110
kasallik to‘satdan gavda haroratining 38-39
va undan yuqori ko‘tarilishi,
qattiq
titrash, bosh og‘rishi, alahlash, qusish bilan boshlanadi.
Tounning bubonli turida
limfa tugunlari kattalashib, bubon hosil qiladi. Keyinroq
chov bezlarining buboni
kuzatiladi. Bubon 4-5 kundan so‘ng yumshab teshiladi va yiring ajralib turadi.
Tounning o‘pka formasi juda og‘ir kechadi. U qattiq yo‘tal, ko‘krakdagi og‘riq,
gavda haroratining juda yuqori (41
gacha) bo‘lishi, balg‘am ajralishi bilan
xarakterlanadi.
Kasallikning
septik
turi
organizmning
kuchli
umumiy
intoksikatsiyasi bilan namoyon bo‘ladigan juda og‘ir formasidir. Bemor alahlaydi,
harorati juda yuqori bo‘ladi,
nafasi qisadi, rangi ko‘karib ketadi, pulsi ipsimon
bo‘ladi. Teri va shiliq qavatlarga qon quyiladi. Qon qusish, ichakdan qon ketishi,
qon aralash siydik ajralishi kuzatiladi.
Diagnozi. Laboratoriya tekshiruvi
uchun gemokulturaga qon, o‘pka turida
balg‘am, bubon turida bezdan punktat olinadi. O‘lgan
kemiruvchilarning jasadi
ham tekshiriladi. Olinadigan material juda yuqumli ekanligini hisobga olib, u og‘zi
zich berkiladigan shisha idishlarga solinadi. Ustidan 5-10% li lizol eritmasida
ho‘llangan latta o‘raladi va boshqa idish ichiga solinadi. Uni ham o‘rab, qopqog‘i
zich
yopiladigan qutichaga solib, plombalanadi va maxsus odam orqali
laboratoriyaga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: