O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 431.45 Kb.
bet12/107
Sana05.01.2022
Hajmi431.45 Kb.
#222618
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
Bog'liq
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev

Qadimgi Mesopatamiyada huquqning asosiy belgilari. Ikkidaryo oralig‘i davlatlarida huquqning eng qadimgi manbai Misrda bo‘lgani kabi odat huquqi bo‘lgan. Davlatchilik natijasida odob-ahloq qoidalari majburiy mazmun kasb eta boshlagan. Yozma qonunchilikda ibtidoiy jamoa tuzumining belgilari saqlangan.

Huquq manbai – qonun juda erta paydo bo‘lgan. Podsholar qonunlarining paydo bo‘lishi davlatlarning tashkil topishi va rivojla- nishining uzluksiz shart-sharoitlari, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumni yaxshilash jarayonlari bilan bog‘liqdir.

Tarixiy-huquqiy hujjatlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


  • miloddan avvalgi XXIV asrga taalluqli Lagash podshosi Uruinimgin islohoti hujjatlari;

  • miloddan avvalgi XXII asrga oid Ur sulolasi asoschisi podsho Ur- Nammu qonunlari;

  • miloddan avvalgi III ming yillikdagi Isina podshosi Lipid-Ishtar qonunlari;

  • miloddan avvalgi II ming yillik boshidagi Eshkunna podsholigi Bilalam qonunlari;

  • miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalaridagi O‘rta asr osur qonunlari.

Bularning ichida ayniqsa Mesopatamiyaning eng muhim hujjati, podsho Xammurapi qonunlari qadimgi davr huquqiy qarashlari va huquq tizimining juda katta yodgorligidir.

Xammurapini qonunlari 1901–1092-yillarda fransuz arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qadimgi Elam poytaxti Suz shahrini qazish chog‘ida topilgan. Bu qonunlar mixxat yozuvida qora bazalt tosh ustuni sathiga o‘yib yozilgan1.

Ushbu qonunlar 282 ta moddadan iborat bo‘lib, Shumer va Akkad huquqining tajribasi va ko‘pgina namunalarini mujassamlashtirgan. Qonunlar to‘plami 3 qismga bo‘linadi: 1) kirish; 2) asosiy qism; 3) xulosa.

Kirish qismida qonunlarni o‘rnatishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o‘rnatishdir, deb ko‘rsatilgan.

Qonunda podsho o‘zining xalq oldidagi xizmatlarini keltiradi. Bu qonunlarni kelgusida bajaradigan podsholarni hurmatlash, ularni




1 Izoh: Xammurapi qonunlarining asl nusxasi Parij (Luvr)da saqla- nadi.

bajarmagan yoki bekor qilmoqchi bo‘lgan podsholarni la’natlash lozimligi to‘g‘risida gapiriladi.

Qonunnomaning asosiy qismida sud va sud jarayoni (1–5-moddalar), mulk huquqining buzilishi va unga qo‘llaniladigan jazolar (6–120- moddalar), nikoh, oila va meros huquqi (127–195-moddalar), jinoyat huquqi (shaxs hayoti va sog‘ligiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik, 196–214-moddalar), mehnat va mehnat qurollari (215–282-moddalar) hamda boshqa munosabatlar to‘g‘risidagi me’yorlar belgilangan.

Kodeksni tuzishda qadimgi odat huquqi, shumer qonunlari va yangi qonunlar asos qilib olingan. Xammurapi qonunlari boshqa sharq qonunnomalaridan farq qilib, o‘zida diniy va nasihatgo‘ylik elementlarini saqlamaydi. Shunday bo‘lsa-da, unda talion tamoyili va ordaliya kabi urug‘doshlik tuzumi belgilari saqlangan.

Hozirgi davr huquqshunosligida Mesopotamiya huquqini o‘rganish uchun asosiy manba tariqasida Xammurapi qonunlariga murojaat etiladi.

Xammurapi qonunlarida huquq sohalari va institutlari. Xammurapi qonunlarida yerga egalikning podsho, ibodatxona, jamoa va xususiy yer egaligi kabi shakllari bo‘lgan. Amaldorlar va harbiylarga berilgan mulk – ilku mulk deb atalgan. Keyingi davrlarda ham jamoa mulkchiligi saqlanib qolgan.

Qonunlarda shartnomalardan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bir-biridan ajratib qo‘yilgan. Bu davrda shartnoma huquqi keng rivojlangan. Shartnomalarning oldi-sotdi, ijara, ayriboshlash, qarz, yuk tashish, topshiriq, shirkat (ko‘pchilik), hadya va boshqa turlari ko‘pgina me’yorlar bilan tartibga solingan.

Nikoh yozma tuziladigan shartnomalar asosida rasmiylashtirilgan. Agar kishi xotin olsa va yozma shartnoma tuzmasa, bu ayol unga xotin emas (128-modda). Shartnoma er va xotinning oilasi o‘rtasida ham tuzilgan. Qullar va erkin kishilar oila qurishi mumkin bo‘lib, tug‘ilgan bolalar erkin hisoblangan. Nikoh shartnomasi tuzilishidan avval kuyov bo‘lajak qaynonasiga qalin puli – «tirxatum», kelinning oila a’zolariga to‘y sovg‘alari – «biblum», kelinning otasi qiziga sep-sidirg‘a –

«sheriktum» berishi lozim bo‘lgan. Bir nikohlik amal qilgan bo‘lib, er asosli tarzda ikkinchi nikohga kirishi mumkin edi. Farzand ota-onasini so‘ksa tili, ursa barmoqlari kesilgan.

Merosga dastlabki vaqtlarda eng avval o‘g‘illar, o‘g‘illar bo‘lmasa qizlar, keyinchalik qizlar ham o‘g‘illar bilan teng meros huquqiga ega bo‘lganlar. Agar o‘g‘il vafot etgan bo‘lsa, nevaralar merosxo‘r bo‘lgan. Farzandlar va nevaralar bo‘lmasa aka-ukalar, ular ham bo‘lmasa amakilar

merosxo‘r sifatida maydonga chiqqanlar. Meros bolalar o‘rtasida teng taqsimlangan. Asrab olingan farzand ham teng ulush olgan. Er xotiniga sovg‘a – nudunnum bergan va u saqlanib qolgan.

Xammurapi qonunlarida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo‘lgan qonli qasos olish odati haqida hech narsa eslanmaydi. U o‘z o‘rnini davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan jazolarga va jinoyatchining jablanuvchiga yoki uning qarindoshlariga to‘laydigan haqlariga bo‘shatib bergan. Biroq ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo‘lgan boshqa qoldiqlar saqlangan. Jumladan, avilumlarga nisbatan talion tamoyili; aybdor noma’lum bo‘lsa, butun jamoaning javobgarligi, ota-ona uchun farzandlarning javobgarligi, aybdorning o‘z hududidan haydab yuborilishi va h.k. Jazo tizimi ayblanuvi va jabrlanuvchining ijtimoiy mavqeiga qarab turlicha qo‘llanilgan. Jazolar birinchi navbatda Bobildagi quldorlik tuzumini ushlab turishga qaratilgan. Jinoiy jazolar turlariga qo‘shimcha sifatida sharmanda qilish, muayyan faoliyat yuritish huquqidan mahrum qilish va mansabidan bo‘shatish jazolarini ham aytish mumkin.

Xammurapi qonunlarining umumiy mazmuniga qarab to‘rtta turdagi: shaxsga qarshi, mulkka qarshi, oilaga qarshi va sudga qarshi jinoyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Qasddan odam o‘ldirish uchun o‘lim jazosi nazarda tutilgan (erini o‘ldirgan xotin qoziqqa o‘tqizilgan, 153-modda). Ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish uchun o‘lim jazosi belgilangan. Masalan, uy imorat buzilib uy egasining o‘g‘li o‘lsa, quruvchining o‘g‘li ham o‘ldirilgan (230-modda).

Shaxs sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarga ijtimoiy ahvoli jabrlanuvchi bilan bir xil bo‘lgan ayblanuvchilar talion tamoyili bo‘yicha jazolangan. Agar ayblanuvchi yuqori mavqega ega bo‘lsa, jarima to‘lagan.

Shaxsga qarshi jinoyatlar qatorida yosh bolalarni o‘g‘rilash jinoyati ham ko‘rsatilib o‘tilgan. Albatta, bunda maqsad qul qilib sotish bo‘lgan. Agar avilumning yosh o‘g‘li o‘g‘irlansa, o‘limga mahkum etilgan (14- modda).

Mulkka qarshi jinoyatlarga juda og‘ir jazolar nazarda tutilgan. Saroy va ibodatxona mulkini o‘g‘irlaganlik uchun ayrim hollarda o‘lim jazosi, boshqa hollarda 30 baravar miqdorida jarima nazarda tutilgan. Agar aybdor uni to‘lay olmasa, o‘limga mahkum etilgan. Yong‘in paytida o‘g‘rilik qilgan jinoyatchi o‘tga tashlangan. Qulga nisbatan mulk huquqi qattiq himoya qilingan. Sharq davlatlarining barchasi qullarga tegishli tamg‘a bosgan. Uni kesish, kuydirish o‘lim jazosi bilan taqiqlangan.

Oilaga qarshi jinoyatlarga xotinning erga xiyonat qilishi, yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqada bo‘lish va beva xotinning sud ruxsatisiz ikkinchi nikohga kirishi kabilar kirgan. Bunday jinoyatlarga suvga tashlash (sinov sifatida ham), yoqib yuborish, haydab yuborish jazolari tayinlangan. Oilada ota-onalar va farzandlarni bir-biridan himoyalashni nazarda tutgan.

Xammurappi qonunlariga muvofiq, sudya ilgarigi qarorini o‘zgartirsa, lavozimidan chetlashtirilgan va da’voning 12 baravari miqdorida jarima to‘lagan. Tayyorlanilayotgan jinoyat haqida xabar bermaslik, yolg‘on guvohlik berish va tuhmat qilish uchun jinoiy jazolar belgilangan.

Sud ishlarini yuritishda tomonlarining ko‘rsatmalarini suv bilan sinash usuli amalda bo‘lgan. Sud qaydnomalari loytaxtachalarga yozilgan. Ularda tomonlarning ko‘rsatmalari, qasamlari, guvohlarning ismlari va sud hukmining mazmuni yozib qo‘yilgan. Qoida bo‘yicha tomonlar bir ishni ikkinchi marta qo‘zg‘atishlari mumkin bo‘lmagan.


  1. Download 431.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling