O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Yangi davr Fransiya davlat tuzumi


Download 431.45 Kb.
bet60/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

1-§. Yangi davr Fransiya davlat tuzumi


XVIII–XIX asrlardagi buyuk o‘zgarishlar Fransiya davlat tuzumini butunlay o‘zgartirib yubordi. XVIII asrning oxiriga kelib fransuz qiroli bo‘shab qolgan davlat xazinasini to‘ldirish uchun 175 yildan buyon chaqirilmagan General shtatlarga murojaat qildi. General shtatlar o‘z majlisini 1789-yilning 5-mayida boshladi. Ma’lumki, general shtatlar turli xil tabaqa vakillaridan iborat edi. 17-iyun kuni uchinchi tabaqa vakillari General shtatlarni Milliy majlisga aylantirdilar. Ularga birinchi va ikkinchi tabaqaning ko‘pchilik deputatlari qo‘shilgan. Agar General shtatlar delegatlari o‘z okrugi bo‘yicha so‘zga chiqadigan bo‘lsa, Milliy majlis deputatlari xalqning vakili bo‘lib hisoblanar edi.

Qirolning buyruqlarini tan olmay, uning roziligisiz Milliy majlis 1789-yilning 9-iyulida o‘zlarini Ta’sis majlisi deb e’lon qildi. Shunday qilib, Ta’sis majlisi yangi davlat organlari tuzish, yangi siyosiy va davlat-huquqiy institutlarni yaratish uchun Konstitutsiyani ishlab chiqib, uni tasdiqlashni o‘z zimmasiga oldi. Ta’sis majlisi 5-avgustda dekret chiqarib, dehqonlarni cherkovga va pomehiklarga qaramligini bekor qildi.

1789-yil 26-avgustda Ta’sis majlisi birinchi konstitutsiyaviy akt bo‘lgan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Deklaratsiyasini qabul qildi. Deklaratsiya kishilarning qonun oldida tengligini, millat suvereniteti, xalqning qonunlar ishlab chiqishda ishtirokini, mansabdor shaxslarning xalq oldida hisob berishi va ularning mas’ulligini, hoki- miyatning taqsimlanish prnsipi, xalqning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda soliqlarning olinishini tantanali ravishda e’lon qildi. Deklaratsiyada shaxs huquqlarining kafolatlari va qonuniylik prinsipi o‘z tasdig‘ini topdi. Xususiy mulkning muqaddasligi va daxlsizligi mustahkamlab qo‘yildi. Saylov qonuniga ko‘ra, fuqarolar mulk senzi asosida faol va passiv guruhlarga bo‘linadi.



Fransiyada 1790-yilga kelib bir qancha muhim dekretlar qabul qilinadi. Unga ko‘ra cherkov mulki musodara qilinib, ular milliy mulkka aylantiriladi. Cherkovlarning nikoh, tug‘ilish va o‘limni qayd qilish huquqi ham bekor qilinadi. Shunday qilib, cherkov davlat nazorati ostiga olindi.

Fransiyada yangi ma’muriy-hududiy birlik joriy qilindi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Fransiya 83 ta departamentdan iborat bo‘lib, ularga o‘z navbatida distriktlar, kantonlar va komunnalar kirar edi. Davlatda yagona soliq tizimi joriy etildi. O‘tkazilgan islohotlar absolutizmga qattiq zarba berib, fransuz millatining birligini mustah- kamladi.



1791-yilning 13-sentabrida Konstitutsiya qabul qilinib, uning preambulasiga inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari Deklarat- siyasi asos qilib olindi. Konstitutsiyaning ikkinchi qismi hokimiyat- ning oliy organlari va ularning tuzilishiga bag‘ishlandi.

Konstitutsiyada qirol o‘zining muhim huquqlarini saqlab qolshi mustahkamlab qo‘yildi. Shuning uchun boshqaruv shakliga ko‘ra fransuz davlati konstitutsiyaviy monarxiya shakliga ega bo‘ldi. Oliy qonun chiqaruvchi organ bo‘lib, bir palatali qonun chiqaruvchi korpus hisoblandi. Ijro hokimiyati qirol va uning vazirlari qo‘lida qoldi. Qirol armiya va flot qo‘mondoni bo‘lib hisoblanardi. Shu bilan birga, jamoat tartibotiga ham mas’ul edi. Sud hokimiyati mustaqil bo‘lib, bir umrga saylangan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.



Fransuz xalqi inqilob natijalaridan norozi bo‘lib, 1792-yilning 10- avgustida isyon ko‘taradi. Hokimiyat bir qancha vaqt Parij Kommunasi qo‘liga o‘tadi. Monarxiya yo‘q qilinadi. Qonun chiqaruvchi organ qirolning kamoqqa olinishiga rozi bo‘ladi. Ta’sis majlisi tarqatib yuborilganligi sababli, qonun chiqaruvchi organ milliy konventni chaqirish to‘g‘risida dekret chiqaradi. Milliy konvent deputatlarini saylashda fuqarolarni faol va passiv guruhlarga bo‘lish bekor qilinadi.

Umumiy saylov huquqi asosida saylangan Milliy konvent 21- sentabrda monarxiyani tarqatib yuborishni e’lon qildi. Fransiya respublika deb e’lon qilindi. Ammo yakobinchilar va jirondistlar o‘rtasida kurash to‘xtamadi. Monarxiya tarafdorlari (jirondistlar) qirol ustidan sud o‘tkazilishiga qarshi chiqadilar. Ammo yakobinchilar o‘limga hukm qilish uchun ovoz berdilar va 1793-yilning 21- yanvarida qirol gilyotinada qatl qilindi.

31-may va 2-iyunda Parijda qo‘zg‘olon bo‘lib, qo‘zg‘olon ishtirokchilari jirondist deputatlarni qamoqqa olishni talab qildilar. Ularning talabi bajarildi. Konventning ko‘pchiligini endi yakobin- chilar tashkil etadigan bo‘ldi.

1793-yilning 24-iyunida yakobinchilar, jirondistlarning hoki- miyatni zo‘rlik bilan o‘z qo‘llariga olgan, degan ayblovlariga javoban

Fransiyaning demokratik Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlaydilar. Konvent tantanali ravishda Konstitutsiya loyihasini ma’qullaydi va uni umumxalq muhokamasiga taqdim etadi. Fransuz millati ham ushbu loyihani ma’qullaydi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, Fransiya respublika boshqaruv shaklini oldi. Konstitutsiya barcha fransuzlar uchun yagona bo‘lgan saylov huquqini joriy etdi. Fuqarolar 21 yoshdan saylov huquqiga ega bo‘ldi. Deputatlarni saylash bevosita teng huquqlilik asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat fransuz millatiga tegishli bo‘ldi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi bir palatalik qonun chiqaruvchi korpus ta’sis etildi. Deputatlarning mandati bir yil qilib belgilandi. Qonun chiqaruvchi korpus faqat dekret chiqarishi, qonunni esa taklif qilish mumkin edi. Agar qoida loyihasini departamentlarning 1/10 qismi 40 kun ichida ma’qullasa, u kuchga kirar edi. Dekret esa chiqarilgan paytdan darhol kuchga kirar edi.

Davlat boshqaruv funksiyasi 24 kishidan iborat bo‘lgan Ijroiya kengashiga yuklandi. Ijroiya kengashi faqat dekret va qonunlar asosida faoliyat ko‘rsatib, qonun chiqaruvchi korpusga o‘z faoliyati yuzasidan hisob berishi majbur edi.



1793-yilning yoziga kelib mamlakatda yakobinchilar diktaturasi o‘rnatildi. Diktaturaning oliy organi bo‘lib Konvent hisoblandi. Konvent o‘z qo‘liga qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, nazorat etuvchi va sud hokimiyatini to‘pladi. Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatilishining sababi, 1793-yilgi Konstitutsiyani amalga kiritish uchun yangi qonun chiqaruvchi korpusni yig‘ish, bu korpusga Konvent deputatlaridan birortasi kirishi mumkin emasligi edi. Bunga esa o‘sha paytdagi Fransiyaning ichki va tashqi ahvoli yo‘l bermas edi.

Respublikani qutqarish uchun xalqning inqilobiy diktaturasini o‘rnatish, yagona hokimiyat va qattiq intizom kerak edi. Hokimiyat umumiy qutqaruv Komitetiga topshirildi. Komitet harbiy, diplomatik, oziq-ovqat sohasiga rahbarlik qilib, boshqa barcha organlar unga bo‘ysunishi kerak edi. Komitet esa har hafta Konventga hisob berishi kerak edi. Komitetning Fransiya davlati oldidagi tarixiy xizmati shundan iborat bo‘ldiki, u kuchli armiya yaratib, mamlakatni chet el intervensiyasidan saqlab qoldi.

Yakobinchilar diktaturasi davrida mahalliy boshqaruv markaz- lashgan tarzda ish olib bordi. Yakobinchilar asosan Parij Kommunasi va ularning joylardagi seksion komitetlariga tayanib ish olib bordilar.

1794-yilning yoziga kelib, Fransiya interventlardan tozalanib, asosiy isyonlar bostirildi. Shundan so‘ng yakobinchilar diktaturasiga hojat qolmadi. 1794-yilning 27-iyulida Konventning navbatdagi majlisida yakobinchilar bilan ularga qarshi kuchlar o‘rtasida olishuv bo‘lib, yakobinchilar rahbari Robespyer va uning safdoshlari qamoqqa olinadi hamda sudsiz ularni gilyotinada qatl ettiradi. 1793-yilgi Konstitutsiya bekor qilindi. Shunday qilib, to‘qqiz termidorlarning hokimiyatga kelishi yakobinchilar diktaturasiga barham berdi.

1795-yili yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Oliy qonun chiqaruvchi korpus ikki palata – oqsoqollar kengashi va beshyuzlar kengashidan tashkil topdi. Ularni saylash uchun ikki darajali saylovlar tashkil etilib, saylovchilar uchun qonun chiqaruvchi korpusning besh a’zosiga berildi. Bu davrdagi Fransiya davlati hokimiyati Direktoriya nomini oldi.

1799-yil 9-noyabrda inqilob davrida generallikka erishgan Napoleon Beshyuzlar kengashi raisi va Direktoriyaning ikki a’zosi bilan kelishib, Direktoriyani tarqatib yuboradi. «Napoleonning o‘n sakkiz bryumeri» nomini olgan bu davlat to‘ntarishi Fransiyada harbiy diktaturaning o‘rnatilishiga olib keldi.

1799-yilda Fransiyada navbatdagi Konstitutsiya qabul qilinadi. Konstitutsiyaga ko‘ra Fransiya davlat boshqaruv shakli respublika edi. Qonun chiqarish hokimiyati Davlat kengashi, Tribunat, qonun chiqaruvchi korpus va birinchi konsul vakolatiga kirar edi. Ijroiya hokimiyati uchta konsul qo‘lida to‘plangan edi.

1799-yilgi Konstitutsiya umumiy saylov huquqini saqlab qoldi. 1802-yili plebissit Napoleonni umrbod konsul etib tayinlanishini ma’qullaydi. Bu amalda uning imperator bo‘lishi uchun birinchi qo‘yilgan qadam edi. 1804-yili Napoleon Bonapart imperator deb e’lon qilinadi va respublika tarqatib yuboriladi.

Armiya, byurokratik apparat, ko‘p sonli politsiya imperiyaning mexanizmini tashkil etdi. Imperiyaning ma’muriy apparati armiyani ta’minlash bilan shug‘ullanardi. Imperiyani boshqarish qattiq markaz- lashgan holda olib borildi. Departamentlar yirik ma’muriy-hududiy birlik hisoblanib, ular okrug va kommunalarga bo‘lingan. Departa- mentlarda ma’muriy va politsiya funksiyalarini bajarish prefektlar tomonidan olib borilgan. Okrug boshliqlari suprefektlar, shahar rahbarlari mer bo‘lib hisoblangan. Mahalliy amaldorlar markaziy hokimiyatga to‘liq bo‘ysungan.



1814-yili Napoleon mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Fransiyada monarxiya tuzumi qayta tiklanadi. 1814-yil 4-iyunda qirol Xartiya e’lon qiladi. Xartiyaga ko‘ra, Fransiya konstitutsiyaviy dualistik monarxiya edi. Qirol keng vakolatlarga ega edi. U davlat boshlig‘i va armiyaning bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Qirol oldida barcha vazirlar mas’uliyatli edi. Barcha amaldorlar qirol tomonidan tayinlanar va ozod qilinar edi. Qirolning imzosi bo‘lmasa ham bir qonun kuchga kirmagan.

Parlament perlar va deputatlar palatasidan iborat bo‘ldi. Perlar palatasi ikki bosqichli saylovlar bo‘yicha saylangan. Saylanadigan shaxslarning yoshi katta bo‘lishi va katta mulkka ega bo‘lishi kerak edi. Burbonlar dinastiyasining mutlaq monarxiyani qayta tiklashi qarshilikka uchradi va 1830-yilga inqilob natijasida qirol almashdi hamda u o‘z xartiyasini e’lon qildi. 1830-yilgi Xartiyaga ko‘ra, parlamentning qonun chiqaruvchi vakolati oshdi. Saylovchilarning mulkiy senzi kamaytirildi. Qirol parlament ishtirokisiz qonun chiqara olmas edi. Perlarning merosiy unvoni bekor qilinib, cherkov huquqlari ham cheklangan. Umuman olganda, davlat mexanizmi o‘zgarmasdan, siyosiy rejimda o‘zgarish sodir bo‘ldi. 1830-yilgi inqilobdan keyin Fransiya davlat boshqaruv shakli parlamentar boshqaruv shaklini oldi.

1848-yil fevralda Fransiyada navbatdagi inqilob bo‘lib o‘tadi. Buning natijasida Fransiyada ikkinchi respublika o‘rnatiladi. Qirol taxtdan voz kechadi va chet elga qochib ketadi. 1848-yilning 4- noyabrida Ta’sis majlisi Fransiyaning yangi Konstitutsiyasini qabul qiladi. Konstitutsiya Fransiya davlat boshqaruv shaklini respublika deb e’lon qildi. Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi hukumatning mavjud bo‘linishini birinchi zaruriy sharti qilib qo‘yildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat vakolati bir palatali Milliy majlisga berildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan umumiy saylov e’lon qilindi. Erkaklar uchun saylov yoshi 21 yosh qilib belgilandi. Saylov huquqi ham ikki turdan faol va passiv saylov huquqidan iborat edi. Milliy majlisga saylanuvchilar passiv saylov huquqiga ega bo‘ldilar. Ularning saylov yoshi 25 yosh qilib belgilandi.

1870-yilning sentabrida Parijda milliy gvardiya batalyoni tashkil etiladi. Milliy gvardiyaning Markaziy komiteti yangi tashkil etilayotgan xalq hokimiyatning bir bo‘g‘ini bo‘lib hisoblandi. Markaziy hokimiyat boshchiligidagi milliy gvardiya 1871-yilning 18- martida Parijda hokimiyatni qo‘lga oladi va Parij kommunasi davlatini e’lon qildi. Bu davlat 72 kun yashaydi.

Kommunani e’lon qilish 28 marta tantanali ravishda amalga oshirildi. Kommuna Kengashi quyidagi o‘nta komissiyadan iborat edi: harbiy komissiya, ichki ishlar komissiyasi, umumiy xavfsizlik ken- gashi, tashqi ishlar komissiyasi, sud komissiyasi, moliya komissiyasi, mehnat komissiyasi, oziq-ovqat komissiyasi, ta’lim komissiyasi, umumiy harakat komissiyasi. Kommunaning oliy organi bo‘lib Ijroiya komissiyasi hisoblandi. 1-mayda bu komissiya asosida ijtimoiy qutqaruv Komiteti tuziladi.

Parij shahri 20 ta okrugga bo‘linib, har bir okrug munitsipal mer tomonidan boshqarilgan. Ular Kommunaga bo‘ysungan. Hamma muhim uchastkalarda komissarlar ish olib borar edi. Komissiyalar siyosiy klub va kasaba uyushmalar bilan hamkorlikda ish olib borar edilar. 1871-yil 29-martda Kommuna dekret chiqarib, eski armiyani tarqatib yuboradi va ishchilar armiyasini tuzadi. Prefekturadan politsiya tizimi ham tugatilib, xalqning o‘zi jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga oldi. Ma’lu- motlarga qaraganda, Parij kommunasi mavjud bo‘lgan davrda, bironta ham jinoyat sodir etilmagan.

Parij Kommunasida amaldorlarning ham saylanishi va almashtirib turilishi joriy qilindi. Amaldorlar va ishchilarning oylik maoshi bir xil qilib belgilandi.



Kommuna sud islohotlarini ham amalga oshirdi. Sud maslahat- chilari yosh senzi kamaytirildi. Milliy gvardiyada xizmat qilgan har bir kishi sud maslahatchilari bo‘lishi mumkin edi. Sudyalar Kommuna dekretlari asosida qaror chiqarish huquqiga ega edi. Mayda huquqbu- zarliklar sulhparvar sudyalar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sulhparvar sudyalar aholi tomonidan saylangan. Mulkiy va oilaviy munosabat kabi murakkab ishlarni ko‘rib chiqish uchun fuqarolik sudi palatasi tuzilgan.

Kommuna tomonidan yana bir muhim qo‘yilgan qadam – barcha eski qonunlarni bekor qilish edi. Dekret bilan cherkov davlatdan ajratildi. 16-aprelda dekret chiqarilib ishlab chiqarish ustidan ishchi nazorati o‘rnatildi.

19-aprelda Kommuna Fransuz xalqi Deklaratsiyasini qabul qiladi. Deklaratsiya har bir kommunaga keng avtonomiya huquqini berdi. Kommuna davlat tuzilishi shakliga ko‘ra federativ davlatni eslatar edi.

1871-yilning 28-mayida Versalga yashiringan eski hukumat Parijni egallaydi va 22 tribunal tuzib kommunarlardan o‘ch oladilar. Vaqtinchalik prezident Fransiya davlati boshqaruv shaklini qanday

bo‘lish kerakligi haqidagi masalani o‘rtaga tashlaydi. Milliy Majlis a’zolari turli deputatlardan tashkil topganligi bois bir xil deputatlar respublika boshqaruv shakli tarafdorlari, boshqalari monarxiya tarafdorlari, uchinchilari imperiyani tiklashni yoqlab chiqdilar. Fransiya davlati boshqaruv shakli bo‘yicha bahs 1875-yilning yanvargacha cho‘zildi. 1875-yilning 30-yanvarida Milliy Majlis universiteti o‘qituvchilari Vallon taklifi bilan Fransiyani respublika deb e’lon qildi.

1875-yilda Uchinchi Fransiya Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinadi. Konstitutsiya bir-biri bilan bog‘liq uchta qonundan iborat edi. Birinchi qonun davlat hokimiyatini tashkil etish to‘g‘risida bo‘lib, 25-fevralda kuchga kirgan. Unga ko‘ra, qonun chiqaruvchi hokimiyat deputatlar palatasi va senatdan iborat bo‘ldi. Quyi palata umumiy saylov huquqi asosida shakllanishi kerak edi. Ammo hamma deputatlar ham saylovda ishtirok eta olmasdi. Ayollar ovoz berish huquqiga ega emas edilar.

Ovoz berishning majoritar tizimi joriy etildi: birinchi turda mutlaq ko‘pchilik, ikkinchi turda nisbiy ko‘pchilik ovozi bilan deputatlar saylangan.



Deputatlar palatasining vakolatiga qonunlarni qabul qilish va budjetni tasdiqlash kirar edi. Hukumat milliy majlis oldida mas’ul bo‘lgan. Hukumatga ishonchsizlik bildirilganda, ular iste’foga chiqishi belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasining muntazam almashib turishi Uchinchi Respublika uchun xarakterli bo‘lgan. Chunki Fransiya parlamentida ko‘pdan-ko‘p partiya fraksiyalari mavjud bo‘lib, ular bir- biri bilan murosaga kelmagan.

Senat 300 deputatdan iborat bo‘lib, uning 75 tasi deputatlar palatasi tomonidan umrbod muddatga, qolgan 225 deputatlar departa- mentlar tomonidan saylangan. Senatni tashkil etish to‘g‘risidagi qonun 1875-yilning 24-fevralida qabul qilingan. Senat prezident, vazirlar ustidan nazoratni amalga oshirgan hamda davlat xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiquvchi Oliy sud funksiyasini bajargan. Senat qonun chiqarish tashabbusiga ega bo‘lgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach senatorlar faqat saylov asosida saylanadigan bo‘ldi.

Deputatlar palatasi va senat Fransiya davlati parlamentini tashkil etgan. Parlament vakolatiga qonunlarni qabul qilish, prezidentni saylash, hukumat faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish kirgan. Qonunlarni qabul qilishda ikki palata tomonidan qonun matnining bir xil bo‘lishiga erishish talab qilingan.

1875-yil 16-iyuldagi davlat hokimiyatiga munosabat to‘g‘risidagi qonun prezident vakolatlarini to‘la yoritib bergan. Prezident ikkala palataning yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylangan. Qayta ikkinchi muddatga ham saylanishi mumkin bo‘lgan. Prezidentning vakolatiga quyidagilar kirgan: qonunchilik tashabbusi, armiyaga qo‘mondonlik qilish, mansabdor shaxslarni tayinlash va mansabdan ozod qilish, davlat boshlig‘i funksiyasini bajarish. Prezident senatning roziligi bilan deputatlar palatasini tarqatib yuborish yoki uning majlisini keyinga qoldirishi mumkin edi. Prezident yashirin xalqaro shartnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lgan. Ammo urush e’lon qilish uchun palataning roziligini olish zarur edi. Oliy sud prezidentni faqat davlatga xiyonat qilishda ayblagandagina sud qilish mumkin bo‘lgan.

Shunday qilib, 1875-yilgi konstitutsiyaviy qonunlar respublika boshqaruv tizimini joriy qildi. Bu Konstitutsiyaviy qonunlar bir necha o‘zgartirishlar bilan ikkinchi jahon urushi davrigacha amalda bo‘lgan.



1876-yili parlamentga bo‘lgan saylovlarda respublikachilar ko‘pchilik ovoz oladilar. Prezidentning deputatlar palatasini tarqatib, monarxiyani tiklash uchun amalga oshirgan davlat to‘ntarishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublika taraf- dorlari g‘olib chiqqan.

1884-yilda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonunga tuzatishlar respublika boshqaruv shaklini qayta ko‘rib chiqishni qat’iy taqiqlab qo‘ydi. Shunday qilib, monarxiyani tiklash to‘g‘risidagi har qanday bahslar o‘z ma’nosini yo‘qotdi. Qirol sulolasidan Prezident saylash ham mumkin emas edi.

1888-yili Fransiyaning harbiy vaziri davlat to‘ntarilishini amalga oshirishga urindi, ammo bu urinishni hech kim qo‘llab-quvvatlamadi. Qirol sulolasi vakillari armiyadan haydab chiqarildi, monarxistlar xorijga ketishga majbur bo‘ldilar. Alohida qonunlar chiqarilib so‘z erkinligi, yig‘ilishlar o‘tkazish, matbuot erkinligi qayta tiklandi. Kasaba uyushmalarini tashkil etishga ruxsat berildi.

1880–1890-yillar ichida respublikachilar prezidentning ba’zi bir muhim vakolatlarini vazirlar kengashiga o‘tkazishga erishdilar. Natijada asosiy hokimiyat vazirlar qo‘liga o‘tdi. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan saylovlarda saylangan barcha Prezidentlar vazirlar qo‘lida o‘yinchoq bo‘lib qoldi. Haqiqiy siyosiy hokimiyat Vazirlar Mahkamasi qo‘lida to‘plandi.

Yangi davrda Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari davlat mexanizmida muhim o‘rinni egallagan. Yuqorida aytib o‘tga- nimizdek, 1789-yilgi inqilob natijasida Fransiya politsiya tizimida qisman islohotlar amalga oshirildi. Imperator Napoleon davrida Fransiya politsiya xizmatining funksiyalari va tuzilishi belgilab chiqilgan bo‘lib, ular birinchi jahon urushigacha o‘zgarishsiz qoldi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda Fransiya politsiyasi markazlashtirilgan va byurokratlashtirilgan bo‘lib ikki bo‘g‘indan iborat edi: umumdavlat politsiyasi va munitsipal politsiya.

Napoleon hukmronlik davrida jinoiy politsiyadan tashqari Napoleonning shaxsiy politsiyalari ham mavjud edi. Ulardan biri jinoiy politsiya rahbarining xatti-harakatlarini kuzatib borgan.

Munitsipal politsiyaning asosiy vazifasi joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Munitsipal politsiya ikki qismdan, ya’ni sud politsiyasi va ma’muriy politsiyadan iborat bo‘lgan. Departament, okrug va shahar boshliqlari o‘z vaqtida polit- siya vazifasini ham bajarib (prefekt, subprefekt, mer)ning vakolatlari- ga ega edi. Ular munitsipal politsiyani ham nazorat ostiga olib, o‘z faoliyati uchun faqat ichki ishlar vaziri oldida mas’ul bo‘lgan. Shu bilan birga, harbiy politsiya va jandarmeriya bo‘limlari bo‘lib, miting va namoyishchilarni tarqatib yuborishda keng qo‘llanilgan.

Politsiya apparat tizimida politsiya komissari lavozimi muhim o‘rinni egallagan. Jinoyatchilarni qidirib topish, ushlash, dastlabki tergovni o‘tkazish va tergovni olib borish politsiya komissarining funksiyasiga hisoblangan. Parij prefekti ichki ishlar vazirining o‘rin- bosari lavozimiga ega bo‘lib, politsiya xizmatida muhim o‘rinni egallagan.



Fransiya adliya tizimi uch bo‘g‘inli tizim asosida shakllangan: sulhparvar sudyalar, axloq tuzatish politsiyasi sudlari, o‘z maslahat- chilariga ega bo‘lgan assiz sudlari. Sulhparvar sudyalar huquqbuzar- liklar bo‘yicha ishlarni, axloq tuzatish politsiyasining sudlari qilmish bo‘yicha ishlarni ko‘rib hal qilgan. Fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha oliy instansiya sudi kassatsiya sudlari edi. Sudyalar umrbodga tayinlangan bo‘lib, hukumat nazorati ostida bo‘lgan.

Mayda va siyosiy huquqbuzarliklar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilardi. Bunday ishlarda asosiy isbot-dalil, politsiya tomonidan chiqarilgan protokol, mansabdor shaxs va uning agent- larining ko‘rsatmasi bo‘lib hisoblangan. Shundan so‘ng hukm chi- qarilgan.

Download 431.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling