O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublika-
sining ijro hokimiyati oliy organi – Hukumati hisoblanadi. 1993-yil 6-
mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun 
qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan, 
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning 
samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Qonunlar va Oliy 
Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. 
Vazirlar Mahkamasi barcha sohalarda markaziy boshqaruvni amalga 
oshiradi. Vazirlar Mahkamasining vakolati mamlakatning butun hududi 
doirasida ta’sir etadi. Uning faoliyati va vakolatlari respublika hayotining 
barcha tomonlarini qamrab oladi. Vazirlar Mahkamasi davlat 
hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organidir. Ya’ni, u 
shunday organki, davlat funksiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga 
oshirilishini, mamlakatda ma’muriy-siyosiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy 
qurilishni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasining bu xususiyati uning 
davlat boshqaruvi organlari tizimi yuqorisida turishini belgilab beradi.
Ijro etuvchi hokimiyat organi o‘z faoliyatida kollegiallik, demok-
ratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha 
millatlar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga 
asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi 
o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat 


 283
qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa 
organlari rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Hukumat 
boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 
Vazirlar Mahkamasining tuzilish tartibi Konstitutsiya va qonunda 
belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq, Vazirlar 
Mahkamasi tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u 
Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu holat qonunning 4-moddasida 
quyidagicha ifodalangan: «Bosh vazir va uning o‘rinbosalari, Vazirlar 
Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladilar va keyinchalik bu 
masala Oliy Majlis tasdig‘iga kiritiladi». 
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish maqsadida maxsus 
apparat tashkil etiladi. Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, Vazirlar 
Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati 
majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va 
boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining 
bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. 
Vazirlar Mahkamasining apparati va uning bo‘limlari to‘g‘risidagi 
nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini ta’minlash maqsadida, uning 
doimiy tuzilmasi sifatida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat 
tarkibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati tashkil etiladi. 
Vazirlar Mahkamasining apparati asosiy tarkibiy bo‘linmalarining 
rahbarlari Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan 
ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari korxonalarda, muassasalarda va 
tashkilotlarda pul to‘lanadigan boshqa lavozimni egallash, shuningdek, 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
avvalo, Konstitutsiya bilan belgilangan. Shuningdek, «Vazirlar 
Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunning 4-bobi Vazirlar Mahkamasining 
asosiy vakolatlariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining farmonlari ham Vazirlar Mahkamasining vakolatlari doirasini 
belgilab beradi.
Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini shartli ravishda quyidagi uchta 
katta guruhga ajratish mumkin:
1) xo‘jalik qurilishi sohasidagi vakolatlari;
2) ma’muriy-siyosiy sohadagi vakolatlari;


 284
3) ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’muriy-siyosiy 
boshqaruv sohada juda keng vakolatlarga ega. Aynan Vazirlar Mahka-
masi: 
– respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtirib boradi;
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish 
to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
– vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik 
boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi,
– vazirlar, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari va bosh 
boshqarmalar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari 
va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod 
qiladi;
– O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa 
qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo‘riqlashni ta’minlash, davlat 
manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning 
huquqlari va erkinligini ta’minlash va himoya qilish chora-tadbirlarini 
amalga oshirishga ko‘maklashadi; 
– davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini 
birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan 
yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiq-
lashtiradi; 
– O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro 
tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va 
bitimlar tuzadi va ularni bajarish choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy sohadagi asosiy vakolatlari doira-
sida:
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilik-
ning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni 
monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va erkin 
tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi; 
– xo‘jalik yuritishning yangi shakllari – konsernlar, konsorsiumlar, 
tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday 
tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi, xalq 
xo‘jaligi va aholi talablarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda 
ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi
– O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash 
chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx 


 285
siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan 
kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini 
ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
– respublika budjetini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini 
ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy-madaniy 
sohalarda ham keng vakolatlar doirasiga ega. Xalq ta’limiga rahbarlik, 
ilmiy, madaniyat-ma’rifat ishlari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, 
mehnatni tashkil etish va kadrlar tayyorlashni tashkil etish ijtimoiy-
madaniy sohadagi vakolatlari sirasiga kiradi. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fan va texnikani 
rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza 
qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy 
himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini ta’minlash chora-
tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi; sog‘liqni 
saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini 
amalga oshirish, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari va Prezidentning farmon, 
qaror va farmoyishlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan umummajburiy 
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling