O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiya m. A. Rustamov ingliz tili darslik


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/157
Sana31.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1314455
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   157
Bog'liq
M.A.Rustamov Ingliz tili 2010

 
-‘s quyidagi holatlarda ishlatiladi: 
1. -‘s odamlar va inson faoliyati dilan aloqador otlarga qo‘shiladi, 
masalan: 
Atoqli otlar: Abraham Lincoln’s speech (Abraham Linkolnning 
nutqi)
Shaxslarni nomlovchi otlar: the girl’s dress (qizning ko‘ylagi)
Jamlovchi otlar: the team’s success (jamoaning muvaffaqiyati)
Inson faoliyati bilan aloqador otlar: the body’s ability (tananing 


- 194 - 
qobiliyati). 
Geografik nomlar: Canada’s history (Kanadaning tarixi)
Muassasalarning nomlari: the University’s budget (Universitetning 
byudjeti). 
2. Vaqtni ifodalovchi ko‘pchilik so‘zlarning egalik kelishigi -‘s 
bilan yasaladi, masalan: a month’s pay (bir oylik ish haqqi), a year’s 
work (bir yillik ish), two week’s vacation (ikki haftalik ta’til), season’s 
greetings (mavsumning ochilishi). 
3. Ba’zi turg‘un iboralar tarkibidagi otlar -‘s bilan birikadi, 
masalan: our money’s worth (pulimizga yarasha), at arm’s length 
(nariroqda). 
4. Hayvonlarning nomlariga -s’ qo‘shiladi, masalan: a dog’s life 
(itning hayoti), the horse’s mane (otning yoli), the kitten’s cry 
(mushukchaning yig‘lashi), the cat’s meow (mushukning miyovlashi). 
Qolgan holatlarda otlarning egalik kelishigi of predlogi yordamida 
yasaladi. Bunda o‘zbek tilidan farqli ravishda birikmadagi 
aniqlanmish oldin, aniqlovchi esa keyin keladi, masalan: the tires of 
the car (mashinaning balonlari), the surface of the road (yo‘lning 
yuzasi), the roof of the house (uyning tomi), the leaves of the tree 
(daraxtning barglari).
 
 
ARTIKLLAR 
ARTICLES 
Artikllar mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan yordamchi so‘zlar 
bo‘lib, otlarning aniqlovchisi hisoblanadilar. Ingliz tilida artikllarning 
ikki turi mavjud: noaniq artikl (the indefinite article) va aniq artikl 
(the definite article). 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling