Oʻzbekiston respublikasi inflyatsiya kelib chiqish sabablari makroiqtisodiy tahlili reja: Kirish Asosiy qism


yilning dekabr oyida asosiy turdagi tovarlar guruhi narxlari


Download 295.93 Kb.
bet10/12
Sana30.04.2023
Hajmi295.93 Kb.
#1411719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA KELIB CHIQISH SABABLARI MAKROIQTISODIY TAHLILI

2018 yilning dekabr oyida asosiy turdagi tovarlar guruhi narxlari
o`zgarishining umumiy INIga ta`siri ulushi, % da

  1. o`tgan oyga nisbatan



  1. o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan


Oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi.
Yuqorida qayd etilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oy davomida o`rtacha 3,2 % ga oshgani umumiy INI darajasining 1,4% ga ko`tarilishiga zamin yaratgan 2017 yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning
14,9 % ga qimmatlashganligi esa umumiy ko`rsatkichning 6,4 % ga ortishiga sabab bo`lgan.

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha

oziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol narxlari indeksi dinamikasi, %

O`rtacha yillik narxlar o`zgarishi ifodasiga ko`ra (2018 yil yanvar-dekabr 2017 yilning yanvar-dekabriga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`rtacha 20,1 % ga qimmatlashgan.
Inflatsion targetlash rejimini samarali joriy qilish uchun pul-kredit siyosati inflatsiyaning belgilangan maqsadli darajasiga erishish zaruriyatidan kelib chiqib, bozor instrumentlari ta’sirini qo‘llagan holda banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank intervensiyalari orqali samarali boshqarish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Inflatsion targetlash rejimiga muvaffaqiyatli o‘tish uchun zarur shartlardan biri bu erkin shakllanadigan ayirboshlash kursi bo‘lib, uning o‘zgarishi to‘laligicha talab va takliflarning muhim omillariga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, banklararo valyuta bozorini modernizatsiya qilishni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta intervensiyasi sohasidagi siyosatini tegishli ravishda takomillashtirilishini talab etadi.
Valyuta bozori rivojlanishidagi asosiy omillardan biri ichki valyuta bozorida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faolligining asta-sekin pasayishi va tijorat banklarining market-meyker sifatidagi rolining oshirilishi hisoblanadi.
Valyuta kursining moslashuvchan shakllanishga o‘tish va banklararo valyuta savdolarini amalga oshirish valyuta intervensiyasi uslublarini takomillashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bozor faoliyatiga aralashishni minimallashtirishga qaratilgan va ayirboshlash kursini aniqlashda uning fundamental o‘zgarish trendiga ta’sir o‘tkazmaydigan Valyuta intervensiyasi strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, quyidagilar, valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonini yakunlash orqali inflatsion targetlashga o‘tish uchun zaruriy shartlardan hisoblanadi:

  • banklarning market-meyker sifatida bozordagi faolligini rag‘batlantirish va ularning ayirboshlash kursini shakllantirishdagi rolini oshirish;

  • valyuta intervensiyalari siyosatini takomillashtirish va ularning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki intervensiyalari maqsadlari va usullarini belgilab beruvchi strategiya va taktikalarini ishlab chiqish;

  • valyuta bozori ishtirokchilariga valyuta xatarlarini xedjirlash imkonini beruvchi hosilaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish.

Uzoq muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash butun moliya tizimining barqaror ishlashini talab qiladi. Bunda, barqaror makroiqtisodiy sharoitda ham bank sektorida tizimli xatarlar shakllanishi mumkin.
Inflatsiyani belgilangan maqsadga yaqinlashtirish va ushlab turish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, shu jumladan prudensial nazorat choralari orqali moliyaviy xatarlarni kamaytirishi zarur.Bank nazorati hamda banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari. Tijorat banklari balanslarini tozalash ular barqarorligining oshishiga, omonatchilar va kreditorlar mablag‘larining saqlanishiga, moliya tizimiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga va moliya bozorlarining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.
Bank va moliya tizimlari uchun xatarlar ehtimolini kamaytiruvchi makroprudensial nazorat choralarining o‘z vaqtida va samarali qo‘llanilishi iqtisodiyotning muvozanatli ishlashiga hamda makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishiga imkon beradi.
Inflatsion targetlash rejimida narxlar barqarorligi moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki bozor ishtirokchilari pul-kredit siyosati harakatlarini oldindan ko‘ra bilishi va tushunishi sababli iqtisodiyot subyektlari qarorlarni qabul qilishda yanada izchil bo‘ladilar va bu noaniqlik elementlarini bartaraf qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining minimal ishtiroki bilan butun moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradi.
Aholi va tadbirkorlarning banklarga va milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini oshirish bank tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Mamlakatda ishonchli bank tizimi va moliya bozorining faoliyati pul-kredit siyosati ta’sir kanallarining to‘la ishlashiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Mazkur maqsadlarga erishish uchun bank tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • banklarning mijozlarga bo‘lgan e’tiborini oshirish;

  • mijozlarga elektron va masofaviy xizmat ko‘rsatishni to‘liq joriy etish orqali bank xizmatlari sifati hamda aholining bank va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;

  • bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini isloh qilish va banklarni transformatsiyalash, korporativ boshqaruv sifatini oshirish;

  • samarali infratuzilmani yaratish, banklar faoliyatini avtomatlashtirish va zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish;

  • davlat banklarini isloh qilish jarayonini tezlashtirish va ularni xususiylashtirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish;

  • davlat banklarida bank xizmatlarini ko‘rsatishda tezkorlikni oshirish, shu jumladan ularda xodimlar faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) ijrosini baholash tizimini joriy etish;

  • banklar tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash va zarur bo‘lganda, ayrim banklarning aktiv operatsiyalarini vaqtincha cheklash choralarini qo‘llash orqali prudensial nazorat choralarini kuchaytirish va boshqa bir qator masalalar bo`yicha vazifalar berib o`tilgan.


Download 295.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling