Oʻzbekiston respublikasi inflyatsiya kelib chiqish sabablari makroiqtisodiy tahlili reja: Kirish Asosiy qism


O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi chora – tadbirlar


Download 295.93 Kb.
bet11/12
Sana30.04.2023
Hajmi295.93 Kb.
#1411719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA KELIB CHIQISH SABABLARI MAKROIQTISODIY TAHLILI

O`zbekistonda inflyatsiyaga qarshi chora – tadbirlar.
Narxlar barqarorligini ta’minlash va inflatsiyaning sezilarli darajada o‘sishi xavfining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy banki soliq-budjet va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasida birgalikdagi harakatlarni olib borishi zarur.
Soliq-budjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar: umumiy fiskal balans taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha bosqichma-bosqich qisqartirib borish;

  • qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;

  • taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflatsiya xavfini tug‘dirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni qonun yo‘li bilan mustahkamlash;

  • ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish;

  • soliq ma’muriyatchiligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • soliq intizomiga o‘z vaqtida rioya qilish bo‘yicha javobgarlikni oshirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash.

Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:
a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish:

  • ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqilg‘i-energetika kompleksini, shu jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;

  • avtomobil yo‘llarini qurish va xizmat ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini qo‘llash;

  • temir yo‘l va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari tarif va narxlarini asosiy tashqi savdo hamda sayyohlik yo‘nalishlari o‘tadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish;

  • logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish;

b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish:

  • mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash;

  • raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korxonalar ustav kapitalida davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish;

  • monopol korxonalarning narx belgilash bo‘yicha shaffofligini ta’minlash, inflatsiyaning maqsadlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narxlarni (tariflar) erkinlashtirish muddatlarini o‘rnatish;

  • individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;

  • davlat xaridlari sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi va hisobdorligini oshirish;

  • narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash bo‘yicha faol kommunikatsiya siyosatini yuritish;

v) xususiy investitsiyalar oqimining o‘sishi va moliya bozorining rivojlanishi:

  • qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;

  • mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish jarayonlarini faollashtirish;

  • aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish; elektr va gaz ta’minoti sohasiga xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;

g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:

  • ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga qaratilgan modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

  • unumdorlikni rag‘batlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer ajratish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;

  • mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lash orqali tarmoqlar tayyor mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish;

  • xalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

  • davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish maqsadida ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish;

  • asbob-uskunalarning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan foydalanish muddatlari bo‘yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.


Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi.
Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak.
Ma'lumki, inflyatsiya darajasi (narxlarning oshishi) mamlakatning bevosita makroiqtisodiy rivojlanishi, aholi daromadlari va turmush farovonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiluvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Biz xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, ularning yaxshi yashashlari uchun sharoit yaratish yo‘lidan borayotgan ekanmiz, eng avvalo, ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlashga erishishimiz zarur.
Mazkur masalaning dolzarbligi Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma'ruzasida ham yaqqol o‘z aksini topdi. Ushbu ma'ruzada inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida aynan nimalarga alohida e'tibor qaratish lozimligini aniq ko‘rsatib berildi. Jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. Haqiqatdan ham, iqtisodiyotda narxlarning o‘sishiga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri, bu - muomaladagi ortiqcha pul massasi ekanligi iqtisodiyot nazariyasidan hammamizga ma'lum. Imtiyozli kreditlar - bu davlat byudjeti yoki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bozor stavkasidan ancha past bo‘lgan stavkada taqdim etiladigan kreditlar hisoblanadi. Mazkur kreditlar oxir-oqibat qo‘shimcha pul massasi sifatida chiqarilib, iqtisodiyotda qo‘shimcha talabni vujudga keltiradi hamda agar ulardan samarali foydalanish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatilmasa, iqtisodiyotda narxlarning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlashning yana muhim yo‘nalishlaridan biri, bu - ichki bozorda raqobat muhitini yanada rivojlantirish, iste'mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning xomashyo resurslaridan hech qanday cheklovlarsiz foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish hisoblanadi. 
Buni qanday amalga oshirish mumkin, degan savol tug‘iladi?
Birinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarini yetarli miqdordagi tabiiy gaz va elektr energiya bilan ta'minlash. Bu maqsadga erishish uchun, avvalo, iqtisodiyot strategik tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash talab etiladi. Moliyaviy sog‘lomlashtirish esa bevosita mazkur korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga narx shakllanishi mexanizmini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq. Uzoq yillar davomida samarasiz narx shakllanish tizimining qo‘llanilishi iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining zarar bilan ishlashiga, bu esa o‘z navbatida, boshqa sohalarni yetarli miqdordagi elektr energiya va tabiiy gaz bilan ta'minlash hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ygan edi. O‘tgan ikki yil davomida mazkur tarmoqlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, narx shakllanishining zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, xomashyo resurslarini bozor mexanizmlari asosida realizatsiya qilish tizimini joriy qilish. Haqiqatdan ham, xomashyo resurslaridan foydalanish uchun barcha tadbirkorlik sub'yektlariga teng sharoitlarning yaratilmaganligi mazkur sohada raqobat muhitining rivojlanishiga katta to‘siq bo‘lib, korrupsion elementlarning rivojlanishi uchun sharoit yaratardi. O‘tgan yildan boshlab barcha resurslarning bozor mexanizmlari asosida faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilish mexanizmining joriy qilinishi natijasida barcha uchun teng sharoitlar yaratilishi bilan birgalikda korxonalarning moliyaviy holati yaxshilanishiga erishildi.
Uchinchidan, ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to‘yintirish maqsadida mazkur tovarlar bo‘yicha egiluvchan bojxona tariflarini joriy qilish.
Mazkur yo‘nalishda bojxona to‘lov stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, 2019-yildan boshlab 3,5 mingga yaqin tovarlar bo‘yicha boj miqdori va 800 ga yaqin tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari kamaytirilishi belgilab qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi yuqoridagi ma'ruzada ham alohida ta'kidlandi.
Darhaqiqat, aholi turmush farovonligini ta'minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri, bu - narxlarni erkinlashtirish sharoitida aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy himoya qilishdir. 
Ma'lumki, joriy yilning 15-sentyabridan boshlab, non va un narxlarini erkinlashtirish bo‘yicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida har bir oila a'zosiga davlat byudjeti hisobidan eng kam oylik ish haqining o‘n foizi miqdorida kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish belgilab qo‘yildi. Jumladan, ijtimoiy ehtiyojmand aholining yuzaga kelgan qo‘shimcha xarajatlarini qoplab berish maqsadida byudjet mablag‘lari hisobidan joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 520 mingta kam ta'minlangan oilalarga va 1 mln. nafar pensionerlarga 111 mlrd.so‘m kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirildi. 
Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha ijtimoiy me'yorlarni kiritish orqali davom ettirish nazarda tutilmoqda. Ushbu tizimning mohiyati shundan iboratki, ijtimoiy me'yor doirasida sarflangan elektr energiya va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar asosida to‘lovlar amalga oshirilsa, ushbu me'yordan ortiq sarflangan elektr energiya va tabiiy gaz uchun amaldagi tariflarga ma'lum koeffitsiyent qo‘llagan holda (masalan 2 marta) to‘lovlar amalga oshiriladi. 
Ushbu holat birinchidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish imkonini bersa, ikkinchi tomondan elektr energiyasi va tabiiy gazdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Umuman olganda, amalga oshirilayotgan ishlar negizida ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash va shu orqali aholi turmush darajasini yaxshilashga erishish yotadi. 


Download 295.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling