Oʻzbekiston respublikasi inflyatsiya kelib chiqish sabablari makroiqtisodiy tahlili reja: Kirish Asosiy qism


Download 295.93 Kb.
bet4/12
Sana30.04.2023
Hajmi295.93 Kb.
#1411719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA KELIB CHIQISH SABABLARI MAKROIQTISODIY TAHLILI

Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroikgisodiy tengsizlik doimiy ravishda narxning ko’tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo’lsa, buiday inflyatsiya oshkora inflyatsiya dsb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx ba’zi bozorlarda ko’tarilishi bilan bir vaktda boshka bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o’z ta’sirini davom ettirib, milliy ikgisodiyotga baholar to’grisidagi ma’lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishnipg kengayishi bilan taklifni rag’batlantirib boradi.
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko’rinishda bo’ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx ma’muriy tarzda davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narxni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narxning keskin o’sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablaglariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo’lmasligi holatlari paydo bo’ladi. Iktisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqkanda mahsulotlarning narxi hamda aholini daromadlarini o’sishi vaqtincha to’xtatiladi.
Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma’muriy nazorat o’rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning kaysi darajada va o’zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shaklliga bevosita bogliq bo’ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Inflyatsiya sabablari
Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish, ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kddlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chikarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya xamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyot tarmoklari, jamg’arma va iste’mol, talab va taklif, daalat daromadlari va xarajatlari, xo’jaliklarning pul massasi va unga bo’lgan talabi o’rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o’tgan omillar o’z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda ikgisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruxga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar.

Download 295.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling