112
Davolash. Streptomitsinni (kuniga 0,5-1,0 dan) 8-10 kun davomida
qo‘llash yaxshi natija beradi. Davolash maqsadida
spetsifik vaksina ham
qo‘llanadi. Bubonga simob malhami surtiladi. Ko‘z jarohatlanganda albutsid
tomiziladi.
Profilaktikasi. Spetsifik profilaktika maqsadida Elbert – Gayskiy vaksinasi
ishlatiladi. Kemiruvchilarni qirish vositalaridan foydalaniladi. Suv manbalari, oziq-
ovqat, g‘alla ehtiyot qilib saqlanadi.
KUYDIRGI
Kuydirgi – og‘ir
intoksikatsiya, yuqori harorat, teri yoki ichki a’zolarning
jarohatlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik.
Bu kasallikni kuydirgi
tayoqchasi qo‘zg‘atadi. Organizmdan tashqarida spora holida uchraydi. Mikrob
kuchli toksin ishlab chiqaradi. Kuydirgi tayoqchasi
dezinfeksiyalovchi moddalar
ta’sirida tez nobud bo‘ladi, lekin sporasi tashqi muhitda juda turg‘un. Suvda bir
necha yil, tuproqda o‘n yillab saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridir.
Mikrob ular
organizmidan tashqariga chiqib, turli yo‘l bilan
odam organizmiga tushishi
mumkin. Kasal hayvon go‘shtidan tayyorlangan ovqat vositasida ham kasallik
yuqadi. Hayvonlar terisini oshlashda va mo‘yna orqali ham kuydirgi yuqib qoladi.
Shu boisdan kasallik ko‘proq chorva mollari bilan bog‘liq odamlarda uchraydi.
Keyingi
yillarda, Rossiya, Moldava, Ukraina, O‘zbekiston, Turkmaniston,
Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston respublikalarida
kuydirgi kasalligi
sporodik holda uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: