Ona tilimizni angladik… Udumlarimiz, qadriyatlarimizga qaytdik. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zligimizni angla- dik… Siyosiy yo‘lda burilish bo‘ldi. Mustaqillikni e’lon qilib, uni qonun bilan rasmiylashtirdik 3 . O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqillik yillari qad rostlash, o‘zlikni anglash, istiqbol rejalarini belgilash hamda ulug‘vor maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan islohotlar davri bo‘ldi. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɬɚɧɥɚɝɚɧ ɣʆɥ – ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɜɚ ɦɚɴɪɢɮɢɣ ɞɭɧɺ ɛɢɥɚɧ ԟɚɦɤɨɪɥɢɤ ɣʆɥɢ. Ɍ.11. – Ɍ., 2003. – Ȼ. 19. 2 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɦɭɫɬɚԕɢɥɥɢɤɤɚ ɷɪɢɲɢɲ ɨɫɬɨɧɚɫɢɞɚ. – Ɍ., 2011. – Ȼ. 426. 3 Qarang: O‘sha asar.– Ȼ. 425–426. 272 Boshqa mamlakatlar va davlatlar singari O‘zbekiston ham o‘zining bir necha ming yillik qadimiy hamda mustaqillik bilan bog‘liq zamonaviy tarixiga ega. Har bir davlatning o‘z tarixi bo‘lgani singari O‘zbekistonning ham o‘z tarixi, qaror topish ibtidosi hamda shakllanish bosqichlari bor. Respublikamizning mustaqillik davridan boshlanuvchi tarixini o‘rganishga oid ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi holda uni 1989-yildan boshlab o‘rganish kerakligi ta’kidlansa, ikkinchi yonda- shuvda – 1991-yil sentabrdan boshlab o‘rganish lozimligi to‘g‘risidagi fikr ilgari suriladi. Har ikki yondashuv ham o‘sha davrdagi istiqlolga intilish va erishish bilan bog‘liq islohotlar, qabul qilingan siyosiy va konstitutsiyaviy qarorlar mohiyatiga tayanadi. Ayni vaqtda, har ikki holda ham O‘zbekiston davlati va huquqi bir-biriga uzviy bog‘liq tarzda bir tarixiy sharoitda hamda davrda shakllanishi e’tirof etiladi. Mustaqil taraqqiyot yillarida – tarixan qisqa bir davrda – O‘zbekiston yangi demokratik davlatchilikni barpo etish va insonparvar huquqiy tizimni qaror toptirish borasida ulkan marralarni qo‘lga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimiz qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda… Erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida obro‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismidir 1 . O‘zbekiston tarixini o‘rganishning yuqorida ta’kidlangan birinchi yondashuviga ko‘ra, uni 1989-yildan boshlash lozim degan fikrda ma’lum ma’no bor. Darhaqiqat, 1980-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitetni qo‘lga kiritishga yo‘naltirilgan chora- tadbirlar ko‘rildi 2 . O‘zbekiston Oliy Sovetining XI chaqiriq oxirgi sessiyasida «O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti… amalga oshirilayotgan siyosiy sistema islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni 1 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ., 2010. – Ȼ. 5–6. 2 Qarang: Ɇɭɫɬɚԕɢɥ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɬɚɪɢɯɢ // Ɍɭɡɭɜɱɢɥɚɪ: ɇ. ɀʆɪɚɟɜ, Ɍ. Ɏɚɣɡɭɥɥɚɟɜ. – Ɍ., 2000. – Ȼ. 27. 273 hisobga olgan holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirish- ning asosiy yo‘llarini belgilasin», degan qaror qabul qilindi 1 . 1990-yil 23-martida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti- ning Plenumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarini tahlil etish va tegishli konsepsiya ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur anjumanda respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi, unda Islom Karimov real hokimiyat O‘zbekiston Kompartiyasidan barcha darajadagi xalq deputatlari kengashlariga, ya’ni davlat hokimiyati idoralariga berilishi lozimligini ta’kidlab, shunday dedi: «… Bugun yuzaga kelgan vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etmoqda». «Binobarin, eng muhimi shundan iboratki, Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi. Chunki bu shunchaki emas, balki haqiqiy davlatchilik hokimiyatining bunday tuzilmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega» 2 . Mazkur holatdan kelib chiqib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi mamlakatimiz tarixida ilk marotaba Prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston SSR Prezidenti etib sayladi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dastlabki qadam edi. Demokratik davlat barpo etish jarayonida prezidentlik institutining joriy etilishining ahamiyati xususida fikr yuritib, I.A. Karimov quyidagi mulohazalarni bildirdi: Prezident zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: «1. O‘zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish… 2. Prezident boshqaruvining muhim vazifalari- dan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga erishish… 3. Mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab- ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish – Respublikaning davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, O‘zbekis- 1 Qarang: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɋɋɊ Ɉɥɢɣ Ʉɟɧɝɚɲɢɧɢɧɝ ɦɚɠɥɢɫɥɚɪɢ. ɋɟɧɬɹɛɪɶ ԟɢɫɨɛɨɬɢ. 1989 ɣ. 2 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling