O’zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiya m. A. Rustamov ingliz tili darslik


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/157
Sana31.03.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1314455
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157
Bog'liq
M.A.Rustamov Ingliz tili 2010

Sanalmaydigan otlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1. Oziq-ovqat, materiallar va metallar, tabiiy sifatlarni nomlovchi 
otlar: bread (non), cake (pirog), chocolate (shokolad), meat (go‘sht), 
spaghetti (makaron), spinach (ismaloq), butter (saryog‘), cheese 
(pishloq), copper (mis), cotton (paxta), grass (maysa), iron (temir), 
rayon (cellulosa), steel (po‘lat), wood (taxta), lightness (yorug‘lik), 
darkness (qorong‘ulik), heaviness (og‘irlik), brightness (charog‘onlik), 
foolness (axmoqlik), luminescence (miltirash, chaqnash), adolescence 
(yoshlik; yigitlik va qizlik) va boshqalar. 
2. Suyuqliklar, gazlar va juda mayda qismlardan iborat jismlar: 
coffee (kofe), milk (sut), oil (yog‘), tea (choy), air (havo), carbon 
dioxide (uglekislotali gaz), oxygen (kislorod), smoke (tutun), barley 
(arpa), rice (guruch), sugar (shakar), popcorn (bodroq) va boshqalar. 
3. Tillarning nomlari: Arabic, English, Chinese, French, Japanese
Russian, Spanish, Swahili, Welsh va boshqalar. 
4. Ko‘pchilik -ing qo‘shimchasi bilan tugovchi otlar (quyidagilar 
bundan mustasno: building, feeling, dealing, wedding, helping ovqat 
ma’nosida; a saving – iqtisod, lekin savings – tejalgan pul; 
furnishings) doim ko‘plikda ishlatiladi: clothing (kiyim), dancing 
(raqs), studying (o‘qish), hiking (sayr), learning (o‘rganish), lightning 
(chaqmoq), trying (urinish), waiting (kutish), smoking (chekish) va 
boshqalar. 
5. Ko‘pchilik mavhum otlar, shu jumladan-ness, -ance va -ity 
qo‘shimchalari bilan yasalgan otlar mavhum tushunchalarni bildiradi 
va sanalmaydi: beauty (chiroy), equality (tenglik), serenity (osudalik), 
happiness (baxt), selfishness (xudbinlik), ignorance (nodonlik), 


- 189 - 
importance (ahamiyat), obsolescence (toliqish), peace (tinchlik), 
plenty (ko‘p), sanity (sog‘lomlik), verbosity (sergaplik) va boshqalar. 
Boshqa tillarda sanaladigan ko‘pgina otlar ingliz tilida 
sanalmaydigan otlar sirasiga kiradi: advice (maslahat), anger (jahl), 
applause (qarsaklar), baggage (bagaj), behavior (fe’l-atvor), cash 
(naqd pul), chaos (xaos), chess (shahmat va boshqa o‘yin nomlari), 
conduct (xulq-atvor), damage (zarar), dirt (iflos), furniture (mebel), 
garbage (axlat), harm (zarar), hospitality (mehmondo‘stlik), 
information (ma’lumot), laughter (kulgi), leisure (bo‘sh vaqt), luck 
(omad), luggage (bagaj), melancholy (melanxoliya), money (pul), 
news (yangiliklar), permission (ruxsat), photography (fotografiya va 
aphy ga tugaydigan boshqa otlar), poetry (nazm, she’riyat), progress 
(progres), publicity (oshkoralik), rubbish (chiqit), safety (xavfsizlik), 
violence (zo‘ravonlik), weather (ob-havo), moonlight (oy nuri), mud 
(balchiq), music (musiqa) va boshqalar. 
Sanalmaydigan otlar o‘lchanganda yoki tasnif qilinganda 
(turlarga, sinflarga bo‘linganda), ularning ko‘pchiligidan oldin of 
piece, of bit, of  item so‘zlari kelishi mumkin. Boshqa shularga 
o‘xshash so‘zlar ham, sanalmaydigan otlarning ayrimlari bilan 
qo‘llanishi mumkin:
slice of  bread, cake, meat (bir bo‘lak (parrak) non, pirog, go‘sht) 
bar of chocolate, candy, soap (bir bo‘lak shokolad, konfet, sovun) 
sheet of  paper, ice (bir varaq qog‘oz, bir bo‘lak muz) 
blade of  grass, wheat (bir tup maysa, bug‘doy) 
grain of rice, barley, wheat (bir dona guruch, arpa, bug‘doy) 
lump of coal, sugar (bir bo‘lak ko‘mir, qand) 
a bit of paper, metal, wood (bir parcha qog‘oz, metal, yog‘och) 
a piece of paper, cake, wood (bir bo‘lak qog‘oz, pirog, taxta)

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling