Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi oʻzbеkistоn davlat jismоniy tarbiya va sport universiteti ziyamuxamedova sabohat abdullayevna
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Bolalar gigiyenasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
- Epidemiologiyasi.
Davolash. Bemor maxsus izolyatorga yotqiziladi. Antibiotiklardan
streptomitsin, tetratsiklin, levomitsin yaxshi natija beradi. Ko‘pincha 2 xil antibiotik kombinatsiyasi yoki antibiotik bilan sulfanilamid preparatlar aralashtirib beriladi. Yurak preparatlari, vitaminlar keng qo‘llaniladi. Dezintoksikatsiya maqsadida gemodez, Ringer suyuqligi, reopoliglyukin, 5% li glyukoza eritmasi va boshqalarning birortasi quyiladi. Tounga qarshi gamma-globulin ishlatiladi. Profilaktikasi. Keyingi yillarda o‘lat onda-sonda uchraydi. O‘zbekistonda 1990-yilda oxirgi marta o‘lat bilan og‘rigan bemor qayd qilingan. Mamlakatimizda o‘latga qarshi kurash stansiyalari (Toshkent va Nukus shahri) va otryadlari (Buxoro va Zarafshon) mavjud. Ularning maqsadi o‘latning ustidan epidemiologik nazorat olib borish. Ular tabiiy o‘choqda kemiruvchilarni tekshirish, ular orasida deratizatsiya 111 tadbirlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 6 kun izolyatsiya qilinadi. Maxsus profilaktika maqsadida tounga qarshi vaksina ishlatiladi. Emlangandan so‘nggi immunitet bir yilcha saqlanadi. TULYAREMIYA Tulyaremiya – spetsifik limfadenit va turli organlar (ko‘z, o‘pka, oshqozon- ichak yo‘llari va hokazolar) jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Bu kasallikni harakatsiz, kalta tayoqchalar qo‘zg‘atadi. Past haroratda uzoq saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Epidemiologiyasi. Tulyaremiya ham zoonoz infeksiya. Infeksiyaning asosiy manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Odamga kasallik zararlangan suv yoki oziq- ovqat vositasida, kasal hayvonlar bilan aloqada bo‘lganda, zararlangan g‘alla mahsulotlari changi orqali yoki chivin va kanalar vositasida yuqadi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 3 kundan 7 kungacha. Uning bubonli, ko‘z-bubonli, angina bubonli, ichak, o‘pka va septik formalari farq qilinadi. Hamma turida ham kasallik to‘satdan boshlanadi. Vaqti-vaqti bilan et uvishib, to‘satdan harorat 38-40 gacha ko‘tariladi. Bosh qattiq og‘rishi, aylanishi, darmonsizlik, ishtaha yo‘qolishi, mushaklar og‘rishi kuzatiladi. Bemorning yuzi qizaradi, ko‘z shilliq pardasi yallig‘lanadi, tili karash bilan qoplanadi, og‘iz bo‘shlig‘ida mayda qon quyilishi kuzatiladi, jigari va talog‘i kattalashadi. Kasallik shakliga qarab, turli joydagi limfa bezlarining kattalashishi kuzatiladi. Ba’zan bubon kattaligi tuxumdek bo‘ladi. Ko‘p hollarda bubon asta-sekin so‘rilib ketadi, ba’zan yiringlaydi. Ichak va o‘pka formalari ancha og‘ir o‘tadi. Qonda leykopeniya, limfotsitoz, ROE tezlashishi xarakterli. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling