O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Parlament. O‘zbekiston Respublikasi hokimiyatlar taqsimlanishi 
prinsipi asosida davlat hokimiyatida xalq vakilligini ta’minlovchi va 
1
Qarang: ɈɞɢɥΙɨɪɢɟɜ ΢.Ɍ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɞɚ ԕɨɧɭɧ ɱɢԕɚɪɢɲ
ɠɚɪɚɺɧɢ. – Ɍ., 1995. – Ȼ. 49–50.


 278
qonunlar chiqarish bilan shug‘ullanuvchi organ sifatida mamlakat 
parlamenti, ya’ni Oliy Majlisni ta’sis etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi xalq tomonidan bevosita saylov asosida shakllantiriladigan organ 
bo‘lib, uning asosiy faoliyat vazifasini qonun ijod etish tashkil qiladi. 
Parlamentning ma’no-mohiyati va ta’rifi Konstitutsiyaning 76-
moddasida belgilangan. Ushbu konstitutsiyaviy qoidani hayotga bevosita 
joriy etish maqsadida 1994-yil 22-sentabrda «O‘zbekiston Respubli-
kasining Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan 
edi. Qonunda talqin etilishicha: «O‘zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi 
oliy vakillik organidir» (1-modda). Davlatning qonun chiqarish faoliyati 
uning jamiyatni boshqarish, unga siyosiy-huquqiy rahbarlik qilish 
borasidagi muhim funksiyasidir.
O‘zbekistonda 1995-yildan 2005-yilgacha bir palatali Oliy Majlis 
faoliyat ko‘rsatdi. U hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p 
partiyaviylik asosida saylanadigan 250 deputatdan iborat bo‘ldi. 
Konstitutsiyaning 77-moddasiga muvofiq, parlament 5 yil muddatga 
saylanadi. Vakolat muddati tugagach, Oliy Majlis yangi chaqiriq Oliy 
Majlisi ish boshlagunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida (2000-yil 25-
may) Prezident tomonidan taklif kiritilib, qonun chiqaruvchi idorani 
doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tkazish 
masalasi o‘rtaga qo‘yildi. 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendumda 
xalqimiz mamlakatda ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini qo‘llab-
quvvatladi.
2002-yil 4-aprelda Oliy Majlis umumxalq ovoz berishda bildirilgan 
mulohaza va kayfiyatni umumlashtirib, «Referendum yakunlari va davlat 
hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konsti-
tutsiyaviy qonunni qabul qildi. Bu qonunda ikki palatali parlamentni 
shakllantirish borasidagi parlament islohotlarini – davlat hokimiyati 
organlarini isloh qilishning asosiy vazifasi sifatida belgilandi. Shuning-
dek, qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, 
sud tarmoqlari o‘rtasidagi muvozanatni, ulardan har birining mustaqilli-
gini ta’minlash prinsipi mustahkamlandi.
Ikki palatali parlamentga o‘tilishi hokimiyatning uch tarmog‘i 
o‘rtasidagi vakolatlarning qayta taqsimlanishi hisobiga davlat hokimiyati 
mexanizmining ma’lum darajada o‘zgarishiga olib keldi. Ammo, bunda 
hokimiyatlar o‘rtasida mutanosiblikka zarar yetmasligi kerak. Bu 
islohotlarga 2002-yil 12-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 


 279
Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va 2003-yil 24-apreldagi 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi 
konstitutsiyaviy qonunlar hamda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun huquqiy 
asos bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qonunlarda ikki palatali parlamentning 
huquqiy holati va tuzilishiga doir asosiy qoidalar mustahkamlandi
1
.
2004-yil dekabr va 2005-yil yanvar oylarida parlament saylovlari 
bo‘lib, mamlakatimizning ikki palatali parlamenti shakllantirildi. Yangi 
parlamentning birinchi yalpi majlisida Prezident I.A. Karimov shunday 
dedi: «Ikki palatali parlamentni shakllantirishdan maqsad: birinchi
parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama 
asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro 
muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish. Ikkinchi – Qonunchilik 
palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda 
tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini 
keskin oshirish. Uchinchi – Senat, asosan, Mahalliy kengashlar
hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini 
inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga 
erishish. To‘rtinchi – aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi 
ishtiroki ko‘lamini yanada kengaytirish. Aynan shu maqsadlar yuqori 
palata – Senatning viloyat, shahar va tuman vakillik organlari 
deputatlaridan saylanishi zamirida ham mujassam»
2
.
Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi-
ning saylov kuniga qadar 25 yoshga to‘lgan hamda kamida 5 yil 
O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqarosi Qonunchilik palatasi 
deputati, shuningdek Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi 
hisoblanmish hududiy vakillik palatasi – Senat deb nomlanadi. Mohiyatan 
u hududlardan saylangan vakillardan iborat tarkibda shakllantiriladi. 
Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, 
tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining 
tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz 
berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahridan teng miqdorda 6 kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar 
1
Qarang: ɈɞɢɥΙɨɪɢɟɜ ΢., Ɍɭɥɶɬɟɟɜ ɂ. ɂɤɤɢ ɩɚɥɚɬɚɥɢ ɩɚɪɥɚɦɟɧɬ. – Ɍ., 2005. 
– Ȼ. 23. 
2

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling