O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Mehnat huquqi sohasi ham davr ruhiga mos tarzda shakllanib, unda
liberallashish yo‘lidan borilayotgani namoyon bo‘ladi. Uning o‘zak qonuni – Mehnat kodeksi bu sohadagi qator an’anaviy va yangi institutlarni mustahkamladi. Jumladan, mehnat shartnomasi, ishsizlikni e’tirof etish va ishsizlik nafaqasi, ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi, mehnatga haq to‘lash, mehnat intizomi, mehnatni rag‘batlan- tirish, xodimga yetkazilgan zarur uchun moddiy javobgarlik, mehnatni muhofaza qilish, ayollar mehnatining kafolatlari, ayollarga oilaviy vazifalarni bajarish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar, yoshlar mehnatining kafolatlari, mehnat nizolarini ko‘rish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, pensiya ta’minoti, xodimning mehnat huquqlarini sud tartibida muhofazalash kabi 297 institutlarni e’tirof qilish mumkin. Eng muhimi, mehnat munosabat- larining zamonaviy huquqiy bazasi sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘zida aks ettirdi. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yilda qabul qilingan Oila kodeksi mamlakatimizda yangi, mustaqil oila huquqi tarmog‘i shakllan- ganligini yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Ushbu huquq sohasi oilaning mohiyatini, uning ijtimoiy vazifasini ifodalab jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatidagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarda fuqarolarning tengli, erkin va ixtiyoriy faoliyat yuritishi masalalarini tartibga solishga qaratilgan. Unda nikoh tuzish, er-xotinning huquq va majburiyatlari, oilada bola tarbiyasi, oilada mulkiy munosabatlar va ularning kafolatlari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari, fuqarolik (oilaviy holat) holati dalolatnomalarini qayd etish institutlari, shuningdek xalqimizning milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi yangi institutlar: nikoh shartnomasi, nikoh tuzuvchi taraflarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohni taqiqlash hamda qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash kabilar mustahkamlab qo‘yildi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling