Oʻzbekiston respublikasi inflyatsiya kelib chiqish sabablari makroiqtisodiy tahlili reja: Kirish Asosiy qism


Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari


Download 295.93 Kb.
bet9/12
Sana30.04.2023
Hajmi295.93 Kb.
#1411719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA KELIB CHIQISH SABABLARI MAKROIQTISODIY TAHLILI

Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari.
Inflatsiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflatsion hisoblanavermaydi. Jumladan, konyunkturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflatsion deb hisoblash mumkin emas.
Inflatsiya yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanishi sababli, bu ko‘pchilik bozorlarda uzoq vaqt talab foydasiga muvozanatlikning buzilishi tufayli vujudga keladigan narxlar umumiy darajasi o‘sishiga olib keluvchi omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar:
Pul emissiyasining asossiz ko‘paytirilishi;
Davlat budjeti taqchilligi; Agar taqchillik mamlakat banki tizimi qarzlari hisobiga moliyalashtirilsa, bu muomaladagi pul massasi o‘sishiga olib keladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish ham xuddi shu usulda amalga oshirilsa narxlarning inflatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin.
Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi:
Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alo-hida inflatsion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi, balki harbiy sohaga qo‘yilgan mablag‘lar bir vaqtda qo‘shimcha to‘lovga layoqatli talabni vujudga keltirib, pul massasining tegishli tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi. Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi; hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi.
3. O'zbekistonda inflyatsiyaga qarshi kurash
2018 - yilning dekabr oyida mamlakat iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 2,1 %ga oshgan.
2018 yilning dekabr oyida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indeksi (INI), % (o`tgan oyga nisbatan, %)

Umumiy hisobda 2018 yil davomida iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 14,3 %ni tashkil etdi.
2018 yil davomida INI ning o`rtacha oylik o`sish sur`ati 1,1% ni tashkil etib, iqtisodiyotga inflyatsion bosim sentyabr oyidan boshlab kuchayib borgan. Jumladan, 2018 yilning oxirgi to`rt oyi davomida tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari o`sish darajasi 7,6 %ni tashkil etdi. Ma`lumot uchun: 2017 yil davomidagi INI o`rtacha oylik o`sish sur`ati ham 1,1 % darajasini tashkil etgan. 2017yilning sentyabr-dekabr oylarida iste`mol sektoridagi umumiy inflyatsiya darajasi ko`rsatkichi 7,6 %ni tashkil etgan.

Download 295.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling